SHAXSNING BILISH JARAYONLARI.
Diqqat to’g’risida tushuncha. Diqqat turlari.
Diqqat - shaxsning faolligini hamda uning obyektiv
borliqdagi predmet va
hodisalarga tanlovchi munosabatini belgilaydi. Diqqatda odam psixikasining
moslashtiruvchi vazifasi namoyon bo’ladi. Agar diqqat bo’lmasa, odamda aniq
maqsadga qaratilgan amaliy faoliyat ham bo’lmaydi.
Diqqat muayyan sharoitlarda va vaziyatlarda mo’ljal olish imkonini beradi.
Bunday sharoitlarni hisobga olish odam amalga oshirayotgan
faoliyatning ongli
ravishda kechishini va uning sermahsul bo’lishini ta’minlaydi.
Har qanday masalaning va har qanday hayotiy vazifaning hal kilinishi
odamdan o’z diqqatini ana shu masalaning mazmuniga hamda uni bajarish uchun
qilinadigan harakat usullariga qaratishni talab qiladi.
Demak, diqqat qolgan barcha psixik jarayonlardan sezilarli darajada farq
qiladi. Uning o’ziga xosligi shundan iboratki, u aks ettirish formasi singari psixik
faoliyatning
mustaqil turi emas, balki boshka psixik jarayonlarning uyushgan
faolligidir.
Diqqat inson faoliyatining barcha turlarini muvaffaqiyatli amalga
oshirishning va ularni samaradorligini ta’minlovchi muhim shartlardan biridir.
Kishi
faoliyati qanchalik murakkab, serzahmat, davomiylik jihatdan uzoq
muddatli, mas’uliyat hissini taqozo qilsa, u diqqatga shunchalik yuksak shartlar va
talablar qo’yadi.
Inson ziyrakligi, farosatliligi, tez payqashi,
sinchkovligi,
dilkashligi uning turmush sharoitida, shaxslararo munosabatida muhim omil
sifatida xizmat qiladi.
Diqqat aqliy faoliyatning barcha
turlarida ishtirok etadi, insonning xatti-
harakatlari ham uning ishtirokida sodir bo’ladi. Shuni alohida ta’kidlab o’tish
kerakki, diqqat sezgi, idrok, xotira,
tafakkur, xayol, nutq kabi alohida psixik
jarayon emas.
Diqqat barcha psixik jarayonlarda qatnashadi, ularning