oraliq xo'jayinlar orqali rivojlanadi. Ularning oraliq xo'jayinlari bo'lib quruqlikda
yashovchi 28 turga kiruvchi molluskalar hisoblanadi. O 'zbekistonda protostron-
gilidiarning oraliq xo'jayinlari sifatida quruqlikda yashaydigan molluskalardan -
Xeropicta candaharica, Subzebrinus albiplicatus, Sub.sogdianus va boshqa turlari
aniqlangan.
Protostrongilidlaming urg'ochisi asosiy xo'jayini bronxlariga tuxum qo'yadi.
Bu yerda tuxumlardan k o 'p o 'tm ay lichinkalar chiqadi, bu lichinkalar hayvon
y o'talg am d a o g 'iz b o 'sh lig 'ig a keladi. Bunday lichinkalami hayvon yutib yubo-
radi. Oshqozonga tushgan lichinkalar axlat orqali tashqariga chiqadi va ular oraliq
xo'jayinlari - quruqlikda yashovchi molluskalarning oyoqlariga kirib olib rivojla-
nishini davom cttiradi.
Molluskalar oyog'ida lichinkalar o'sadi va ikki marta tullab 4 -5 haftadan keyin
invazion, y a ’ni yuqumli holatga aylanadi. Asosiy xo'jayinlari, y a ’ni q o 'y va echki-
lar yuqumli holdagi lichinkalami yem-xashak bilan yoki tanasida protostrongilidlar-
ning yuqumli holdagi lichinkalari bo'igan moiluskalami o 't bilan birga yutib yubor-
ganda protostrongilidlar bilan zararlanadi. U yoki bu y o 'l bilan asosiy xo'jayini osh-
qozoniga tushgan lichinkalar ichak devorlariga o'tib, qon orqali o 'p k ag a boradi va
3 2 -4 7 kundan keyin jinsiy voyaga yetib, yana tuxum q o 'ya boshlaydi (36-rasm).
Dostları ilə paylaş: