S. F. Abdirasilov


 Naqsh kompozitsiyasi ustida ishlash



Yüklə 16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə154/167
tarix25.12.2023
ölçüsü16 Kb.
#194069
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   167
Tasviriy san\'at o\'qitish metodikasi (S.Abdirasilov) (1)

11. Naqsh kompozitsiyasi ustida ishlash
Mazmuni:
Naqqoshlik tarixi. Uning turlari. Naqsh unsurlari - barg, 
gul, shoxcha, geometrik shakllami qayta ishlash asosida 
naqsh unsurlarini yaratish. Naqshlardan namunalar 
ko‘chirish. Ijodiy naqsh kompozitsiyasi ustida ishlash. 
Naqshda rang xususiyatlari.
Topshiriq 
-
Namunaviy 
naqsh 
kompozitsiyasidan 
nusxa 
ko‘chirish. Y o i, kvadrat va aylana ichiga naqsh 
kompozitsiyasi tuzish va tasvirlash.
Naqshlar, asosan, biron-bir buyumni idish-tovoqlami, kiyim- 
kechaklami, gazmol va gilamlami, bino, xiyobonlami va boshqa shu 
singari narsalarni bezatish maqsadida qoilahadi.
Aytaylik, rassom gilam uchun naqsh chizmoqchi. Dastavval gilam 
nimaga va qayerga moijallanganini bilib olish kerak. Devorga 
osiladigan b o isa , uning yuqori va pastki tomoni aniqlab olinadi. Bunday 
gilamda hayvoniar, tabiat manzarasi tasvirlanadi. Bordi-yu, gilam yerga 
to‘shaladigan b o isa, u hamma tomondan bir xil ko‘rinishi kerak.
Naqqosh A.Qosimjonov, Yo.Raufov, T.To‘xtaxo‘jayev, J.Hákimov 
(Toshkent), A.Boltayev (Xiva), S.Norqo‘ziyev (Qo‘qon) va boshqa 
ustalar san’atning bu turida mehnat qilib, shuhrat qozonganlar.
Naqshlaming kompozitsiyasi narsaning shakli, vazifasi va uning 
oicham iga bogiiqdir. Masalan, so‘zana uchun tayyorlangan chiroyli 
naqsh devorga chizilsa, xunuk chiqishi mumkin. Shuning uchun naqsh 
namunasini tayyorlashda, albatta, u nima uchun va qanday materialga 
chizilishini ham bilib olish kerak.
Naqshlar oddiy va murakkab b oiadi. Bir xil shaklning m aium
oraliqda takrorlanishi yoki qaytarilishiga 
oddiy naqsh
deyiladi. 
I nkrorlanayotgan naqsh geometrik va o‘simlik elementlarining bir- 
biriga qo‘shib ishlatilishi natijasida kichiklashib yoki kattalashib borsa, 
luiiulay naqshni 
murakkab naqsh
deyiladi. Naqsh chizishda ko‘pincha
217
www.ziyouz.com kutubxonasi


simmetriya
degan so‘z ishiatiladi. Simmetriya grekcha so‘z boMib, 
oMchamlaming bir-biriga mos kelishi ma’nosini bildiradi.
Talabalar naqsh namunalarida qo‘iianiladigan ba’zi atamalaming 
ma’nosini yaxshi bilib olishlari kerak.
Madoxili
(arabcha)- bir-biriga kirishib turuvchi demakdir. 
0
‘zbekistonda naqqoshiik amaliy san’atining hamma turlarida juda ko‘p 
tarqalgan uslubdir. Asosan madoxili shakli lola gulini stilizatsiyalash- 
tirib tasvirlashdan kelib chiqqan. Lekin xalq naqqoshlari gul bargini 
chiroyli ko‘rsatishga intilib, ulami madoxili shaklida tasvirlaydilar. 
Madoxili asosan uch yaproq shaklidan iboratdir.
IsUmi
(arabcha) - yugumvchi demakdir. Islimi to‘g‘ri y o i ichiga 
iion izi shaklida egri chiziqli o‘simlik elementlaridan chiziladigan naqsh. 
íslimi naqqoshlikda keng tarqalgan uslub bo‘lib, faqat yo‘l ichiga 
ishlanadi. Islimi turdagi asosiy elementlar - novda, yaproq, gul, g‘uncha 
kurtak, qalampir, meva, poya kabilar hisoblanadi.
Girix
(arabcha) - tuguncha demakdir. Bu geometrik shakllai'dan 
to‘g‘ri 
chiziqli 
elementlardan 
tuzilgan 
naqsh 
boMib, 
asosan 
me’morchilikda ganch, yog‘ochga o‘yib ishlanadi. Girixiar to‘rsimon va 
yulduzsimon b o iib , yulduz nurlarining soni 5 tadan 16 tagacha boradi. 
Qadim vaqtlarda me’morchilikda deraza o ‘mida, girix uslubida 
ishlangan panjaralar qo‘yilardi. Bundan tashqari, imoratning devorlarini 
bezashda girix uslubi qoilanilib, kataklari orasiga turli naqshlar 
ishlangan.

Yüklə 16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin