Yuqorida ko’rsatib o’tganimizdek, psixologiya fanida uchta katta guruhga
ajratilgan sezgilar mavjud:
eksterioretseptiv;
proprioretseptiv;
interioretseptiv. Ular o’z navbatida quyidagi
sezgi turlariga bo’linadi.
Ko’rish sezgilari. Inson tomonidan rang va yorug’likni sezish ko’rish
sezgilari tarkibiga kirib, uning organi - ko’z hisoblanib, u ko’z soqqasi va undan
chiqib keladigan ko’ruv nervlaridan tashkil topgan.
Insonning hayoti va faoliyatida kurish sezgilarining roli benihoya katta.
Ko’rish hodisasini vujudga keltiruvchi fizik sabab har xil uzunlikda bo’lgan
elektromagnit tulqinlaridir. Odamning ko’zi 390 millimikrondan 800
millimikrongacha uzun elektromagnit tulqinlari taassurotini seza oladi. Ko’z
murakkab tuzilgan sezgi a’zosi bo’lib, u ko’z kosasida joylashgan va maxsus
ko’z mushaklari yordami bilan har tomonga burila oladi. Ko’zimizga
ko’rinadigan har bir narsaning o’ziga xos rangi bor. Faqat juda tiniq
narsalarning rangi yo’q, shuning uchun ham ular ko’zga ko’rinmaydi.
Eshitish sezgilari tovushlarni eshitishdan iborat bo’lib, musiqaviy va
shovqinli tovushlarni aks ettiradi. Odatda tovushlar oddiy va murakkab turlarga
ajratiladi, ularning birinchisi bir tondan ikkinchisi esa bir necha tonlardan tashkil
topadi. Insonlar uchun eshitish sezgilari katta ahamiyatga ega, chunki nutqni
o’zlashtirish tovushlarni yaxshi eshitish va ularni ajratishga bog’liq. Ona
tilimizda ishlatiladigan tovushlarni kichik yoshdan eshitib, ularga odatlanib
qolamiz, shuning uchun ularni bir-biridan ajrata bilamiz va tug’ri talaffuz
qilamiz. Ammo chet tilidagi tovushlarni tez ajrata olmaymiz, ularni talaffuz
etishda qiynalamiz, chunki ularga qulog’imiz o’rganmagan.
Dostları ilə paylaş: