Ilki
sү:
birinchi
askar.
«Devonu lug’otit turk» yozma obidasida tartib sonlar asosan
-nch, -
ыnch, -inch, -unch, -үnch
hamda
-ndi
affikslari bilan ifodalangan.
Jamlovchi sonlar
.
Jamlovchi sonlar o’ziga xos xususiyatlarga ega,
shuningdek, jamlovchi sonlarda umumturkiy tillarga xos belgilar ham mavjud.
Jamlovchi sonlar sanoq sonlarga
-av,-әv,-la,-lә,-ala,-әlә,-avla,-әvlә,-avlan,-
әvlәn,
ba’zan
-lay, -lәy; -ag’u, -әgү
affikslari qo’shilishi orqali ifodalangan.
27
-ag’u,-әgү/ әgүn
affiksi orqali jamlovchi sonlar hosil qilish XIV asr
yodgorliklarida faolroqdir:
Bir anchalarы aydыlarkim, beshәgү tarur, altыnchы
it birlә
(Taf.).
Ular yetәgү, men yalg’uz
(Rabg’.), ...
үchәgүsi tүn sarыg’a
bardыlar
(O’N).
Ikәgүn namāz qыlalыm
(Taf.).
-av/-әv(-әvlәn)
affiksi orqali jamlovchi sonlar yasalishi XV—XIX asrlar
yozma obidalarida xarakterli bo’lgan:
ikәv (Navoiy SS)
;
uchәv (Navoiy FSH)
;
cherikdә bir i k ә v (SHN)
;
SHul ārzu: ikәvlәn qыlsun ekәn tamāshā (Furqat)
.
-lәy(-lәgү/-layu/-lәy)
affiksi «Sab’ai Sayyor», «Boburnoma» asarlarida
ayrim o’rinlarda
iki
soniga qo’shilib, jamlovchi sonlar yasagan:
bәribәn ul
nuqudnы i k ә l ә y (Navoiy SS)
;
i k ә l ә y qorg’an yavыg’ыg’ә (BN)
.
-ala,-әlә
affiksi Navoiy, Bobur asarlarida sanoq sonlarga qo’shilib
jamlovchi sonlar yasagan:
t ө r t ә l ә s i (
Navoiy MN),
bu uchәlәsi (BN)
.
-(ә)vlәn (әgүlәn}әvlәn)
affiksi ba’zi sanoq sonlarga qo’shilib jamlovchi
sonlar yasagan:
ikәvlәn qachtыlar (Lutfiy)
.
CHama sonlar
.
XV— XIX asrlarda bitilgan yozma manbalarda chama sonlar
analitik, sintaktik usullar bilan hosil qilingan.
-cha, -chә
affiksi sanoq sonlarga qo’shilib, chama sonlar hosil qilingan:
yuz
i k i yuzchә kishi (Navoiy HA)
;
yana b e s h m ы ң c h a kishi (SHN)
.
Sanoq sonlarning juft holda qo’llanishi orqali ham chama sonlar hosil
bo’lgan; kichik sonlar oldin, katta sonlar keyin qo’llangan:
y u z - y u z e l i k
өzbәkni kishisi bilәn (BN)
;
t ө r t - b e s h mың kishi birlә (SHN)
.
Sanoq sonlardan keyin
chag’lыq, chag’lы, chaqlыq
so’zlari qo’llanib,
chama son ma’nosini
anglatgan:
on y ы g ’ a c h c h a g ’ l ы q masāfat (Navoiy FSH)
;
yigirmә c h a g ’ l ы q kishilәri өldi (SH tar.).
Sanoq sonlar
aycha, yыlcha, yavuq, yaqыn,artuq, artuqraq, ziyāda,
kөprәk,azraq
kabi so’zlar bilan kelib, chama son ma’nosini ifodalagan:
otuz
y ы l c h a yaqыn bar (Navoiy MN),
ik i y ү z d i n k ө p r ә k uch y ү z d i n
a z r a q bolg’ay edi (BN)
.
Taqsim sonlar
.
Eski o’zbek tilida taqsim sonlar, asosan,
-rar,-rәr,-ar,- ә r
affiklari bilan hosil qilingan:
Aylarda b i r ә r - b i r ә r kөrүnүr (Atoiy),
Fusulnы
tөrtәr ay ta’yыn qыlыbturlar(BN),
Yү z ә r misqal kumush (BN)
.
Nodira, Gulxaniy asarlarida bir soni ketma-ket takror qo’llanib, keyingi bir
soniga -
dәn,-din
affiksi qo’shilib, taqsim sonlar ma’nosini anglatgan:
Ikki gul
bargini bir birdәn gahi guftāra ach (Nodira).
Bir chārdevar kәm bolsa, өtүz tishni
bir birdin sыndыrur (Gulxaniy)
.
Bir
va
ikki
sanoq sonlari grammatik ko’rsatkichlarsiz ketma-ket
takrorlangan holda taqsim sonlar ma’nosini anglatgan:
Neki kөrgүzdilәr
saңa bir-bir (Navoiy SS),
ә
gәr chun i k k i - i k k i qol tutub (Muqimiy)
.
Kasr sonlar
.
Eski o’zbek tilida kasr sonlar sintaktik usul bilan ifodalangan,
maxraj hamda surat sonlar asosida hosil bo’lgan, maxraj son sanoq sonlarga
chiqish hamda o’rin-payt kelishiklari affikslari qo’shilishi orqali ifodalangan,
surat sonlar sanoq sonlardan iborat bo’lgan, shuningdek, surat sonlar grammatik
ko’rsatkichlarni ham qabul qilgan:
Nechә өgsәm aytman m ы ң d a b i r i n
28
(Lutfiy GN).
Yүz d i n b i r i k i ma’rakaga yetib (Navoiy MQ)
.
Yurt malыnың
ondыn birin i alur (SH turk.)
.
Berүrmәn bolsa yүz jānыmu m ы ң d ы n b i r hisāb
әylәb (Munis)
.
Kasr son yasalishida ba’zan maxraj va surat son orasida ayrim bog’lovchilar
qo’llangan, grammatik ko’rsatkichlar maxraj son yoki surat songa qo’shilgan,
ba’zan maxraj va surat sonlar distant holatlarda uchraydi:
yuzdin g ә r
b i r i s i g ә yetsә (Navoiy SS)
.
Yarыm
so’zi ham kasr son ma’nosini anglatgan. SHuningdek, kelishik
hamda egalik qo’shimchalarini ham qabul qilgan:
Y a r ы m kechә yetib
tүshtilәr (Navoiy MN).
Bir y a r ы m qarы qazsa, suv chыqar (BN)
.
XVI — XIX asrlarga oid ba’zi yozma manbalarda fors-tojik tilidan
o’zlashgan
nim, du
nim, chahāryәk, chāryәk
so’zlari kasr sonlar ma’nosida
qo’llangan:
ta’rif qыlg’annың yarыmы balke c h a r y e k i c h ә ashlыq (BN)
;
og’lanlarnы n i m qыyat tedilәr (SH turk).
Savol va topshiriqlar:
1.
Sonning eski o’zbek tilidagi o’ziga xos xususiyatlari nimalarda
ko’rinadi?
2.
Sonning ma’no turlari, tuzilishiga ko’ra turlari qanday hosil qilinadi?
3.
Eski o’zbek tilidagi sonlarning qo’llanishiga manbalardan misollar
toping.
Tayanch tushunchalar:
Dostları ilə paylaş: |