Stress yoki kuchli hayajonlanish - psixologik tahrifga kura affekt holatiga
yaqin turadigan, lekin boshdan kechirilishining davomliligiga ko`ra kayfiyatlarga
yaqin bo`lgan his-tuyg`ular boshdan kechirilishining aloxida shakli (ingl. «stress» - zo`riqish) hissiy zo`riqishdan iboratdir. Hissiy zo`riqish xavf-xatar tug`ilgan, kishi
xafa bo`lgan, uyalgan, taxlika ostida qolib ketgan kabi vaziyatlarda ro`y beradi.
Umuman olganda, stress tez-tez uchrab turadigan hodisadir. Unchalik ahamiyatga
ega bo`lmagan stresslar muqarrar va zararsiz bo`lib, xaddan tashqari ortib ketgan
stress esa shaxs uchun ham, korxona va tashkilotlar uchun ham qiyinchiliklar,
qo`yilgan maqsadlarni qo`lga kiritishda muammolar keltirib chiqaradi.
Stress deganda insonning atrofdagi stimullarga yoki tashqi ta’sirlarga
jismoniy, kimyoviy va psixologik reaktsiyalari majmui tushuniladi. Bunda atrof-
muhitdagi
kuchlar
insonning
fiziologik
va
psixologik
funktsiyalarini
muvozanatdan chiqaradi. Stress holatini jismoniy, psixologik omillar majmui,
ya’ni stressorlar keltirib chiqaradi. Hayotda stresslar bo`lib turishi tufayli ularni
boshqarishni, ular keltirishi mumkin bo`lgan zararni kamaytirishni bilish zarur.
bo`lgan farqni bilish juda muhim. Birovni yaxshi tanimoq uchun uning fikrini va
harakatlarini bilish bilangina kifoyalanmay, balki uning hissiyoti qandayligini ham
bilish kerak. Insonlarning hissiyotidagi farqlari quyidagi bo`lishi mumkin:
12-shakl
hissiyotning yo`nalishi - kishilarning hissiyotidagi eng muhim farqlari
belgilangan narsa, hissiyotning nimaga qaratilganligi,uning mazmuni
qandayligidir. Inson hislari har xil tasodifiy narsalarga sochilib, parishon bo`lsa,
tasodifiy hollarda kishilarda har xil hislarni tug`dirsa, bunday hissiyot kishining
ijodiyotiga, turmushdagi kurashiga madad beruvchi kuch xizmatini o`tay olmaydi.