17
Qaratqich kelishigi
.
Bu kelishik qo’shimchasi ko’p variantlidir. Negizning
fonetik xususiyatiga qarab, affiksning maxsus variantlari qo’shila beradi:
-nың \\-niң.
Mazkur qo’shimcha har qanday negizlarga qo’shila beradi:
qoychыnың
iti (Tafsir).
Elchiniң
shahdlыq zahrы shi:shәsi... (Xamsa).
Bu
qo’shimcha XV asrgacha bo’lgan yodnomalarda tarkibida
lablanmagan unlilar
bo’lmagan negizlarga qo’shilgan. Keyingi davrda
esa har qanday negizga
qo’shilgan.
-nuң \\-nүң.
Qaratqich kelishigining bu varianti oxirgi bo’g’inda
lablangan
unlilar qatnashgan negizlarga qo’shiladi:
Rasulnuң
sөzi (Tafsir).
Xarunnuң
aqlы
(QR).
Kөzүңnүң
allыda nargis kelib qatыg’ kөzlүg...(Xamsa).
Bu qo’shimchaning
yuqoridagi negizlarga qo’shilishi XV-XVI asrlargacha davom etgan. SHuningdek,
bu qonuniyatdan chekinish hollari ham uchraydi:
Kөzniң
niyati (Atoiy),
xalqnuң
ranji (Tafsir).
-ың \\-iң \\-үң.
Qadimgi turkiy tilda undosh
bilan tugagan negizlarga
qo’shiladigan bu qo’shimchalar eski o’zbek tilida ham uchraydi.Lekin
uning
qo’llanishi ayrim so’z shakllarigagina xosdir. Bu
davr yodnomalaridan mazkur
qo’shimcha faqat «Tafsir»da ancha keng qo’llangandir:
ul
Dostları ilə paylaş: