kiritilmagan xilma-xil turlarga ega bo’lib, narsalarning,
moddalarning nomlari
bilan yuritiladi: nonning mazasi, qovunning mazasi kabilar. Maza va hid sezgilari
bir-biriga chambarchas bog’langan bo’lib, bir-biriga ta’sir ko’rsatadi. Qattiq
tumov vaqtida ovqatning hidi sezilmagani uchun uning mazasi ham yo’qday
ko’rinadi.
Teri sezgilari tarkibi tuyish va xarorat turlaridan iborat bo’lib,
ularning
bunday nomlanishining bosh omili - bu retseptorlarning teri va organizmning
tashqi shilliq pardalarida joylashganligidir.
Tekkanni sezish
yoki
taktil sezgilar, terimizga tegib turgan narsani uning
silliqligini yoki g’adur-budurligini his etishdir.
Harorat sezgisi issiq-sovuqni
his etish demakdir. Harorat sezgisi harorati har
xil darajali buyumlarning
terimizga bevosita urilib turishidan paydo bo’ladi. Terimizga tegib turgan
buyumning harorati, terimizga nisbatan pastroq bo’lsa
- sovuqni, balandroq
bo’lsa - issiqni sezamiz.
Og’riq sezgilari ichki va tashqi a’zolarimizda bironta
o’zgarishga bog’liq bo’lgan xavfli xolatlarni ongimizda aks ettirish demakdir.
Adaptatsiya -
(lot. «adapto» - moslanmok
)
analizator
sezgirligining unga
uzoq ta’sir etuvchi qo’zg’atuvchi ta’sirida yoki ular ta’sirining yo’qligida
o’zgarishi
muhim ahamiyatga egadir. Adaptatsiya (moslashish) tufayli
analizatorlar tashqi muhitning o’ta o’zgaruvchi sharoitlariga moslashishi
mumkin.
Ko’rish yoki eshitish sezgisining yo’qotilganligi ma’lum
darajada
sezuvchanlikning boshqa turlarini rivojlantirish hisobiga to’ldiriladi. Sezgi a’zolari
sezuvchanligining kuchayish hodisasi ba’zi maxsus kasblar bilan uzoq vaqtdan
bilan shug’ullanadigan shaxslarda kuzatiladi. Bularning xammasi sezgilarimiz
hayot sharoitlari va amaliy mehnat faoliyati talablari ta’siri ostida rivojlanishining
dalilidir.
Dostları ilə paylaş: