bo'ladi, ayrim vaqtlarda harorat ko'tariladi. Y o'talganda lichinkalar bronxlar va
kekirdak orqali yuqoriga, y a ’ni og'iz bo 'sh lig 'ig a keladi. U yerdan so'lak bilan
qayta yutib yuborilganda lichinkalar oshqozon orqali ingichka ichakka tushib,
uning devorlariga yopishadi va 2,5 oy mobaynida voyaga yetgan askaridaga ayla
nadi. Ular o 'z vaqtida otalanib yana tuxum qo'yadi. Askaridalar ichakda odam or-
ganizmi uchun eng qimmatli bo'lgan ovqatlar va
vitaminlar bilan oziqlanib, odam
larda avitaminoz paydo qiladi. natijada odam boshqa turii yuqumli kasalliklarga
beriluvchan bo'lib qoladi.
Askaridalar keltirib chiqaradigan kasallik askaridoz deyiladi. Bu kasallikdan
kishida kamqonlik avj oladi, ko'ngil aynish, qusish, ishtaha yo'qolishi va boshqalar
bo'ladi. B a ’zan askaridalar ichakdan o 't pufagiga o'tib, uni bekitib qo'yadi. Ichak-
dan oshqozon, qizilo'ngach, hatto nafas yo'llariga o'tishi mumkin. Bundan tashqari,
askarida o'zidan
zaharli moddalar chiqarib, odam organizmini zaharlaydi.
Bundan ming yil muqaddam vizantiyalik shifokor Eginskiy askaridoz bilan
kasallangan bemorlarning holatini quyidagicha tasvirlagan: “Ichagida askaridalar
bor odamlar ichak va oshqozonida og'riq sczadi, quruq yo'tal, b a ’zan hiqichoq tu-
tadi. Uyqusida vuragi qattiq urish, cho'chib tushish va baqirib yuborish holati kuza-
tiladi, keyin bemor yana uyquga ketadi. Bolalar sababsiz kavshanib tilini
chiqaradi,
tishini g'ichirlatadi, ko'zini yumib jim o'tiradi, ularning tinchligi buzilsa, ju da xafa
bo'lishadi. Ba'zar. askaridalar oshqozonga tushib qolsa, ko'ngilni aynitadi, zirqira-
gan og'riq va ovqatdan jirkanish paydo qiladi. Askaridoz bilan og'rigan bemorlami
ovqat yeyishga majbur qilinsa. ular ovqatni z o 'r g 'a yutadi, ko'pincha qaytarib tash-
lavdi” .
O 'zbekistonda tog' va tog'oldi mintaqalarda yashovchi aholi o'rtasida askaridoz
bilan kasallanish tez-tez uchrab turadi. Aholining askaridoz bilan og'rishi 1-90 %
orasida o'zgarib turadi. Masalan, A.Mansurovning m a ’lumotlariga
qaraganda,
1968-yilda Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumanida yashovchi aholi o'rtasida
bolalar 57,2 % va k a t ta la r - 33,9
%
ga askaridoz bilan og'rigan.
Askaridalar ayniqsa, bolalarda k o 'p uchraydi. Odam askaridasining zahari ayniq
sa, bolalar organizmiga yomon ta ’sir qiladi. Kasallangan bolaning boshi og'riydi,
boshi aylanadi. kechalari bczovta bo'ladi, tipirchilab, tishini g'ichirlatadi. O g'riq
vaqti-vaqti bilan bo'lganligi uchun shifokor ko'pincha appenditsit deb ham gumon
qiladi. Odatda odam ichagida bir nechta, b a'zan o'nlab, yuzlab askaridalar parazit
lik qiladi. Bitta odamdan 900 ta va yana bittasidan 5126 ta askarida topiigani fanga
m a ’lum. Bunday holda askaridalar ichak devorini yaralaydi,
ichaklarda tiqilib qolib
99
ovqatni o'tkazmaydi. B a’zan esa jigar va miyani ishdan chiqarib, kishini o i i m g a
olib kelgan hollar ham kuzatilgan.
Askaridoz bilan og'rigan odamlarni piperazin, adipinat, dekaris (levamizol),
naftamon (alkopar, befenium), vermoks kabi dori-dannonlar bilan davolashadi.
Davolashni albatta shifokor nazorati ostida olib borish lozim.
Askaridadan saqlanish uchun, avvalo, unga y o iiq q a n
bem orlaming hammasini
yaxshilab davolash kerak. Har bir xonadonda. jam oat joylarida vodoprovod bilan
jihozlangan yopiq turdagi hojatxona b o iis h i kerak. Yuqumsizlantirilmagan odam
ekskrementlaridan bog' va ekinzorlarga o 'g 'i t sifatida foydalanmaslik lozim. Xom
sabzavot, h o i meva va poliz mahsulotlarini iste’mol qilish oldidan vodoprovod,
qaynatilgan yoki oqar suv bilan yuvish kerak. Oziq-ovqat mahsulotlarini va idish
tovoqlarni pashshalardan saqlash maqsadida ularni yopiq joyda tutish,
pashshalar-
ga qarshi kurash choralanni q o il a s h va, albatta, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya
qilish zarur. Askaridalarning ayrim turlari chorva mollarida va parrandalarda ham
parazitlik qiladi. Masalan, c h o 'c h q a l a r d a - c h o 'c h q a askaridasi (Ascaris suurn), to-
vuqlarda - tovuq askaridasi (Ascaridia galli), otlarda - ot askaridasi (Parascaris
equorum), qo'ylarda - qo 'y askaridasi (Ascaris ovis), qoramollarda - qoramol
neoaskaridasi (Neoascaris vitulorum) parazitlik qiladi.
Dostları ilə paylaş: