S. F. Amirov, M. S. Yoqubov, N. G’. Jabborov elektrotexnikaning nazariy asoslari



Yüklə 173,17 Kb.
səhifə1/52
tarix03.05.2023
ölçüsü173,17 Kb.
#106485
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Elektrotexnikaning nazariy asoslari S. F. Amirov, M. S. Yoqubov,


Elektrotexnikaning nazariy asoslari

 
 
S.F. AMIROV, M.S. YOQUBOV, N.G’. JABBOROV 
 ELEKTROTEXNIKANING 
NAZARIY ASOSLARI 
ELEKTROTEXNIKANING NAZARIY ASOSLARI

1
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM


VAZIRLIGI
S.F. AMIROV, M.S. YOQUBOV, N.G’. JABBOROV
ELEKTROTEXNIKANING 
NAZARIY ASOSLARI

(Birinchi kitob)

O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi
huzuridagi ilmiy-uslubiy birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi
Kengash 5520200, 5521300, 5521400, 5521500, 5521600, 5521700,
5521800, 5522000, 5522800, 5630200 bakalavriat ta'lim yo'nalishlari
talabalari uchun o'quv qo'llanma sifatida tavsiya etgan

TOSHKENT 2007

ELEKTROTEXNIKANING NAZARIY ASOSLARI

2
O'quv qo'llanmaning ushbu birinchi kitobida elektrotexnikaning


nazariy asoslariga tegishli bo'lgan tayanch tushunchalar, atamalar,
o'zgarmas va bir fazali sinusoidal tok chiziqli elektr zanjirlarini
hisoblash usullari haqida tegishli bakalavriat yo'nalishlarida ta'lim
olayotgan talabalar uchun yetarli bo'lgan ma'lumotlar keltirilgan
bo'lib, unda elektrotexnika tarixiga, uning rivojlanish bosqichlariga
va boshqa texnik fanlarni o'zlashtirishdagi o'rniga alohida e'tibor
berilgan. Har bir bob tegishli masalalar, referat mavzulari va o'z-o'zini
sinash savollari bilan to'ldirilgan.
O'quv qo'llanma energetika, elektrotexnika, avtomatika,
radiotexnika va elektr aloqa sohalariga oid ta'lim yo'nalishlari
talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, undan ishlab chiqarish
sohalarining mutaxassislari, muhandislar, magistrantlar va ilmiy-
texnik xodimlar ham foydalanishlari mumkin.

Taqrizchilar:


Toshkent
davlat
texnika
universiteti
"Elektrotexnikaning nazariy asoslari" kafedrasi (kaf. mudiri t.f.d. prof.
Rashidov Y.R., t.f.n., dots. Obidov Q.G’.), Toshkent davlat aviatsiya
instituti "Uchish apparatlari va aeroportlarning elektr jihozlari"
kafedrasi mudiri t.f.d. prof. Ibodullayev M.I., Toshkent temir yo'l
muhandislari instituti "Elektr aloqa va radio" kafedrasi mudiri t.f.d.
prof. Xoliqov A.A.

ELEKTROTEXNIKANING NAZARIY ASOSLARI


3
So'z boshi

"Elektrotexnikaning
nazariy
asoslari"
fani
elektrotexnika,
elektroenergetika, radioelektronika, elektr aloqa va avtomatika
sohalariga oid ta'lim yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklari
talabalari
uchun
umummuhandislik
fanlardan
hisoblanadi.
"Elektrotexnikaning nazariy asoslari" fanining asosiy masalasi turli
elektrotexnik qurilmalarda sodir bo'ladigan elektromagnit hodisalar
va jarayonlarni sifat va miqdor tomonidan o'rganishdir.
Oliy ta'limning fan dasturi asosida yozilgan ushbu o'quv
qo'llanmada talabalarda elektrotexnikaning nazariy asoslari bo'yicha
zarur va yetarli bo'lgan tayanch tushunchalar, elektr va magnit
zanjirlardagi fizik qonunlar va hodisalarning o'ziga xos xususiyatlari
har tomonlama bayon etilgan.
Kitobdagi barcha materiallar hozirgi zamon elektroenergetikasi
va elektrotexnikasiga asoslangan bo'lib, ularning texnik yechimlari
esa xalq xo'jaligida tobora keng qo'llanilayotgan asboblar, mashinalar
va uskunalarni avtomatlashtirish va ular asosida avtomatlashgan
texnologik majmualar elektr, magnit va elektron zanjirlarining xossa
va xususiyatlarini o'rganishga bag'ishlangan. Ayrim boblarga tegishli
materiallarda ideallashgan tasavvurdan real elektr va magnit
zanjirlarga o'tilgan.
So'nggi yillarda elektrotexnikadagi tayanch tushunchalar va
ta'riflarga, elektr sxemalardagi shartli grafik belgilashlarga, Davlat
standartlari seriyasi chiqarildi, oliy o'quv yurtlari fan dasturlariga
jiddiy o'zgartirishlar kiritildi. Oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida
elektrotexnik fanlarning o'qitilish jarayoniga yangi pedagogik
texnologiyalar joriy etilmoqda. Ushbu o'quv qo'llanmada bularning
barchasini hisobga olishga harakat qilindi. Bu borada o'quv qo'llanma
mazmuni elektrotexnika, energetika va avtomatika sohalariga oid
ta'lim yo'nalishlarining O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus
ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan Davlat ta'lim standartlarida
"Elektrotexnikaning nazariy asoslari" faniga qo'yilgan talablarga
moslashtirildi.
Qo'llanmada keltirilgan referativ mavzular va o'z-o'zini sinash
savollari talabalarning mustaqil ta'lim olishi va fikrlash qobiliyatini
o'stirish
uchun
xizmat
qiladi.
Keltirilgan
masalalar
nazariy
ma'lumotlarni mustahkamlashga hamda ularga amaliy va mantiqiy
yondashishga va texnik idrokning o'sishiga yordam beradi.
Hozirgi vaqtda inson faoliyati doirasiga kirgan har bir sohada va
yo'nalishda elektrotexnika va elektronika qurilmalari mavjud. Shu
sababdan elektrotexnika asoslarini bilish, uni tushunish va amalda
qo'llay bilish nafaqat elektrotexnik xodimlar, balki turli soha

ELEKTROTEXNIKANING NAZARIY ASOSLARI


4
mutaxassislari va xodimlari uchun ham ertangi kunning ravnaqini


ta'minlashda katta ahamiyat kasb etadi.
O'quv qo'llanmaning dastlabki nusxasini o'qib chiqib, uning
sifatini yaxshilash uchun o'z fikr-mulohazalarini bildirgan Toshkent
davlat texnika universiteti «Elektrotexnikaning nazariy asoslar»"
kafedrasi mudiri t.f.d. professor Y. Rashidovga, shu kafedraning
dotsenti Q. Obidovga,
«

Energetika sohalari kasb ta’limi va
elektrotexnika
»
kafedrasi dotsenti O.M. Burxonxo’jaevga, Toshkent
davlat aviatsiya instituti»"Uchish apparatlari va aeroportlarning elektr
jihozlari» kafedrasi mudiri t.f.d. prof. M. Ibodullayevga hamda
Toshkent temir yo'l muhandislari instituti «Elektr aloqa va radio»
kafedrasi mudiri t.f.d. professor A. Xoliqovga, qo'l yozma materialni
kompyuterda
terishda
yaqindan
yordam
bergan
aspirantlar
X.Sattarov, N. Balgayev va Y.Shoyimovlarga mualliflar samimiy
minnatdorchilik bildiradilar.
O'quv qo'llanma tasdiqlangan fan dasturi doirasida yozilganligi
bois ko'p mavzular hajmi chegaralangan va «Еlektrotexnikaning
nazariy asoslari» fanidan davlat tilida, lotin alifbosida yozilgan
dastlabki asarlardan bo'lganligi sababli kamchiliklardan holi emas.
Tegishli sohalarning mutaxassislari, talabalar va umuman o'quvchilar
fikr-mulohazalari
asosida
qo'llanmaning
keyingi
nashrlari
mukammalroq bo'ladi degan, umiddamiz.
Ushbu kitob O'zbekistonda elektrotexnika va avtomatika
sohalariga oid yo'nalishlar bo'yicha ilmiy maktablar yaratgan va
ko'pgina olimlarni tarbiyalab voyaga yetkazgan hamda mualliflarni
ushbu kitobni yozishga undagan texnika fanlari doktorlari,
professorlar Zaripov Madiyor Faxritdinovich va Karimov Anvar 

Yüklə 173,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin