diqqati deb yuritiladi.
Ixtiyorsiz diqqat diqqatning
quyi
formasi
bo’lib,
odatda
qo’zg’atuvchilarning analizatorlardan birortasiga ta’sir etishi natijasida sodir
bo’ladi. U mo’ljal olish refleksi qonuniyatiga ko’ra paydo bo’ladi va odamlar
hamda hayvonlar uchun umumiydir. Ixtiyorsiz diqqat ta’sir etuvchi qo’zg’atuvchi
hamda bu qo’zg’atuvchilarning odamni ilgarigi tajribasi yoki psixik holatiga
muvofiq kelishi tufayli paydo bo’lishi mumkin. Ta’lim va tarbiya jarayonida
shakllanuvchi, faqat odamga xos bo’lgan ixtiyoriy diqqat ancha murakkabdir.
Uning xarakterli xususiyati shundaki, u obyektga niyat va qo’yilgan maqsad
ta’sirida yo’llanadi.Kishida paydo bo’ladigan talab, ehtiyojlar, organizmdagi
o’zgarishlar, masalan chanqash, og’piq, ko’ngil g’ashligi kabi holatlar ham
diqqatimizni jalb etishi mumkin. Ixtiyorsiz diqqatning nerv-fiziologik asosini
orientirovka (mo’ljal) yoki tekshirish refleksi tashkil qiladi. Chunonchi, tevarak-
atrofimizdagi narsalarning salgina o’zgarishi bizda darhol mo’ljal refleksini yuzaga
keltiradi. Boshqacha qilib aytganda, «nima gap» degan ma’noda atrofimizga razm
sola boshlaymiz. Shuningdek, turli his-tuyg’ular, xususan qiziqish ixtiyorsiz
diqqatga sabab bo’ladi. Qiziqarli roman, kinofilm, qiziqarli suhbat diqqatimizni
o’ziga beixtiyor tortadi. Shuning uchun diqqatning bu xili emotsional diqqat ham
deyiladi.
Ixtiyoriy diqqat qat’iy maqsad asosida yo’naltirilgan diqqatdir. Diqqatning
bu turi o’zini majbur qilib, zo’r berib ongni bir faoliyat ustida to’plab turishlikni
bildiradi. Ixtiyoriy diqqatning psixologik xususiyati uni ko’p va kam irodaviy
zo’r berish, jiddiylik (tanglik) bilan birga bo’lishidadir, bunda ixtiyoriy
diqqatning uzoq saqlanishi toliqishiga, ko’pincha jismoniy zo’r berishdagidan
ko’ra ko’proq toliqishga sabab bo’ladi. Shuning uchun o’qitish davrida
ixtiyoriy diqqatning kuchli to’planganligi ortiqcha davomli bo’lmasligi lozim.
Psixologiyada diqqatning ixtiyoriy turi, ko’pincha irodaviy deb nomlanadi.
Bu, albatta, bejiz emas, chunki diqqatning muayyan obyektga yo’naltirilishi iroda
kuchi bilan saqlab turiladi. Hatto ixtiyorsiz diqqat faoliyatida qatnashsa, u ham
irodaning zo’ri bilan yo’naltirilgan obyektda to’planib turadi.
1-shakl