Aksincha kishining hayotidagi asosiy vazifasidan boshqa ishlarga chalg`itib,
tanlagan yo`lidan adashtirib, ancha to`sqinlik qilishi ham mumkin.
hissiyotning chuqurligi -
birovning hissiyotiga oid hayotini bilish
uchun uning hissiyotining qanchalik chuqurligini bilish muhimdir. CHuqur his
deb, hayotning shu odam uchun eng muhim bo`lgan
tomonlariga daxil qilgan,
kishining fikri, tiliga va orzulari bilan ko`p aloqador bo`lgan va kishining butun
ruhiy hayotini aks etib ko`rinuvchi hisni aytamiz. Hissiyotning boy va
mazmundorligi, inson hislarining kuchliligidan ko`ra ko`proq
chuqurligiga
bog`liqdir;
hissiyotlarning barqarorligi -
ularning chuqurligi bilan juda yaqin
bog`liqdir. Chuqur his mahkam va barqaror bo`ladi; sayoz hislar esa, garchi kuchli
bo`lsa ham, umri qisqa bo`lib, tez o`tib ketadi.
Uzoq davom etadigan va barqaror bo`lgan emotsional holatlardan biri –
ehtirosdir. Kayfiyatdan
ehtirosning farki shuki, ehtiros muayyan harakatga,
muayyan obyektiv muttasil intilishda kuchli suratda ifodalangan holatdir. Bular -
ijobiy ehtiroslarga misol bo`lib, ular odamni ulkan ijodiy faoliyat yo`liga
yetaklovchi kuchdir.
Ehtiroslar kishidagi barqaror his-tuyg`ularning alohida turini tashkil etadi.
Odamlarning bajarayotgan ishiga va hayotida yuz berayotgan
narsalarga nisbatan
ichki munosabati boshdan oxirigacha barqaror tus kasb etadi, doimiy harakat
qiluvchi kuchga aylanadi. Bu kuch kishi tomonidan
uni hayajonlantirgan narsa
qanday idrok etilishi, tasavvur qilinishi va hayolga keltirilishi, uning bir-biri bilan
almashib turadngan hissiyotlarni, affektlarni, kayfiyatlarni
qanday boshdan
kechirishi xususiyatlarini belgilaydi. Bu kuch muayyan harakatlarga da’vat etuvchi
va qaror topgan his-tuyg`uga mos kelmaydigan xatti-harakatlarga qarshi qudratli
to`siq sifatida namoyon bo`ladi. SHunday qilib, his-tuyg`u
kishining tafakkur va
faol faoliyat ko`rsatishi jarayoniga jalb etilgan bo`ladi. Kishining fikrlari va xatti-
harakatlari yo`nalishini belgilaydigan barqaror, chuqur va kuchli his-tuyg`u –
ehtirosdir.