tortib, ana sliu chiziqqa uzunchoq tuxum shaklidagi gavdasi belgilanadi.
Keyin bo‘yini belgilovchi chiziq, oyoqlarning yo‘nalishini ko‘rsatuvchi
chiziqni, so‘ng dumining uzunligi belgilanadi. Chizish jarayonida
qushning tumshug‘i, boshi, oyog‘i, qanoti, dumi kabi boiaklarining
o‘lchamlari qayta-qayta solishtirilib aniqlanadi. Ish yorug‘ va soyalami
asta-sekin tasvirlash bilan nihoyasiga yetkaziladi.
Hayvoniar rasmini chizishda ham qushlar rasmini chizishdagi
tartibga rioya qilinadi. Ot, qo‘y, sigir, mushuk, quyon va hokazolar
shular jumlasidandir. Ularning tasvirini chizish qushlarni chizishga
qaraganda birmuncha qiyin. Chunki hayvonlaming tana va suyak
tuzilishi murakkabdir. Suyak tuzilishini o‘rganish ham tasvir chizishda
katta yordam beradi.
Tirik hayvon va qushlarning tasvirini tugal ravishda ishlash qiyin.
Shuning uchun tirik hayvon va qushlarning faqat xomaki tasviri
chiziladi.
Dostları ilə paylaş: