S. Hasanov D. Abdumadjidova N. Ataeva shaxsning bilish jarayonlari


Taassurotga ko’rish va eshitish orqali ega bo’linadi



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/42
tarix05.10.2022
ölçüsü0,95 Mb.
#64583
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   42
shaxsning bilish jarayonlari

1. Taassurotga ko’rish va eshitish orqali ega bo’linadi. Insondagi ko’rish 
hissi boshqa hissiy a’zolarga nisbatan kuchliroq sanaladi. Chunki ko’zdan miyaga 
boradigan nervlar quloq nervlariga nisbatan 20 marta qalinroq. Masalan, Mark 
Tven sahnada o’ynashi kerak bo’lgan rolni qaydlar yordamida yaxshi eslab qola 
olmagach, rasmlar bilan ishlagan va bu qiyinchiliklarni osonlikcha engib o’ta olgan 
ekan. 
2. Qaytarish yoki takrorlash - qadimda ko’pchilik olimlar kichik 
yoshligidayoq butun boshli kitoblarni aynan qaytarish orqali yod olishgan. 
3. Assotsiatsiya - o’xshashlik. Biror faktni boshqa narsa bilan qiyoslash 
orqali eslab qolish. Misol uchun tanishingizning telefon raqamini uy nomeringiz, 
tug’ilgan yilingiz yoki kundalik yuradigan avtobusingiz raqami bilan qiyoslab
assotsiatsiya qilishingiz mumkin. 
Xalqimizda «yuz martada yod bo’ladi, ming martada muhr» degan naql 
yuradi. Bu maqol asosli, faqat qachonki unga to’g’ri amal qilingan taqdirda 
shunday. Chunki, miya ma’lumotni muhrlashi uchun unga vaqtincha boshqa 
ma’lumot yuklanmay turishi lozim. Tadqiqotchi Myuller va Piltsekerlar biror 
matnni yod olgach, miyani dam oldirish kerakligini ta’kidlashadi. Tin olish 
jarayonida miya ma’lumotlarni o’z-o’zidan takrorlar ekan. Bu jarayon ma’lumot 
yodlanganidan keyin o’rinsiz qaytarilaversa ham buziladi.
Natijada miyada hech qanday «muhrlanish» jarayoni yuz bermaydi. Xo’sh, 
ma’lumotni yodlash bilan mustahkamlash orasida miya qancha vaqt tin olishi 
kerak? Bu savolga ruhshunos olim Peron javob topgan. U bir necha kishilar ustida 
tajriba o’tkazib, ularga 18 ta notanish so’zlarni yodlashni va quyidagi jadval 
asosida takrorlab turishni buyuradi: Tajribada so’zlar 30 soniyadan keyin 14 marta 
qaytarilganda yaxshi samara bergan. Tanaffus 10 daqiqani tashkil qilganda esa 4 
marta takrorlash kifoya qilgan. 10 daqiqadan 24 soatgacha bo’lgan tanaffusda 
ma’lumotlar qisqa muddatli xotirada mustahkamlangan. 24 soatdan ortiq 


tanaffuslarda takrorlash miqdori ko’payib boradi va 48 soatga etganida 8 marta 
qaytarish talab qilinadi. Chunki, bu vaqt ichida xotiraga o’rnashgan qo’shimcha 
ma’lumotlar xotira quvvatini susaytiradi. Shuning uchun har 24 soatda yodlangan 
so’zlarni qaytarib turish maqsadga muvofiq. 
Psixologiyada xotira 5 ta muhim mezonga muvofiq ravishda turlarga
ajratiladi: 
10-shakl 
1.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin