qaratilgan jarayondir. Tafakkur atrof-muhitdagi voqelikni nutq yordami bilan
bilvosita, umumlashgan xolda aks ettiruvchi psixik jarayon bo’lib,
u ijtimoiy
sababiy ichki bog’lanishlarni anglashga, yangilik ochishga
va bashorat qilishga
yo’naltirilgan aqliy faoliyatdir.
Tafakkurning o’ziga xos xususiyatlari uni til bilan bevosita bog’liqligidir.
Tafakkur nutqda namoyon bo’ladi. Tafakkur inson hayoti tajribasida sezgi, idrok
va tasavvurlar asosida yuzaga keladi va rivojlanadi. Tafakkur tufayli sezgi va idrok
asosida olamni aks ettirish yanada aniq va to’g’ri bo’ladi.
Tafakkur borliqni
umumlashgan holda aks etishidir. Qachonki muammoli vaziyat paydo bulganda
tafakkur ishga tushadi.
Tafakkur - jiddiy ravishda yangilik qidirish va
ochishga ijtimoiy jihatdan
bog’liq, aloqador psixik jarayondir, uning tahlili va sintezi
jarayonida voqelikni
bavosita va umumlashtirib aks ettirish jarayonidir. Tafakkur amaliy faoliyat
asosida hissiy bilishlardan paydo bo’ladi va hissiy
bilish chegarasidan ancha
tashqariga chiqib ketadi.
Bilish faoliyati sezish va idrok qilishdan boshlanadi va keyin tafakkurga
o’tadi. Biroq eng rivojlangan tafakkur ham hamisha hissiy bilish bilan bog’langan
bo’ladi. Kishi tafakkur jarayonida hissiy bilish chegarasidan chetga chiqadi.
4-shakl
Tafakkur jarayonida fikrlash operatsiyalariga: analiz, sintez,
taqqoslash,
umumlashtirish, konkretlashtirish, klassifikatsiyalash va
sistemalashtirish kiradi.
Tafakkur va fikrlash
Dostları ilə paylaş: