Qo‘yidagi tasvirda konusning asos qismini kubning yuqori
tomonining eniga b o ig an nisbatini qalam bilan asosini chekka o‘ng
burchak yoniga qo‘yib vertikal bo‘yicha tekshirish mumkin. Naturada
bu vertikal kubning qoraytirilgan tomonini o‘rtasidan kesib o‘tadi
qalamtasvirda esa bunday bo‘lmasligi mumkin. Xatosini aniqlab uni
darhol tuzatamiz. Agarda konusning chap tomonini davom ettirsak, u
silindming aylana asosiga zo‘rg‘a tegadi. Bu yerda ham qalamtasvir
aytarli darajada aniq emas. Vazani yuqori qismi orqali gorizontal chiziq
o‘tkazib uning balandligini konus bo‘yiga nisbatan aniqlash mumkin.
Yana silindming ikki tomonini davom ettirsak, qayerga borib taqalishini
tekshirib ko‘rish mumkin. Naturada kubning oldingi qirrasi konusning
markazi bilan ro‘para kelmaydi, qalamtasvirda u aynan markazda bo‘lib
ko‘rinishi ham mumkin. Shunday qilib, yana bitta xatosini topamiz. Endi
gorizontal joylashgan qalamni naturadagi kubning asosiga keltiramiz va
qanchalik silindr asosini pastida bu chiziq o‘tishini kuzatamiz. Naturada
ikkalasini asosi deyarli bitta gorizontal chiziqda joylashgan. Buni
qalamtasvirda tekshirib ko‘ramiz.
Narsaiaming nisbatlarini aniqlab va ularni perspektivada qurayotib
barobar yengil-yelpi soyalami berish mumkin. Bu esa narsaiaming
nisbatlarini ham va ularning o‘zaro joylashganligini ancha aniq
yetkazishda imkon beradi. Stol tekisligidagi narsalar to‘plamini
joylashtirishda ulaming asoslarini qurish juda ham muhim. Har bir
narsani joyini aniqlamasdan ular orasidagi kenglikni yetkazish mumkin
emas. Ayrim narsalar havoda «muallaq» bo'lishi yoki biri ikkinchisiga
«o‘yib» kirgandek ko‘rinishi mumkin.
Tasvirlash jarayonida alohida narsaiaming va ulaming qismlarini
katta-kichikligini har doim bir-biriga taqqoslab borish zarur.
Dostları ilə paylaş: