hamda tabiat bilan uygimlikda boiishi lozim. Bu unga yanada ulug‘vorlik va ta’sirchanlik baxsh etadi. Monumental haykaltaroshlik asarlariga mos boigan xususiyatlardan biri bu tasvirlanayotgan qahramonlami koiarinki ruhda tasvirlashdir. Monumental haykaltaroshlik asarlari ochiq joyda turishi uchun moijallanadi va katta-katta yaxlit shakllardan keng foydalaniladi. Odam yuzidagi mayda boiaklar, kiyimdagi nozik buklanishlar va undagi mayda boiaklar koi'satilmaydi. Toshkent shahridagi sohibqiron Amir Temur, Alisher Navoiy haykallari shu turga mansub. Istirohat bogiari, xiyobonlar, ko‘chalar, shuningdek, me’morchilik binolarining devorlarini bezash uchun ishlatiladigan haykallaming hamma turlari dekorativ haykaltaroshlik san’atiga kiradi. Dekorativ haykaltaroshlik asarlarida obrazlar biroz hajviy tarzda talqin etilib bo‘rttiriladi. Haykaltaroshlikning bu turida turli hayvon va qushlar shakli keng ishiatiladi. Binolarning devoriga ishlanadigan turli bo‘rtma tasvirlar, amaliy san’at buyumlarining yuzasiga ishlangan tasvirlar ham dekorativ haykaltaroshlikka kiradi. Turli faworalar, panjaralar, badiiy darvozalar ham dekorativ haykaltaroshlik namunalari sifatida qaraladi. Chinnidan yasalgan turii haykalchalar, loydan ishlangan o‘yinchoqlar ham shu haykaltaroshlikning ko‘rinishi hisoblanadi. 0 ‘zbekistonda dekorativ 76
www.ziyouz.com kutubxonasi
haykaltaroshlik sohasida rassomlardan U.Jo‘raqulov, X.Rahimboyeva, A.Hoshimov va boshqalar barakali ijod qilmoqdalar. Dastgohli haykaltaroshlikka o‘zida mustaqil mazmunni anglata- tligan san’atning boshqa turlariga tobe bo'lmagan asarlar kiradi. Bunday