Qilbosh nematoda (Trichocephalus tnchiurus}ning bosh tomoni uzun qilga
o ‘xshash ingichka bo'ladi, orqa tomonga asta-sekin kengayib y o 'g 'o n lash ib boradi
(34-rasm).
Qilbosh nematodalar asosan odamning y o 'g 'o n ichagida parazitlik qiladi. Ular
ayrim jinsli, erkagining uzunligi 30-4 0 mm bo'lib, orqa uchi spiral kabi buralgan
bo'ladi. Urg'ochisining uzunligi 30 -5 0 mm keladi. Qilbosh nematodaning oldin
gi uchida o g 'iz bo 'sh lig 'i va qizilo'ngach joyiashgan. Tananing kengaygan orqa
qismida esa o 'rta va orqa ichaklar, orqa chiqaruv teshigi va jinsiy organlar siste-
masi joyiashgan. Qilbosh nematodalar bosh qismini o 'z xo'jayini ichak devorining
shilimshiq qavatiga sanchgan holda qon bilan oziqlanib yashaydi. Nematodaning
urug'langan tuxumlari xo'jayini axlati orqali tashqariga chiqadi. Tuxum yetarli
namlik va harorat bo'lgan taqdirda yaxshi rivojlanadi. Bitta urg'ochi qilbosh nem a
toda bir kecha-kunduzda 1000 tadan 3500 tagacha tuxum qo'yadi. Qulay sharoitda
tuxum 2 0 -3 0 kunda yuqumli holatga keladi.
Odam ko'pincha yuvilmagan sabzavot-mevalami iste’mol qilganida qilbosh
nematodaning invazion tuxumlarini yutib yuborish bilan zararlanadi va nematoda
taxminan bir oydan keyin voyaga yetadi. Bu nematodalar odam organizmida 5 yil
gacha yashashi mumkin.
Qilbosh nematodalar trixotsefalyoz kasaliigini keltirib chiqaradi. Bu kasallik yer
sharining ham ma qismida, ayniqsa, issiq iqlimli mamlakatlarda k o 'p uchraydi. Qil
bosh nematoda asosiy xo'jayini hazm organlarini yallig'laydi va bir qator mikroor-
ganizmlarning tushishiga y o'l ochadi. Nerv sistemasiga ta ’sir qiladi. Trixotsefalyoz
bilan kasallangan odamlar vermoks (mebendazol), difezil, naftamon, osarsol va ti-
mak kabi dorilar bilan davolanadi.
Chorva mollarda ham qilbosh nematodalarning bir necha turlari parazitlik qi
ladi. Masalan, cho'chqalarda - cho'chqa qilbosh nematodasi (Trichocephalus suis),
qo'y, echki va qoramollarda - Trichocephalus ovis, Trichocephalus skrjabini kabi
turlari parazitlik qiladi. Trixotsefalyoz bilan kasallanmaslik uchun tozalikka rioya
qilish, mcva va sabzavotlarni yuvib iste’mol qilish, axlatlarni dalaga ishlatishdan
oldin zararsizlantirish, hojatxonaga so'ndirilmagan ohak sepish kabi chora-tadbir-
larni amalga oshirish lozim.