S. Ashirboev, I. Azimov O’zbek tilining tarixiy grammatikasi


beglәrү  og’lanlarnы (SHB). Erәnlәr



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/67
tarix21.12.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#187611
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   67
тарихий грамматика

beglәrү
 og’lanlarnы (SHB).
Erәnlәr
 
ayturlar (Taf.). 
Ma’lumki, hozirgi o’zbek tili leksikasida arab so’zlari ma’lum o’rin tutadi. Bu 
hol eski o’zbek adabiy tilida kuchliroq bo’lgan. SHu munosabat bilan ko’plik 
shaklida o’zlashtirilgan so’zlar ko’plik ma’nosida qo’llangan: 
shuarā (shoirlar), 
ulama (olimlar), salātыn (sultanlar).
Ayrim hollarda bunday so’zlar birlik 
ma’nosida o’qilib, ularga –lar\\-lәr qo’shimchasi qo’shilavergan: 
Yolda 
ajayыblar
 
kөrdilәr (QR). Burung’ы shuarā va 
akābirlar
 zaylыda mazkur bolg’aylar (MN). 
Egalik kategoriyasi
.
Predmet va predmetlik tushunchasining nutqdagi uch 
shaxsdan biriga taalluqli ekanligini bildiruvchi qo’shimchalar jami egalik 
kategoriyasini tashkil etadi. Egalik qushimchalari negizning til oldi va til orqa 
xususiyatiga hamda negizda lablangan unlilarning qatnashishiga qarab, turli 
fonetik ko’rinishlarda qo’llangan: 
-m
qo’shimchasi. Unli bilan tugagan har qanday negizga qo’shila oladi: 
atam, 
әkәm.
-ыm 
qo’shimchasi. Undosh bilan tugagan til orqa unlilari mavjud negizlarga 
qo’shiladi: 
Furqqqatыңdыn za’farān uzra tөkәrmen lalalar \\ Lalalar ermәski 
bag’rыmdыn
 erүr pargalalar (Nav.). 
-im 
qo’shimchasi. Undosh bilan tugagan til oldi unlilari mavjud negizlarga 
qo’shiladi: 
Mehrim
otыn hushu sabru aqlu his yashurmadы \\ Mehri lamie’ tөrt 
burqa’ keynidin pыnhan emәs. 
-үm
qo’shimchasi. Undosh bilan tugagan va til oldi unlilari qatnashgan 
negizlarga qushiladi: 
Ul labi unabgun kөnlүmgә ekkәn tuxmы mehr \\ 
Kөnlүm
 
ichrә yashurun durdanadek unab ara. 
-um
qo’shimchasi. Undosh bilan tugagan til orqa lablangan unlilar qatnashgan 
negizlarga qo’shiladi: 
Bolmadыm 
umrumda
bir dam xatыrы xurram bilә \\ Gar 
ilikdin kelsә bir damni kechүrmaң g’am bilә. 
I shaxs ko’pligi, II shaxs birlik va ko’pligida ham yuqoridagi qoida o’z 
kuchini saqlaydi. I shaxs ko’pligida egalik qo’shimchalari 
–mыz\\ -miz,-ыmыz\\ -
imiz, -umыz\\ umiz va –umuz\\ -umuz tarzida;
II shaxs ko’pligida 
–ңыz\\-ңiz, -ыңыz\\-iңiz,-uңыz\\-uңiz,-uңuz\\-uңuz 
tarzida
;
III shaxs birlik va 


16 
ko’pligida 
– sы\\-si 
(unlilardan so’ng), 
-ы\\-i
(undoshlardan so’ng) qo’shimchalari 
qo’shiladi.


 
Savol va topshiriqlar: 
1.
Tarixiy morfologiyaning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat? 
2.
Ko’plik ma’nosini ifodalovchi morfologik shakllarni sanang. Arabcha 
ko’plik shaklidagi so’zlar lug’atini tuzing. 
3.
Egalik qo’shimchalarining hozirgi o’zbek tilida qo’llanmaydigan 
variantlariga manbalardan misol keltiring.
Tayanch tushunchalar: 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin