S. B. Baqoyev, A. N. Zulfiqorov


To`garak chuvalchanglar tipi



Yüklə 249,44 Kb.
səhifə8/22
tarix02.01.2022
ölçüsü249,44 Kb.
#39704
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
zoologiya tets

4.2. To`garak chuvalchanglar tipi.

1. To`garak chuvalchanglar qanday tuzilgan ?

1) tanasi yumaloq 2) tanasi ipsimon 3) ko`ndalang kesimi to`garak shaklida 4) tanasi noksimon yoki to`garak shaklda 5) tana bo`shlig`i rivojlanmagan 6) tana bo`shlig`i suyuqlik bilan to`lgan 7) o`rta ichagi shoxlangan 8) o`rta ichagi to`g`ri naysimon 9) germofrodit 10) ayrim jinsli

A) 1,2,3,4,5. B) 4,5,7,8. C) 6,7,8,9. D) 2,3,6,10.

2. Askarida qanday tuzilgan ?

1) yopishuv organlari rivojlanmagan 2) bir juft so`rg`ichlari bor 3) tanasi yo`g`on ipga o`xshash 4) tanasi elastik 5) tanasi ichak devoriga taqalib turadi 6) ichak devoriga yopishib yashaydi.

A) 1,4,5. B) 2,5,6. C) 1,3,6. D) 1,2,3. 3. Erkak askaridaning tanasi qanday tuzilgan ?

1) dumi qorin tomonga egilgan 2) dumi to`g`ri konussimon 3) tanasi xipcha

uzunligi 15-25 sm 4) tanasi yo`g`on uzunligi 20-40 sm A) 1,2. B) 1,3. C) 2,3. D) 4,3.

4. Askarida nima orqali yuqadi ?

1) tuproq 2) iflos qo`l 3) sabzavot va meva 4) zararlangan go`sht A) 1,2. B) 1,3. C) 2,3. D) 4,3.

5. Askarida ayirish sistemasining oq planariyanikidan farqini ko'rsating.



  1. ayirish naychalari voronkasimon naychalardan iborat

  2. zararli mahsulotlar uchi berk naychalarga sizib o'tadi

  3. ikki yon tomonida joylashgan yirik naylar tananing orqa qismida teshiklar bilan ochiladi

  4. ikkita ayirish naylari birlashib, yagona teshik bilan tashqariga ochiladi 6. Quyidagi parazit chuvalchanglardan qaysi biri egilgan simga o`xshab ichak devoriga tiralib turadi.

A) askarida. B) exinokokk.

C) qoramol solityori. D) bolalar gijjasi

7. Tana bo`shlig`ining rivojlanishi dastlab qaysi hayvonlardan boshlangan ? A) odam askaridasi. B) qoramol solityori.

C) jigar qurti. D) oq planariya.

8. Ko`ndalang kesimi to`garak bo`lgan chuvalchanglarga misol keltiring ? 1) jigar qurti 2) ostritsa 3) oq planariya 4) qoramol solityori 5) askarida 6) exinokokk.

A) 1,3. B) 3,4. C) 4,5. D) 5,2.

9. Askaridaning rivojlanish siklining ketma-ketligi to`g`ri berilgan javobni toping.

1) tuxum 2) lichinka 3) nam tuproq 4) lichinkali tuxum 5) odamning ichagi

6) qon 7) og`iz bo`shlig`i 8) o`pka

A) 1,2,3,4,5,6,7,8. B) 1,3,4,5,2,6,8,7. C) 1,4,5,7,8,6,3,2. D) 1,2,4,6,7,8,5.

10. To`garak chuvalchanglar tipiga berilgan to`g`ri ta`rifni toping.

1) ayrim jinsli 2) germofrodit 3) tana bo`shlig`i yo`q 4) tana bo`shlig`i bor 5) orqa ichagi anal teshigi bor 6) ichagi shoxlangan 7) tanasi bo`g`imlarga bo`linmagan 8) ko`ndalang kesimi to`garak shaklda.

A) 1,3,5,8. B) 2,4,5,8. C) 1,4,5,8. D) 2,3,8,6.

11. Umurtqasiz hayvonlarda parazitlik qiluvchi organizm ?

A) leyshmaniya, B) nozema, C) ichburug` amyoba, D) infuzoriya

12. Bolalar gijjasi …ga mansub?

A) to`garak chuvalchanglar tipi. B) yassi chuvalchanglar tipi.

C) xalqali chuvalchanglar tipi. D) to`garak og`izlilar tipi.

13. Odam askaridasida oziqning hazm bo`lmagan qismi qaysi organ orqali tashqariga chiqarib yuboriladi ?

A) kloakasi. B) butun tanasi. C) anal teshigi. D) og`zi.

14. Odam, hayvon va o'simliklarda parazitlik qiladigan chuvalchanglar soni to'g'ri berilgan qatorni aniqlang.

A) 20 ming B) 20 mln C) 10 ming D) 12 ming

15. O'simlik gelmintlarini o'rgangan olimni aniqlang.

A) M.A. Sultonov B) J.A. Azimov C) A.T. To'laganov D) E.X. Ergashev 16. To'garak chuvalchanglar qaysi belgilari bilan yassi chuvalchanglardan farq qiladi ?



  1. tanasi duksimon, ko'ndalang kesimi to'garak shaklda bo'lishi

  2. tana bo'shlig'i va anal teshigining bo'lishi

  3. ichki organlarning ancha murakkab tuzilganligi

  4. barchasi

17. To'garak chuvalchanglarning yassi chuvalchanglardan asosiy farqlarini belgilang.

1) ayrim jinsli 2) so'rg'ichlari mavjud 3) ichagi berk 4) yopishuv organlari rivojlanmagan 5) anal teshigi mavjud 6) germafrodit

A) 1,2,5 B) 1,4,5 C) 2,3,6 D) 1, 4, 6 18. Gelmintologiya fani ... o'rganadi.

A) zaharli o'rgimchaksimonlarni B) parazit hasharotlarni

C) parazit chuvalchanglarni D) parazit o'simliklarni 19. Qaysi parazitning yopishuv organlari bo'lmaydi?

A) jigar qurtining B) exinokokkning

C) cho'chqa tasmasimon chuvalchangining D) askaridaning 20. Pomidor, bodring ildizida no'xatdek shish hosil bo'lishi, hosilining kamayishi va tez orada halok bo'lishi qaysi parazitga bog'liq ?

A) jigar qurtining dum lichinkasiga B) bo'rtma nematodaga

C) yalang'och shilliqqa D) agrobakteriumga

21. Askaridaning lichinkasi qon orqali o'pkaga borishdan oldin qaysi organlardan o'tadi ?

A) jigar, taloq B) jigar, yurak

C) taloq, buyrak D) ichakdan to'g'ri o'pkaga boradi

22. Bo'rtma nematodalar ituzumdoshlar oilasining qaysi vakillarida parazitlik qiladi ?

A) ituzum, baqlajon B) kartoshka, pomidor

C) mingdevona, bangidevona D) kartoshka, baqlajon

23. Bo'rtma nematodalar gulxayridoshlar oilasining qaysi vakillarida parazitlik qiladi ?

A) kanop, g'o'za B) dorivor gulxayri, kanop C) bo'ritaroq, g'o'za D) Misr g'o'zasi, dorivor gulxayri 24. Bo'rtma nematodalar qayerda parazitlik qiladi ?


  1. o'simliklarning bargida

  2. poya va gullarda

  3. o'simliklarning barcha yer ustki qismlarida

  4. o'simliklarning yer ostki qismida

25. Bo'rtma nematodalar qovoqdoshlar oilasining qaysi vakillarida parazitlik qiladi ?

A) qozonyuvg'ich, tarvuz B) qovun, tarvuz

C) bodring, qovun D) handalak, tarvuz

26. Gelmintlarga qarshi kurash choralarini ishlab chiqishda qatnashgan olimni aniqlang.

A) R.Borovskiy B) K.Skryabin C) O.Bogdanov D) J.Tomson

27. Bolalar gijjasi tuxumlarini qayerga qo'yadi ?

A) ingichka ichakka B) yo'g'on ichakka

C) oshqozon va ko'richakka D) anal teshigi atrofidagi teriga 28. Bolalar gijjasi (1), exinokokk (2), nereida (3) va qizil chuvalchang (4)lar qaysi tiplarga mansub ?

a) yassi chuvalchanglar b) to'garak chuvalchanglar c) molluskalar d) halqali chuvalchanglar

A) lb, 2a, 3c, 4d B) la, 2b, 3d, 4c

C) lb, 2a, 3d, 4d D) lb, 2a, 3d, 4c

29. Qaysi parazitning tuxumlari iflos qo'l orqali yana ichakka tushib qolsa, qaytadan rivojlana boshlaydi ?

A) jigar qurti B) exinokokk C) gijja D) bo'rtma nematoda

30. Faqat odam organizmida rivojlanuvchi parazit chuvalchang(lar)ni ko'rsating. 1) exinokokk 2) jigar qurti 3) bolalar gijjasi 4) cho'chqa tasmasimon chuvalchangi 5) askarida

A) 1,2,4 B) 3 C) 5 D) 3,5

31. Qaysi chuvalchanglar tashqi tomondan qalin po'st kutikula bilan qoplangan ?

1) oq planariya 2) jigar qurti 3) qoramol tasmasimon chuvalchangi

4) askarida 5) gijja

A) 1,2,3,4 B) 4,5 C) 2,3,4,5 D) 1,4,5

32. Ayrim jinsli (a) va germafrodit (b) organizmlarni ko'rsating.

1) oq planariya 2) bolalar gijjasi 3) dreysena 4) bitiniya 5) bedapoya shillig'i

6) ostritsa 7) askarida 8) exinokokk

A) a - 2, 3, 4, 7; b - 1, 5, 6, 8 B) a - 2, 3, 6, 7; b - 1, 4, 5, 8

C) a - 2, 3, 6, 8; b- 1,4,5,7 D) a - 2, 4, 5, 7; b - 1, 3, 6, 8

33. Ichak differensiatsiyasi dastlab qaysi organizmlarda kuzatiladi ?

A) kiprikli chuvalchanglar B) so'rg'ichli chuvalchanglar

C) tasmasimon chuvalchanglar D) to'garak chuvalchanglar 34. O'simliklarda (a), faqat odamlarda (b), odam va hayvonlarda (c) parazitlik qiluvchi chuvalchanglarni juftlab ko'rsating.

1) gijja 2) askarida 3) bo'rtma nematoda 4) exinokokk 5) jigar qurti

A) a-3; b-l; c-2,4,5 B) a-3; b-2; c-1, 4, 5

C) a-3; b-1, 2; c-4, 5 D) a-3; b-4, 2; c- 1, 5

35. Hazm vakuolasi bo`lmaydigan hayvonlar ?

1) ichburug` amyobasi, 2) nozema, 3) bezgak paraziti, 4) infuzoriya, 5) aktiniya,

6) gidra,

A) 2,4,5, B) 2,3, C) 1,3,5,6, D) 1,4,5,6

36. Qaysi sinf vakillarining voyaga yetganlari umurtqali hayvonlarda, lichinkalari umurtqasiz hayvonlarda parazitlik qiladi?

A) kiprikli chuvalchanglar, B) tasmasimon chuvalchanglar.

C) so`rg`ichlilar. D) yumaloq chuvalchanglar. 37. Ayirish sistemasi uchi berk (a) va ochiq(b) naychalardan tuzilgan organizmlar ?

1) oq planariya, 2) odam askaridasi, 3) qizil chuvalchang, 4) nereida, 5) dengiz ko`ptuklisi, 6) ko`p tukli chuvalchang lichinkasi

A) a-1,2,4, b-3,5,6, B) a-1,4,6, b-2,3,5

C) a-1,2,6, b-3,4,5, D) a-2,5, b-1,3,4,6 38. Tanasi kutikula bilan qoplanmagan organizmlar ?

1) jigar qurti, 2) o`troq dengiz chuvalchangi, 3) oq planariya, 4) bolalar jijjasi,

5) nereida, 6) exinakokk

A) 2,3,5, B) 1,2,3, C) 1,4,6, D) 2,5,6

39. Tana bo'shlig'i bo'lmaydigan hayvonlarni belgilang.



  1. yassi chuvalchanglar, molluskalar

  2. molluskalar halqali chuvalchanglar

  3. to'garak chuvalchanglar

  4. halqali chuvalchanglar

40. Bolalar gijjasi uchun xos xususiyatlar ?

1) uzunligi 0,3-0,6 mm, 2) uzunligi 5-10mm, 3) bosh qismida ikki juft so`rg`ichlari bor, 4) rangi oqish, 5) germofrodit, 6) ayrim jinsli , 7) tanasi 5-6 bo`g`imdan iborat, 8) tanasi bo`g`imlarga bo`linmagan, 9) tuxumdan to`lgan oxirgi bo`limi tanasidan uzilib tushib qoladi , 10) orqa chiqaruv teshigiga tuxum qo`yadi

A) 2,4,6,8,10, B) 2,3,4,5,6, C) 9,8,1,2,3, D) 5,7,8,10,1

41. Quyidagi parazit chuvalchanglar qaysi organizmlarda parazitlik qiladi ?

1) bo'rtma nematoda 2) cho'chqa tasmasimon chuvalcliangi 3) exinokokk

4) jigar qurti a) odam ichagida b) it va yirtqich hayvonlaming ichagida c)

odam jigarida d) o'simlikning yer usti qismida e) o'simlikning yer osti qismida

A) 1-d, 2-c, 3-b, 4-c, B) 1-b, 2-a, 3-b, 4-c,

C) 1-e, 2-a, 3-b, 4-c, D) 1-e, 2-b, 3-a, 4-a,

42. Askaridaning tuxumdan boshlab voyaga yetguncha o`tadigan yashash muhitini va rivojlanish davrlarini tartib bilan ko`rsating. 1) tashqi muhit, 2) lichinka, 3) qon tomiri, 4) ichak, 5) og`iz,

6) o`pka alveolalari, 7) voyaga yetgan davr, 8) tuxum

A) 8,1,2,5,4,6,3,7, B) 8,1,2,3,6,5,4,7,

C) 1,2,3,4,5,6,7,8, D) 5,4,7,6,8,1,2,3 43. Askaridani yuqtirmaslik uchun nimalar qilish kerak ?


  1. daydi itlarga qarshi kurashish va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish kerak.

  2. go`sht mahsulotlariga yaxshi ishlov berish va poliz mahsulotlarini yaxshilab yuvish kerak.

  3. shaxsiy gigiyena qoidalariga qat`iy rioya qilish kerak, sabzavot va poliz mahsulotlarini yaxshilab yuvish.

  4. ko`lmak suvlarini ichmaslik, daladan keltirilgan ko`katlari yaxshilab yuvish kerak.

44. Dastlab to`garak (a) va halqali (b) chuvalchanglarda paydo bo`lgan belgilar ?

1) halqumusti va osti nerv tugunlari va qorin nerv zanjiri 2) anal teshigi 3) tana bo`shlig`i 4) voronkasimon uchi ochiq naychalar 5) orqa ichagining ixtisoslashishi 6) qon aylanishi 7) tana bo`shlig`i devori.

A) a-2,3,5 b-1,4,6,7. B) a-1,6,7 b-2,4,5.

C) a-1,4,5 b-2,3,6,7. D) a-1,4,6,7 b-2,3,5.

45. Ayirish sistemasi bir uchi berk naychalardan iborat organizmlar ? 1) nereida 2) lansetnik 3) kapalak 4) trixogramma 5) askarida 6) qizil chuvalchang 7) yomg`ir chuvalchangi 8) oq planariya

A) 1,3,5,6. B) 2,4,6,7 C) 3,4,5,8. D) 1,2,6,7.

46. Qaysi oilalar vakillariga bo`rtma nematoda katta zarar yetkazadi ?

1) ituzumdoshlar, 2) piyozdoshlar, 3) qovoqdoshlar, 4) ziradoshlar,

5) gulxayridoshlar, 6) burchoqdoshlar, A) 1,3,5, B) 2,4,6, C) 1,2,6, D) 3,4,5 47. Bolalar gijjasini odam qanday yuqtiradi ?

1) yem-xashak, 2) iflos qo`l, zararlangan go`sht, 3) kiyim-kechak, 4) to`shak va boshqa buyumlar

A) 1,3, B) 1,2, C) 3,4, D) 1,4

48. Anal teshigi bo'lmagan (a) va bo'lgan (b) chuvalchanglarni juftlab ko'rsating. 1) exinokokk 2) cho'chqa tasmasimon chuvalchangi 3) nereida 4) bolalar gijjasi 5) jigar qurti

A) a-2, 5; b-1, 3, 4 B) a-1, 3, 5; b-2, 4 C) a-1, 2, 5; b-3, 4 D) a-1, 5; b-2, 3, 4


Yüklə 249,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin