S. Ashirboev, I. Azimov O’zbek tilining tarixiy grammatikasi



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/67
tarix21.12.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#187611
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
тарихий грамматика

Bavujudkim, Samarqandnың a’lami ulamasы erdi, she’r vә muammag’a dag’ы 
mayыl erdi 
(MN 32).
Har ikkala gapning predikati shaklan ot kesim orqali ifodalangan. Ikkala 
denotatda ham sub’ektga xos bo’lgan xususiyatlar ifodalanmoqda, ya’ni birinchi 
denotatda sub’ektning mansabi ifodalanayotgan bo’lsa, ikkinchi denotatda 
sub’ekt faoliyati izohlanmoqda. Denotatlarning joylashishi erkin, ularning o’rnini 
almashtirish mumkin. Ularning semantik bog’lanishida 
dag’i
leksik elementi 
muhim rol o’ynamoqda. 
Dag’i
leksemasi ikkinchi denotat bilan birinchi 
denotatning semantik aloqasini ta’min etmoqda.
Dag’i
leksemasi «O’zbek tilining izohli lug’ati»da «takroran, qaytadan, 
yangidan, yana, bundan tashqari, buning ustiga» kabi ma’nolarni anglatishi 
aytiladi (O’zbek tilining izohli lug’ati, 1981, 482). Demak, 
dag’i
– yana fikrning 
hali tugallanmaganligini, ikkinchi denotat birinchi denotatning mantiqiy davomi 
ekanligini anglatgan.


85 
Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, 
dag’i
leksemasi ishtirok etgan 
bog’lovchisiz qo’shma gaplarda mustahkam semantik bog’lanish mavjud bo’ladi.
Navoiy asarlarida ravishdosh shakli mustaqil predikat bo’lib kela olgan: 
Namus dastarыn bashыdыn alыb, bir jur’a uchun mayfurush ayag’ыga salыb
(MQ 35). Ushbu misolda ham payt mazmuni bilan bir qatorda, sabab-natija 
mazmuni ham ifodalangan. Birinchi denotat (
Namus dastarыn bashыdыn alыb

sabab voqeani, ikkinchi denotat (
Bir jur’a uchun mayfurush ayag’ыg’a salыb

natija voqeani ifodalagan. Mantiqan olib qaralganda, or-nomus, hayoni unutgan 
inson har qanday pastkashliklarga, tubanliklarga borib etishi mumkin. Demak, 
bunday illatlarning sababchisi nomussizlik. Denotatlarning joylashish pozitsiyasi 
ham turg’un, ularning o’rnini almashtirib bo’lmaydi. 
Qiyoslash munosabatini ifodalovchi bog’lovchisiz qo’shma gaplar

Bunday 
qo’shma gaplar tarkibidagi denotativ voqealar bir-biriga qiyoslanadi. Bu 
qiyoslanish orqali ikki denotat o’rtasidagi o’xshash, farqli tomonlarni ko’rsatish 
yoki qo’shimcha ma’no ifodalashdir. Misol: 
Tilab bergәnni ham saxadыn yiraq 
bil, ibram bilә bergәndin bermәgәnni yaxshыraq bil
(MQ 112). Misoldagi ikki 
leksema (
tilab berishlik va ibrom bila berishlik
) semantikasi o’zaro 
qiyoslanmoqda, ya’ni so’ragandan so’ng berishlik ham «
ibrom
» (qistab turib 
olish bilan berishlik) ham saxiylikdan yiroq bo’lgan narsalar. Ikkala tushuncha 
o’zaro qiyoslangan holda inson mana shunday xislatlardan yiroq bo’lishi 
lozimligi uqtiriladi. Birovdan biror narsa so’rab olinganda yoki qistash orqali 
olinganda, turli norozilik, kelishmovchilik kelib chiqadi. Avvalo, so’raguncha 
birovga bir narsa bermaslik, xasislik mardlar ishi emas. Demak, ushbu misol 
asosida «
Dono hech qachon nodon sahovatiga muhtoj bo’lmasin
» degan 
tagta’lim mavjud. YAna bir misol: 
Birtә өtmәkni ikki bөlүb yarmini bir achg’a 
bergәnni saxiy de, өzi yemәy barini muhtajg’a bergәnni axiy de
(MQ 162). 
Mazkur misolda ham ikki denotativ voqea o’zaro qiyoslanmoqda. Gaplarning 
semantik bog’lanishida 
yarmini - barini, och – muhtojg’a, saxiy – axiy
leksemalari muhim rol o’ynagan. Bir mayizni ikki bo’lib, yarmini och qolgan 
kishiga bergan inson saxiy, sahovatli hisoblansa, o’zi emasdan hammasini muhtoj 
odamga bergan yanada saxiyroq, sahovatli inson ekan. Asosiy semantik 
munosabat 
yarmini berishlik – barini berishlik
oppozitsiyasi orqali reallashgan. 
Demak, misolda 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin