Sifat - sezgining asosiy xususiyati bo’lib, uni boshqa sezgi turlaridan
farqlaydi va ayni shu sezgi turi chegarasini o’zgartiradi. Masalan, eshitish sezgilari
tovushning balandligi tembri, qattiqligi bilan tafovutlanadi, ko’rish sezgilari esa
ranglarning quyuqligi, jilosi, tovlanishi, toni va boshqa shu kabilar bilan
farqlanadi. Sezgilarning sifat jihatidan ko’p turliligi materiya harakati shakllarining
turli-tumanliligini aks ettirishidir.
Sezgilarning jadalligi ularning miqdoriy tavsifidan iborat bo’lib, ta’sir
qilayotgan qo’zg’atuvchining kuchi va retseptorning funktsional xolati bilan
belgilanadi.
Sezgilarning davomiyligi ularning vaqtinchalik tavsiflanishidan iborat
bo’lib, u ham sezgi a’zolarining funktsional xolati bilan, shuningdek,
qo’zg’atuvchining ta’sir qilish vaqti hamda jadalligi bilan o’lchanadi.
Qo’zg’atuvchi sezgi a’zosiga ta’sir qilishi bilan darhol sezgi hosil bo’lmaydi, balki
u bir qancha daqiqadan keyin vujudga keladi.
Sezgilar uchun qo’zg’atuvchining fazoviy lokalizatsiyasi qo’zg’atuvchining
fazoda o’rin egallashi bilan tavsiflanadi. Distant, ya’ni masofa retseptori
tomonidan amalga oshiriladigan fazoviy analiz qo’zg’atuvchining fazodagi o’rni
haqida ma’lumot beradi. Kontakt sezgilar: taktil, og’riq, maza badanning
qo’zg’atuvchi ta’sir qilayotgan joyi bilan bog’liqdir. Bunda og’riq sezgilarining
lokalizatsiyasi, ya’ni badanda joylashgan o’rni, taktil sezgilarga qaraganda
badanga anchagina tarqalgan bo’lib, ular unchalik aniqlik darajasiga ega emas.
Sezgilar bilan bog’liq hodisalar mavjud va ular turli xolatda o’z ifodasini topadi.
Kishining hayoti va faoliyatida sezgilarning roli juda katta, negaki, ular
bizning olam haqidagi va o’zimiz to’g’rimizdagi bilimlarimiz manbai hisoblanadi.
sifat jadalligi