1.
Sevgilingizning yoqtirgan mashg`uloti:
a) sumkasini to`ldirib, toqqa jo`nash;
v) chaqirilmagan bo`lsa ham, bazmlarda yayrab o`tirish;
s) turli mavzularda aqlli, o`ylantiradigan gaplarni tinglash va o`z
munosabatini ham bildirib qo`yish.
2.
U pul yoki boylikdan birdaniga o`zgarib ketishi mumkinmi?
a) oltin bo`lsa, o`zgarish ham gapmi, mendan voz kechishdan ham
toymaydi;
v) ha
desam ham, yo`q desam ham bo`ladi, yana bilmadim;
s) menimcha u pul va boylikka befarq.
3.
Uning keladigan vaqtida birdan chiroq o`chib qoldi. Sizningcha,
voqeaning davomi qanday kechadi? U:
a) chetroqqa o`tib chiroq yonishini kutib turishni taklif qiladi;
v) qorong`ida yolg`iz qolishimizni orzu qilganini aytadi;
s) hayolimga ham keltira olmayman. Balki u qorong`ilikni yoqtirmas.
4.
U sizga his-tuyg`ulari haqida tez-tez gapirib turadimi?
a) har gal sevgi izhor qilganida osmonda uchayotgandek qanot yoza
boshlaydi;
v) hayronman, nega men bilan ertaroq tanishmagan-a?!
s) uning maqsadi - istaklarimni bajarish, ko`z oldimda qahramon bo`lib
gavdalanish.
5.
Unchalik baland bo`lmagan
tepalik ustida turib, katta shahar va
mashinalar gavjum ko`chalarni kuzatayapsiz,
shu vaqt u nima haqida
gapirishi mumkin?
a) jim turgan holda bir-birimizga termulamiz;
v) agar qanotlarimiz bo`lganida, birga uzoqlarga uchib ketishimiz haqida; s)
«Qanday zerikarli va shovqinli shahar-a»... shunga o`xshash gaplar.
6.
Sevgilisiga nimadir sovg`a qilish u uchun anhanaga aylanganmi?
a) huda-behudaga pul sarflash unga xos emas;
v) sovg`adan ko`ra hissiyotlarini, sevishini afzal ko`radi;
s) menga sovg`alar berish unga odat bo`lgan.
7.
U biror marta sizni erta tongda quyosh chiqishini kuzatishga taklif
qilganmi?
a) yo`g`-e, bunday ishni axmoqlar kiladi!
v) quyosh chiqishini emas-u, lekin toqqa chiqishni taklif qilgan;
s)
ajoyib fikr, u bilan kelishib olish kerak!
Dostları ilə paylaş: