nsarlar ko‘rgazmalarga, uylarga qo‘yish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Haykaltaroshlikning bu turida voqelik o'zining butun borligi bilan aks etadi. Haykaltaroshlik san’atining bu turi inson ruhiyatidagi nozik o‘zgarishlar, uning ichki ruhiy kechinmalari, kayfiyatini ochib berish imkoniyatiga ega. Dastgohli haykaltaroshlikning ko‘rinishlaridan biri byust boiib, u odam gavdasini aks ettiruvchi dumaloq haykal hamda o‘zida bir qator obrazlami mujassamlashtirgan haykallar guruhi (kompozitsiya) tarzida boMadi. Haykaltaroshlik san’atining yana bir ko‘rinishi terrakota hisob lanadi (terrakota-italyancha so‘z bo‘lib «pishirilgan loy» ma’nosini bil diradi). Terrakota keng ma’noda loydan yasalib, pechda pishirilgan haykaltaroshlik asarlaridir. Haykaltaroshlikda insonning faqat tashqi ko‘rinishi tinch turgan yoki harakatdagi holatini aks ettirish bilan uning imkoniyati tugamaydi. Uning ichki kechinmalari, hayajon va g‘amginligi, kelajakka intilishi tiam o‘z ifodasini topadi. Haykaltaroshlik asarida tevarak-atrofga boMgan munosabat, qalbidagi iztirob ham ishonarli talqin etilishi mumkin. Bunda, albatta, eng avvalo haykaltaroshning o‘ta ziyrakligi, odam gavdasi va mimik o'zgarishlarini to‘g‘ri ifodalashi muhim o‘rinni egallaydi. To‘g‘ri topilgan harakat, yuzdagi mimik holat - bular uning ta’sirli boMishiga zamin tayyorlaydi. Eynulla Aliyev, Abdumo‘min Boymatov, Ulug‘bek Mardiyev, Ilhom Jabborov kabi haykaltaroshlar shu sohada samarali ijod qilishmoqda. Tasviriy san’at janrlari Portret janri. Insonning ichki ruhiy olami bilan bog‘langan holda aniq bir obraz yaratilishi portret san’ati deb yuritiladi. Portretda insonning to‘la gavdasi, yarmi yoki yuz qiyofasining faqat o‘zi ham