Max = 2147483648 Min = 255 Modifikator va atributlar haqida keyin to`xtalamiz.
Satrli o`zgarmaslar
Satrli o`zgarmasni e`lon qilish uchun satrni ("My string") ikkitalik qo`htirnoqqa olish kerak. Buni o`zgaruvchilarga qiymat berishda, funksiyaga parametr sifatida berishda foydalanish mumkin:
System.Console.WriteLine("Pi soning qiymati: {0}", Pi);
string mystring="Hello";
C# Operatorlar (Amallar)
C # dasturchilarga ifodalarni tuzilishi va baholanishini nazorat qilish imkoniyatini beradigan operator (amal) lar to'plamini taqdim etadi. C # operatorlarining ko'pchiligi quyidagi toifalarga kiradi: arifmetik, bitli, mantiqiy va munosabat operatorlari.
Arifmetik amallar C# da quyidagi arifmetik amallar aniqlangan:
+, -, *, / amallari C# da ham boshqa tillardagi kabi mos ravishda qo`shish, ayirish, ko`paytirish, bo`lish vazifasini bajaradi. Lekin / operatorida ozgina farq bor. Butun sonlarni bo`lishda qoldiq tashlab yuboriladi. 10/3 amalidan keyin natija 3 ga teng bo`ladi. Uning qoldig`i % operatori orqali olinadi. 10%3 = 1. C# da % operatorini butun tiplarga ham haqiqiy tiplarga qo`llash mumkin. 10.0%3.0 = 1 bo`ladi.
Quyidagi jadvalda C# tilida bayt razryadlari ustida mantiqiy amallar majmuasi keltirilgan.
Taqqoslash amallari. C# tilida qiymatlarni solishtirish uchun taqqoslash amallari aniqlangan. Taqqoslash amali binar amal bo‘lib, quyidagi ko‘rinishga ega:
< operand1 > < taqqoslash amali > < operand2 >
Taqqoslash amallarining natijasi - taqqoslash rost bo‘lsa, true (rost), aks holda false (yolg‘on) qiymat bo‘ladi. Agar taqqoslashda arifmetik ifoda qatnashsa, uning qiymati 0 qiymatidan farqli holatlar uchun 1 deb hisoblanadi.
Taqqoslash amallari va ularning qo‘llanishi