S. B. Baqoyev, A. N. Zulfiqorov


IV BOB 4.1. Yassi Chuvalchanglar tipi



Yüklə 249,44 Kb.
səhifə7/22
tarix02.01.2022
ölçüsü249,44 Kb.
#39704
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
zoologiya tets

IV BOB 4.1. Yassi Chuvalchanglar tipi.

1. Yassi chuvalchanglar tipiga kiradigan sinflarni belgilang ?

1) gidroid poliplar 2) sifoid meduzalar 3) kiprikli chuvalchanglar

4) so`rg`ichlilar 5) ko`p tuklilar 6) kam tuklilar 7) tasmasimon

8) korall poliplar 9) zuluklar 10) qorinoyoqlilar 11) ikki pallali 12) boshoyoqli. A) 1,2,8. B) 3,4,7. C) 5,6,9. D) 10,11,12.

2. Yassi chuvalchanglarni parazit yashashga moslashganligi belgilarini ko`rsating ?

1) tanasi yassi, 2) hazm qilish sistemasi rivojlangan, 3) yopishuv organlari rivojlangan, 4) bir qancha turlarining hazm qilish organlari bo`lmaydi, 5) jinsiy organlari kuchli rivojlangan, 6) tanasi bo`g`imlarga bo`linmagan, 7) serpusht, ko`p nasl qoldiradi, 8) harakatlanish organlari bo`lmaydi, 9) tanasi juda kichik,

10) tanasi yirik, 11) lichinkalik davrida ko`payadi, 12) germofrodit A) 9,10,11,12,3,5, B) 5,6,7,2,10,11, C) 1,2,3,4,5,6, D) 3,4,5,7,9,12

3. Oq planariya nerv sistemasining tuzilishini aniqlang ? A) halqa shaklidagi nerv tolasi, nervlar.


  1. 2 ta yirik nerv tolasi, nervlar.

  2. nerv hujayralari tarqoq.

  3. ikkita nerv tuguni, 2 ta nerv tolalari, nervlar.

4. Oq planariyaning sezgi organlarini ko`rsating ?

1) paypaslagichlari 2) kiprikchalari 3) terisi 4) ko`zchalari 5) burun teshikchalari 6) quloq teshikchalari

A) 1,2,3 B) 1,3,4 C) 2,5,6 D )3,5,4

5. Qaysi hayvon pilla ichiga to`p-to`p tuxum qo`yadi ?

A) nereida. B) planariya. C) jigar qurti. D) exinokokk.

6. Noqulay sharoitda oq planariya …

A) jinsiy ko`payadi. B) ikkiga bo`linadi.

C) mayda bo`laklarga bo`linadi. D) Spora hosil qiladi.

7. Oq planariyaning ichki a`zolari oralig`i ... iborat ?

A) yopishqoq moddadan. B) g`ovak biriktiruvchi to`qimadan.

C) g`ovak muskul to`qimadan. D) xalqasimon muskullardan.

8. Yassi chuvalchanglar sinflarini va ularning vakillarini juftlab ko`rsating ?

a) kipriklilar, b) so`rg`ichlilar, d) tasmasimon chuvalchanglar,

1) rishta, 2) exinakokk, cho`chqa tasmasimoni, 3) mushuk ikki so`rg`ichlisi, jigar qurti, 4) planariya

A) a-3, b-2, d-1 B) a-2, b-3, d-4, C) a-4, b-3, d-2 D) a-1, b-2, d-3, 9. Yassi chuvalchanglarga mansub hayvonlar qanday tuzilgan ?

1) ikki tomonlama simmetriyali 2) radial simmetriyali 3) tanasi bargsimon yoki silindrsimon 4) tanasi bargsimon yoki tasmasimon 5) tana bo`shlig`i rivojlangan 6) tana bo`shlig`i g`ovak to`qima bilan to`lgan 7) germofrodit

8) ayrim jinsli

A) 2,3,4,8. B) 2,3,4,5. C) 2,5,7. D) 1,4,6,7.

10. Planariya qanday oziqlanadi ?

1) yirtqich 2) o`simlikxo`r 3) o`ljani tanasi bilan qoplab oladi 4) o`ljasini og`zi bilan tutadi 5) o`ljani yutadi 6) o`ljasini so`radi 7) oziq qoldig`i o`giz teshigidan chiqariladi 8) oziq qoldig`i anal teshigidan chiqariladi. A) 2,5,7,8. B) 1,3,5,7. C) 2,4,6,8. D) 1,3,6,7.

11. Planariyaning ayirish sistemasi qismlarini ko`rsating ?

1) g`ovak to`qimada joylashgan uchi berk naychalar 2) tanasining 2 yonida joylashgan naychalar 3) ichak bo`shlig`iga ochiladigan naychalar

4) voronkasimon kengaygan naychalar 5) chiqarish teshigi ikkita 6) chiqarish teshigi bitta

A) 1,3,4. B) 1,2,5. C) 2,4,6. D) 1,3,5.

12. Planariyaning nerv sistemasi qanday qismlardan iborat ?

1) halqum usti nerv tuguni 2) halqasimon nerv tugini 3) ikkta oldingi nerv tuguni 4) nerv tugunlaridan orqaga ketuvchi ikkita nerv tolalari 5) nerv tugunlaridan oldinga ketuvchi ikkita nerv tolalari 6) nerv tugunlari va stvollari A) 1,2,5. B) 3,4,6. C) 2,5,6. D) 1,2,3.

13. Planariyaning jinsiy sistemasi qanday qismlardan iborat ?

1) bitta tuxumdon 2) ikkita tuxumdon 3) juda ko`p urug`don 4) ikkita urug`don

A) 2,3 B) 1,2 C) 3,4 D) 1,4

14. Planariyaning jinssiz ko`payishi qanday sodir bo`ladi ?

1) qulay sharoitda tanasi mayda bo`laklarga bo`linadi 2) noqulay sharoitda tanasi mayda bo`laklarga bo`linadi 3) qulay sharoitda har bir bo`lakdan yana alohida organizm rivojlanadi 4) noqulay sharoitda yoki xavf tug`ilganda tanasining bir qismi uzilib qoladi.

A) 2,4. B) 3,4. C) 2,3. D) 1,4.

15. Yassi chuvalchanglarning eng qadimgi vakilini aniqlang.

A) so'rg'ichlilar B) ichaksiz kiprikli chuvalchang

C) exinokokk D) tasmasimonlar

16. Hazm sistemasi qorin tomonida joylashgan og'iz teshigidan, halqumdan va uch shoxli uchi berk ichakdan tashkil topgan hayvonni aniqlang.

A) jigar qurti B) exinokokk

C) oq planariya D) qoramol tasmasimon chuvalchangi

17. Oq planariyaga xos bo'lmagan belgi ko'rsatilgan qatorni aniqlang.


  1. orqa ichagi va chiqarish teshigi rivojlangan

  2. orqa ichagi va chiqarish teshigi bo'lmaydi

  3. tana sirti bir qavat epiteliy hujayralari bilan qoplangan

  4. ikki tomonlama simmetriyaga ega

18. Harorat oshganda, kislorod yetishmasa planariya …

A) sistaga aylanadi B) nobud bo'ladi

C) mayda bo'laklarga bo'linib ketadi D) jinsiy yo'l bilan ko'payadi 19. Yassi chuvalchanglar tipi, kipriklilar sinfiga mansub hayvonni belgilang.

A) oq planariya B) jigar qurti C) askarida D) exinokokk 20. Oq planariyaning tanasi qanday epiteliy hujayralari bilan qoplangan ?

A) bir qavatli kiprikchali B) ko'p qavatli kiprikchali C) kubsimon kiprikchali D) bir qavatli, silindrsimon 21. So`rg`ichlilar uchun xos bo`lgan belgilarni ko`rsating ?

1) tanasi bargsimon 2) tanasi tasmasimon 3) so`rg`ichi tanasining oldingi tomonida 4) so`rg`ichi tanasining qorin va oldingi tomonida 5) o`giz teshigi oldingi so`rg`ichi o`rtasida 6) o`giz teshigi qorin so`rg`ichi o`rtasida A) 3,5,6. B) 1,2,3. C) 2,4,3. D) 1,4,5.

22. Jigar qurti qaysi hayvonlarda parazitlik qiladi ?

1) sudralib yuruvchilar 2) sutemizuvchilarda 3) kaltakesaklar 4) odam

5) qoramollar 6) tuyalar 7) toshbaqa

A) 2,4,5. B) 1,3,5. C) 2,5,1. D) 1,2,3.

23. Jigar qurtining ichagi qanday tuzilgan ?

1) 2 shoxga ajralgan 2) 3 shoxga ajralgan 3) har qaysi shoxi yana ko`p yon shoxlarga ajralgan 4) yon shoxi tana bo`shlig`i bilan bog`langan 5) ichagi ko`p shoxlangan 6) yon shoxlarining uchi berk.

A) 1,3,6 B) 1,4,5 C) 3,5,1 D) 2,3,4

24. Jigar qurtining rivojlanish davrlari va yashash muhiti almashinuvini tuxum qo`yish davridan boshlab tartib bilan ko`rsating ?

1) tuxum ichakka tushadi 2) lichinka sista hosil qiladi 3) kiprikli lichinka tuxumdan chiqadi 4) sistadan lichnka chiqadi 5) lichinka voyaga yetadi 6) lichinka jigarga o`tadi 7) dumli lichinka suvga chiqadi 8) lichinka shilliq tanasiga kiradi 9) o`t yo`liga tuxum qo`yadi 10) tuxum ichakdan suvga tushadi A) 9,1,10,3,8,7,2,4,6,5. B) 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10.

C) 10,9,8,7,1,2,3,4,5. D) 8,9,6,1,5,6,7,8,10.

25. Ichki organlar orasi biriktiruvchi (g'ovak) to'qima bilan to'lgan hayvonlar qatorini belgilang.


  1. jigar qurti, exinokokk, oq planariya

  2. askarida, bitiniya, sadafdor

  3. gijja, tasmasimon chuvalchang, ostritsa

  4. molluska, oq planariya, yomg'ir chuvalchangi

  1. O`t yo`llariga yopishib, parazitlik qilib yashaydigan hayvonnni belgilang ? A) oq planariya. B) odam askaridasi. C) ostritsa. D) jigar qurti.

  2. Jigar qurtining qanday so`rg`ichlari bo`ladi ?

A) bosh, bo`yin. B) bosh, qorin. C) og`iz, qorin. D) bo`yin, qorin.

28. Qaysi hayvonnning halqumi ikki shoxli ichak bilan tutashgan ?

A) oq planariya. B) jigar qurti.

C) odam askaridasi. D) tasmasimon chuvalchang.

29. Jigar qurti bilan oq planariyaning o`xshashlik belgilarini aniqlang ? A) ko`payish jihatidan germofrodit bo`lishi.

B) tanasining yassilashgan bo`lishi.

D) ichaklari shoxlangan bo`lib, uchi berk bo`lishi.

C) barcha javoblar to`g`ri

30. Germofrodit organizmni aniqlang ?

A) baqachanoq. B) tufelka. C) askarida. D) jigar qurti.

31. Jigar qurti tuxumidan chiqadigan kiprikli lichinkalar qayerda paydo bo`lishini belgilang ?

A) Qoramol jigarida. B) qoramol ichagida.

C) suvo`tlarda. D ) suvda.

32. Qaysi hayvonlar guruhida ilk bor to`qima va a`zolar hosil bo`lgan ? A) bo`shliqichlilar. B) halqali chuvalchanglar.

C) yumaloq chuvalchanglar. D) yassi chuvalchanglar.

33. Tanasi yassi bargsimon shaklda ikki so`rg`ichli parazit hayvon qaysi sinf, qaysi tipga kiradi ?



  1. kipriklilar sinfi, to`garaklilar tipi.

  2. so`rg`ichlilar sinfi, yassi chuvalchanglar tipi.

  3. tasmasimonlar sinfi, yassi chuvalchanglar tipi.

  4. so`rg`ichlilar sinfi, halqali chuvalchanglar tipi.

34. Lichinkalik davrida ham ko`payish xususiyatiga ega bo`lgan hayvonlarni aniqlang ?

1) jigar qurti 2) oq planariya 3) exinokokk 4) qoramol solityori 5) odam askaridasi

A) 1,3. B) 1,2. C) 3,4. D) 4,5.

35. Jigar qurtining rivojlanish sikli qaysi javobda to`g`ri ko`rsatilgan ?



  1. tuxum – suv – kiprikli lichinka – suv shillig`i – dumli lichinka – sista – qoramol,

  2. tuxum – suv – qoramol – ilgakchali lichinka – qon – muskul – finna,

  3. tuxum – nam tuproq – lichinkali tuxum – odam ichagi – qon – o`pka – bronx

– traxeya – halqum – ichak,

D) tuxum – lichinka – g`umbak – jigar qurti – odam ichagi – qon – jigar

36. Jigar qurtining asosiy xo`jayinini aniqlang.

A) qoramol, suv shillig`i, B) odam, chorva mollari,

C) baliq, qoramol, D) suv shillig`i, baliq 37. Jigar qurtining oraliq xo`jayinini aniqlang.

A) suv shillig`i, B) baqachanoq, C) tiriktug`ar shilliq, D) yalang`och shilliq

38. Odamlar nima orqali jigar qurti bilan zaharlanishi mumkin ?

A) go`sht, B) baliq, C) ko`lmak suvi, D) yuvilmagan meva

39. Jigar qurti lichinkasi qayerda parazitlik qiladi ?

A) qoramolda, B) echkida, C) odamda, D) suv shillig`ida

40. Tasmasimon chuvalchanglar qanday tuzilgan ?

1) tanasi yassi va uzun bo`g`imlarga bo`lingan 2) tanasi uzun bo`g`imlarga bo`linmagan 3) oldingi qismida 1 necha lablar bo`ladi 4) oldingi qismida so`rg`ichlar va ilmoqlar bo`ladi 5) jinsiy sistemasi har bir bo`g`imda takrorlanadi 6) ayrim jinsli 7) hazm qilish organlari rivojlangan 8) hazm qilish organlari bo`lmaydi

A) 1,2,3,4. B) 1,4,5,8. C) 1,3,5,7. D) 3,4,7,8.

41. Qoramol tasmasimon chuvalchangi qanday tuzilgan ?

1) uzunligi 3-6 m 2) uzunligi 8-10 m 3) 30-40 ta bo`g`imdan iborat 4) 1000 dan ortiq bo`g`imdan iborat 5) bo`yin qismi bo`g`imlarga bo`linmagan 6) bo`yin qismi yosh bo`g`imlardan iborat

A) 1,2,3. B) 2,4,1. C) 2,4,6. D) 5,3,2.



  1. Qoramol tasmasimon chuvalchangi qanday bo`limlardan iborat ? 1) bosh 2) qorin 3) bo`yn 4) tana 5) dum 6) orqa A) 2,1,3. B) 2,6,5. C) 2,4. D) 1,3,4.

  2. Qoramol tasmasimon chuvalchangi so`rg`ichlari nechta va qanday tuzilgan ?

1) 1 juft 2) 4 ta 3) doirasimon 4) tirqishsimon. A) 2,3. B) 4,2. C) 1,4.

44. Finna nima ?

1) tasmasimon chuvalchangning bosh qismi 2) suyuqlik bilan to`lgan pufakcha

3) chuvalchanglarning yuqumli davri 4) parazitning voyaga yetgan davri A) 1,2. B) 2,3. C) 3,4. D) 1,4.

45. Odam qoramol tasmasimon chuvalchangi qanday yuqadi ?

1) finnali jigarni yeganida 2) iflos qo`l orqali 3) finnali go`shtni yeganda 4) suv orqali.

A) 4,3. B) 2,3. C) 1,3. D) 2,4.

46. Tasmasimon chuvalchang uchun xos xususiyatni belgilang ?

1) so`rg`ichi 4 ta 2) so`rg`ichi boshida joylashgan 3) so`rg`ichi qorin qismida joylashgan 4) ovqat hazm qilish sistemasi rivojlanmagan 5) tanasi bo`g`imlarga bo`lingan 6) jinsiy sistemasi har bir bo`g`imda takrorlanadi 7) tanasi bo`g`imlarga bo`linmagan 8) ovqat hazm qilish sistemasi rivojlangan A) 1,2,4,5,6. B) 1,2,7,6,8. C) 2,5,6,7,8. D) 1,3,6,7,8.

47. Har bir bo'g'imida bir juft tuxumdon, bitta bachadon va ko'p urug'donga ega bo'lgan hayvonlarni ko'rsating.



  1. qoramol tasmasimoni, cho'chqa tasmasimoni

  2. askarida, yomg'ir chuvalchangi

  3. nereida, ostritsa

  4. yomg'ir chuvalchangi, exinokokk

48. Har bir bo'g'imda juda ko'p urug'donlar bo'ladigan hayvonni aniqlang.

A) oq planariya B) askarida

C) qoramol tasmasimon chuvalchangi D) yomg'ir chuvalchangi

49. So'rg'ichli chuvalchanglarning tasmasimon chuvalchanglardan asosiy farqini ko'rsating.

A) nerv sistemasining bo'lishi B) hazm qilish sistemasining bo'lishi C) qon aylanish sistemasining bo'lishi D) oraliq xo'jayinning bo'lishi

50. To'qimaga ega bo'lmagan hayvonlarni ko'rsating.

1) foraminefera 2) gidra 3) dreysena 4) tripanosoma 5) oq planariya 6) dafniya

A) 1, 2, 4 B) 3, 4, 5 C) 3, 5, 6 D) 1,3,5 51. Erkin yashovchi hayvonlarni ko'rsating.

1) planariya 2) exinokokk 3) bolalar gijjasi 4) nereida 5) tripanosoma

A) 1, 2, 3 B) 2, 4, 5 C) 1, 4, 5 D) 1,4

52. O'simlik (1) va hayvonlaming (2) parazit gelmintlarini o'rgangan olimlarni belgilang.

a) A.T.To'laganov b) M.A.Sultonov c) E.X.Ergashev d) J.A.Azimov

A) 1- a, b; 2 - c, d B) 1- a; 2 - b, c, d C) 1- b, c; 2-a,d D) 1- a, c; 2 - b, d 53. Ko'katlarni yaxshi yuvmasdan iste'mol qilinsa qaysi parazitni yuqtirish mumkin ?

A) nereida B) qoramol tasmasimon chuvalchangi

C) exinokokk D) jigar qurti

54. Qaysi olim yovvoyi va uy hayvonlari gelmintlarini o'rganishda qatnashmagan ?

A) M.Sultonov B) J.Azimov C) E.Ergashev D) A.To'laganov

55. Cho'chqa tasmasimon chuvalchangi qoramol tasmasimon chuvalchangidan nimasi bilan farq qiladi ?

A) boshida ilmoqlari bo'ladi B) finna orqali yuqadi

C) boshida 4 ta so'rg'ichi bo'ladi D) berilganlarning barchasi to`g`ri 56. So'rg'ichlilarda parazitik bilan hayot kechirishda qanday moslanishlar paydo bo'lgan ?

1) so'rg'ichlari 2 ta 2) so'rg'ichlari 4 ta 3) ilmoqlari bor 4) ko'p tuxum qo'yadi

A) 2,3 B) 1,4 C) 3,4 D) 2,4

57. Jigar qurtining qaysi holati suv shillig'iga kiradi ?

A) kiprikli lichinka B) tuxum C) sista D) dumli lichinka

58. Jigar qurti (1), qoramol tasmasimon chuvalchangi (2), exinokokk (3) va askarida (4) qaysi holatida odamga yuqadi ?

a) sista b) finna c) tuxum d) olti ilmoqli lichinka e) dumli lichinka f) kiprikli lichinka

A) 1-f, 2-c, 3-b, 4-c B) 1-a, 2-b, 3-c, 4-c

C) 1-e, 2-d, 3-b, 4-c D) 1-a, 2-d, 3-b, 4-c

59. Qaysi javoblar exinakok to`g`risida to`g`ri ma`lumotlar beradi ?

1) uzunligi 0,3-0,6 mm, 2) uzunligi 5-10 mm, 3) bosh qismida ikki juft so`rg`ichlari bor, 4) rangi oqish, 5) germofrodit, 6) ayrim jinsli, 7) tanasi 5-6 bo`g`imdan iborat, 8) tanasi bo`g`imlarga bo`linmagan, 9) tuxumdan to`lgan oxirgi bo`limi tanasidan uzilib chiqadi, 10) orqa chiqaruv teshigiga tuxum qo`yadi

A) 1,2,10,9, B) 7,8,2,3, C) 1,4,3,9, D) 1,3,5,9

60. Parazit chuvalchanglar va ularning asosiy xo`jayinini ko`rsating?

a) cho`chqa tasmasimoni b) mushuk ikki so`rg`ichlisi, d) exinakokk, 1) it va yirtqichlar, 2) it va mushuk, 3) odam va yirtqish sutemizuvchilar,

4) odam


A) a-2, b-3, d-1 B) a-3, b-2, d-1 C) a-4, b-4, d-1 D) a-3, b-2, d-4 61. Parazit chuvalchanglar va ularning oraliq xo`jayinini juftlab ko`rsating ?

a) mushuk ikki so`rg`ichlisi b) exinokokk d) cho`chqa tasmasimoni 1) cho`chqa 2) baliqlar 3) odam va o`txo`r hayvonlar 4) siklop

A) a-1, b-2, d-3 B) a-3, b-2, d-1 C) a-4, b-3, d-1 D) a-2, b-3, d-1 62. Exinokokk tuxumlarini odam yoki hayvon nima orqali yuqtiradi ?

1) yem-xashak, 2) iflos qo`l, zararlangan go`sht, 3) kiyim-kechak, 4) to`shak va boshqa buyumlar

A) 1,3, B) 1,2, C) 3,4, D) 1,4

63. Exinokokk tarqalishi va yuqushining oldini olish uchun nima qilish kerak ? 1) go`shtni yaxshi pishirib iste`mol qilish, 2) zararlangan go`sht va jigarni itlarga bermaslik, 3) ovqatlanishdan oldin qo`lni yuvish, 4) daydi itlarni yo`qotish, 5) sabzavotlarni yuvib iste`mol qilish, 6) suvni qaynatib ichish

A) 6,3,1, B) 2,3,4, C) 1,2,6, D) 2,3,1

64. Exinokokka xos bo'lmagan belgi ko'rsatilgan qatorni aniqlang.



  1. tuxumga to'lgan pufakchalar (finnalar) odamning axlati bilan tashqariga chiqadi

  2. tanasi 5-6 bo'g'imdan iborat

  3. boshida 4 ta so'rg'ichlari mavjud

  4. tuxumga to'lgan oxirgi bo'g'imi axlat bilan tashqariga chiqadi

65. Parazit chuvalchanglarning hayotini, ko'payishini, tarqalishini qaysi fan o'rganadi ?

A) mikrobiologiya B) gelmintologiya C) fiziologiya D) embriologiya 66. Voyaga yetgan qoramol solityori odam organizmining qaysi qismida parazitlik qiladi ?

A) qonda, B) jigarda, C) ingichka ichakda, D) odam askaridasi


  1. Qoramol solityorining tana bo`g`imlari nechta bo`lishi mumkin ? A) 100 ta, B) 1000 ta, C) 500 ta, D) 10000 ta

  2. Quyidagi chuvalchanglarning qaysi birida ovqat hazm qilish organi yo`q ?

A) planariya, B) askarida, C) jigar qurti, D) qoramol solityori

69. Qoramol tasmasimon chuvalchangining har bir bo`g`imida qanday jinsiy sistemasi mavjud ?



  1. bitta tuxum, bir juft urug`don, bitta bachadon,

  2. bir juft tuxumdon, bitta bachadon va bir juft urug`don,

  3. bir juft tuxumdon va bachadon, juda ko`p urug`don,

  4. bir juft tuxumdon, bitta bachadon va juda ko`p urug`don

70. Jinsiy organlari tanasining hamma bo`g`imlarida ko`p marta takrorlanib turadigan hayvonlarni belgilang.

  1. qoramol, cho`chqa keng tasmasimon chuvalchanglari,

  2. yomg`ir chuvalchangi, nereida, qum chuvalchang,

  3. qoramol tasmasimon chuvalchangi, eyzeniya,

  4. mushuk ikki so`rg`ichlisi, exinokokk

71. Olti ilgakchali lichinka hosil qiladigan parazit chuvalchangni toping.

A) jigar qurti, B) exinokokk, C) askarida, D) qoramol solityori 72. Qoramol tasmasimon chuvalchangining oraliq xo`jayini qaysi qatorda berilgan ?

A) qoramol, B) odam, C) cho`chqa, D) baqachanoq

73. Qoramol tasmasimon chuvalchangi odam organizmiga nima orqali yuqadi ?

A) tuxum, B) dumli lichinka, C) finna, D) suv

74. Qoramol tasmasimon chuvalchangi lichinkalik davrida … parazitlik qiladi.

A) baliq jigarida, B) qoramollarning muskul va jigarida,

C) yirtqichlarning muskul va jigarida, D) qoramol ichagida

75. Voyaga yetgan cho`chqa tasmasimon chuvalchangi va lichinkasi qayerda yashaydi ?


  1. odam ichagida, cho`chqa oshqozonida,

  2. cho`chqa ichagida, odam oshqozonida,

  3. odam ichagida, cho`chqa go`shtida,

  4. baliq ichagida, cho`chqa go`shtida

76. Qaysi hayvonlarning ichaklari shoxlangan bo`lib, uchi berk bo`ladi ? 1) askarida 2) ostritsa 3) jigar qurti 4) planariya 5) exinokokk 6) mushuk ikki so`rg`ichlisi

A) 1,3,5. B) 2,3,6. C) 3,4,6. D) 1,4,5.

77. Exinokokk qaysi tip va sinfga mansub ?

A) yassi, tasmasimon, B) yassi, so`rg`ichlilar,

C) yumaloq, tasmasimon, D) halqali, tasmasimon 78. Exinokokk odamga nima orqali yuqadi ?

A) zararlangan go`sht, B) zararlangan jigar, C) iflos qo`l, D) xom baliq

79. Exinokokk parazit chuvalchangining asosiy xo`jayini aniqlang ? A) odam, uy hayvonlari. B) odam, qoramol.

C) it, yirtqichlar. D) baliq, odam.

80. Exinokokkning oraliq xo`jayinlarini aniqlang ?

A) odam, o`txo`r hayvonlar. B) yirtqichlar, o`txo`rlar.

C) odam, yirtqichlar. D) baliq, yirtqichlar.

81. Jigarda yashaydigan mushuk ikki so`rg`ichli odamga qanday yuqadi ?



  1. cho`chqa go`shtini yaxshilab pishirmay yeyilganda

  2. cho`rtan baliqning ikrasi orqali.

  3. baliqni yaxshilab pishirmay yeyilganda.

  4. qoramollarning jigarini yeyish orqali.

82. Qaysi chuvalchanglarda ovqat hazm qilish sistemasi og`iz, halqum, ichakdan iborat ?

A) oq planariya, jigar qurti. B) jigar qurti, qoramol solityori.

C) qoramol solityori, odam askaridasi. D) ostritsa, yomg`ir chuvalchangi.

83. Qaysi hayvonlar ikkita organizmda rivojlanadi ? A) qoramol tasmasimon chuvalchangi, gijja.



  1. qoramol tasmasimon chuvalchangi, jigar qurti.

  2. cho`chqa tasmasimon chuvalchangi, askarida.

  3. jigar qurti, askarida.

84. Tana shakli bargsimon bo`lgan hayvonlarni belgilang ?

A) infuzoriya, yashil evglena. B) aureliya, leyshmaniya.

C) oq planariya, jigar qurti. D) jigar qurt, eyzeniya.

85. Jigar qurtining qoramol tasmasimon chuvalchangidan farqi nimada ?



  1. hazm organlari rivojlangan

  2. hazm organlari rivojlanmagan

  3. yassi chuvalchanglar tipining vakili

  4. parazit hayot kechiradi

86. Quyidagi organizinlarning qaysi birida ayirish sistemasi uchi yopiq naychalardan tuzilgan ? 1) nereida 2) kam tukli chuvalchang 3) askarida 4) oq planariya 5) yomg'ir chuvalchangi

A) 1,2 B) 3 C ) 4 D) 3,4,5

87. Qoramol tasmasimon chuvalchangi oxirgi bo'g'imlari o'rta bo'g'imlardan nimasi bilan farq qiladi ?

1) ikkita tuxumdonga ega 2) ko'p urug'donlar bo'ladi 3) faqat tuxumga to'lgan bachadonga ega 4) ko'p marta shoxlangan ichagi mavjud

A) 1, 2, 3 B) 2, 3, 4 C) 3 D) 3, 4

88. Olti ilmoqli lichinka qaysi organizmda rivojlanadi ?

A) chuchuk suv shillig'ida B) qoramolda

C) odam ichagida D) yirtqich hayvonlarning jigarida

89. Uchta lichinka bosqichi orqali rivojlanish qaysi parazit chuvalchang uchun xos ?

A) cho'chqa tasmasimon chuvalchangi B) bolalar gijjasi

C) exinokokk D) jigar qurti


  1. Oraliq xo'jayinsiz rivojlanuvchi parazit chuvalchang(lar)ni ko'rsating. 1) exinokokk 2) jigar qurti 3) bolalar gijjasi 4) cho'chqa tasmasimon chuvalchangi 5) askarida A) 1,2,4 B) 3 C) 5 D) 3,5

  2. Yassi chuvalchanglar tipi, so'rg'ichlilar sinfiga mansub hayvonni belgilang.

A) oq planariya B) jigar qurti C) askarida D) exinokokk

92. Quyidagi organizmlarning qaysi birlari bo`linish yo`li bilan ko`payadi ?

1) amyoba, 2) jigar qurti, 3) qoramol solityori, 4) volvoks, 5) oq planariya,

6) yomg`ir chuvalchangi, 7) chig`anoqsiz shilliqqurt, 8) gidra, 9) yashil evglena,

10) exinakokk, 11) aktiniya

A) 1,4,5,9,8, B) 1,2,3,8,10, C) 3,5,6,8,10, D) 4,5,7,10,11




Yüklə 249,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin