samaradorligini ta’minlovchi insonning ichki aktivligidan iboratdir. Shuningdek, u
har qanday inson faoliyatining zaruriy shartidir.
Psixologiyada diqqatning obyektiga ko’ra quyidagi turlarga bo’lish mumkin:
tashqi diqqat;
ichki diqqat.
Shu bilan birga faoliyat shakliga ko’ra:
individual;
guruhiy,jamoaviy turlariga bo’linadi.
Hosil bo’lish xususiyati va amal qilish usuliga qarab:
ixtiyorsiz (sust) - uning paydo bulishida odamning maqsadi
qatnashmaydi;
ixtiyoriy (faol) - odamning mahsadiga ko’ra, o’zi
iroda kuchini
ishlatishi tufayli paydo buladi.
ixtiyoriydan so’nggi turlariga bo’linadi.
Tashqi diqqat deb ongimizning obyektiv vokelikdagi narsa va hodisalarga,
ularning ayrim belgi va
xususiyatlariga yunaltirilishi, ularda faol to’planishiga
aytiladi. Tashqi diqqat faqat idrok qilish jarayonidagina namoyon bo’lmasdan,
balki fikr yuritilayotgan narsalarga ham qaratiladi. Jumladan, ixtirochining o’zi
yaratgan
narsasini tasavvur qilishi, rassomning obrazlarni kashf qilish jarayoni,
muhandisning to’g’on qurilishini ko’z o’ngiga keltirish bilan bog’liq
holatlar
bunga misol bo’la oladi.
Ichki diqqat esa ongimizning o’z subyektiv taassurotlarimiz, his-
tuygularimiz va intilishlarimizga qaratilishidan iboratdir. Inson ongining o’zida
sodir bo’layotgan o’z
hissiyotlarini, fikrlarini, orzu,
istak va shu kabilarni
kuzatishda tashqi diqqatdan farqli o’laroq ichki diqqat yuzaga kelar ekan,
bunda
diqqatning har ikkala ko’rinishi ham faoliyatning muvaffaqiyatli yakunlanishiga
munosib hissa qo’shish imkoniyatiga egadir. Bir kishi ongining muayyan obyektga
qarata yo’naltirilishi va unga to’planishiga
individual; bir guruh yoki
ko’pchilikdan iborat kishilar jamoasining ongi psixik
faoliyatning biror obyektga
qarata yo’naltirilishi va shu obyekt ustida to’planishiga
guruhiy yoki
jamoa
Dostları ilə paylaş: