S. Ashirboev, I. Azimov O’zbek tilining tarixiy grammatikasi


Kөңlүmgә  dәrd kelgәli...(Boburnoma).  Elikkә



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/67
tarix21.12.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#187611
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   67
тарихий грамматика

Kөңlүmgә 
dәrd
kelgәli...(Boburnoma). 
Elikkә
 meniң yashыm yeti 
(SH. turk)

-a /-ә. 
Bu affikslar undosh bilan tugagan so’zlarga qo’shiladi. Lekin uning 
qo’llanishi janrlar bo’yicha chegaralangan. Bu forma XIII- XIV she’riy asarlarda 
ham, prozaik asarlarda qo’llangani holda, XV asr va undan keyingi davrlarda 
asosan 
she’riy 
asarlarda 
uchraydi: 
Bashlarыnы 
qashыma 
yetkүrүңүz 
(SHayboniynoma). Kel, taqы 
yurtuңa 
egә bol (SH.tar.). Ne uchun avval өzүңә 
āshnā qqыldың meni (Otoiy). Yā rabb, ne ajab yāri jafākāra yoluqtum \\ Kөzi-yu 
qashы jādu-vu makkara yoluqtum (Lutfiy).  
Qadimgi turkiy tilga oid bo’lgan 
–g’aru/-gәrү//-qaru/-kәrү//-ru/-rү 
affikslari 
eski o’zbek tilida o’zining kelishik funksiyasini yo’qotgan. Ular keyinchalik eski 
o’zbek tilida ham ravish yasovchilarga aylanib ketgan. 
Qadimgi turkiy tilga oid bo’lgan 
–ra/-rә
affiksi «Tafsir»da uchraydi: 
Ya 
Muhammad, 
tashra
 chыq. 
Biroq keyinchalik bu affiks ham ravish yasovchiga o’tib 
ketgan:
 
ichrә
 (ichkari), 
asra 
(pastki, quyi). 
Jo’nalish kelishigining belgisiz qo’llanishi ham eski o’zbek tili uchun 
xarakterli bo’lgan. Misollar: 
Senki 
ul yan
әzimәt etkүңdүr (Navoiy). Bir inisin 
yibәrүr boldы 
Hisār
 (SHayboniynoma). 
O’rin-payt kelishigi
.
Bu kelishikni hosil qiladigan quyidagi affiks variantlari 
uchraydi: 
-da/-dә 
jarangli undosh va unli bilan tugagan so’zlarga qo’shiladi: 
Qayg’uda 
za’if boldы (QR). Yүzүңdә nurы tajallы, labыңda javhari ruh (Lutfiy). 
-ta/-tә
jarangsiz undosh bilan tugagan so’zlarga qo’shiladi: 
Bu ishtә 
ixtыyarыm yoq turur (Atoiy). Tanыmaqta mәgәr yanыlmыsh-sen (Navoiy). 
O’rin-payt kelishigining 
–ta/-tә
affiksi «Boburnoma»da va ayrim boshqa 
asarlarda uchrasa ham, odatda, jarangsiz undoshlardan keyin ham 
–da/-dә 
affiksi 
qo’shila bergan. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin