Analiz - obyektning
u yoki bu tomonlarini, elementlarini,
xossalarini,
bog’lanishlarini, munosabatlarini ajratib olib, o’rganilayotgan
obyektni har xil
komponentlarga (tarkibiy qismlarga) bo’lish demakdir. Analizning yordami bilan
narsa va hodisalarning xususiyatlarini fikran yoki amaliy tahlil qilinadi. Bir butun
narsani analiz qilish natijasida ajratilgan komponentlarni birlashtirish sintezdir.
Sintez - narsa va hodisalarning analizda bo’lingan,
ajratilgan ayrim
qismlarini, bo’laklarini sintez yordami bilan fikran yoki amaliy ravishda
birlashtirib, butun xoliga keltirishdir. Sintez elementlarning, narsa va hodisalarning
qismlari va bo’laklarini bir butun qilib qo’shishdan iborat aqliy faoliyatdir.
Analiz va sintez o’zaro bevosita mustaxkam bog’langan yagona jarayonning
ikki tomoni bo’lib, agar narsa va hodisalar analiz qilinmagan bo’lsa,
uni sintez
qilib bo’lmaydi, har qanday analiz predmetlarni, narsalarni bir butun xolda bilish
asosida amalga oshirilishi lozim.
Taqqoslash - predmetlar va ularga xos bo’lgan xususiyatlarni fikran bir-
biriga
solishtirish, umumiy va farq qiluvchi jihatlarni topish. Taqqoslash
operatsiyasi ikki xil yo’l bilan amalga oshishi mumkin:
amaliy - konkret narsalarni bevosita solishtirish;
nazariy - tasavvur qilinayotgan obrazlarni
va narsalarni ongda fikran
taqqoslash.
Inson shaxsiy faoliyatida, ta’lim jarayonida taqqoslash ustida qanchalik ko’p
mashq qilsa, taqqoslash ko’nikmasi paydo bo’lsa, unda fikr yuritish shunchalik
samarali bo’ladi.
5-shakl
Dostları ilə paylaş: