Parishonxotirlik - diqqatni ma’lum bir obyektga qarata olmaslikdan iborat
salbiy xususiyat. Parishonxotirlik vaqtincha holat bo’lishi ham, shaxsning nisbatan
barqaror hislati bo’lishi ham mumkin. Parishonxotirlikning ikki turi mavjud bo’lib,
biri diqqatni umuman hech narsaga qarata olmaslik bo’lsa, ikkinchisi diqqatni
muayyan obyekt ustiga kuchli tuplantirib, boshqa narsalarga qaratilmasligidir.
Sezgi jarayoni haqida tushuncha. Sezgi xususiyatlari va turlari. Inson organizmiga ta’sir etadigan ayrim narsa va hodisalar obrazlarining
miyada bevosita aks etish faoliyatiga sezgilardeyiladi. Biz sezgilar yordamida
predmetlarning rangini, shaklini, katta yoki kichikligini aniqlaymiz. Sezgilar sodda
psixik
jarayon
bulishiga
qaramay,
barcha
bilimlarimizning asosiy manbai hisoblanadi. Chunki narsa va hodisalar aks
etishining ko’pchilik qismi sezishdan boshlanadi. Agar sezgilarimiz
bo’lmaganda biz tevarak-atrofdagi narsa va hodisalarni aks ettirishdan va
ularni bilishdan maxrum bo’lar edik.
Sezgilar to’g’risidagi ilmiy ta’limotlarga binoan narsalar va ularning
xossalari, tarkibiy qismlari, xususiyatlari, shakllari, harakati birlamchi hisoblanib,
sezgilarning o’zi esa tashqi va ichki qo’zg’atuvchilarning sezgi a’zolariga ta’sir
etishining mahsulidir. Sezgilar moddiy (obyektiv) borliqning, voqelikning
xaqqoniy tasvirini aks ettirib, ular qanday ko’rinishga, shaklga, xususiyatga ega
bo’lsa, ular xuddi shundayligicha hech o’zgarishsiz, aynan aks ettirish
imkoniyatiga egadir.
Tevarak-atrofdagi olamning boyligi haqida, tovushlar va ranglar, xidlar va
xarorat, miqdor va ko’plab boshqa narsalar to’g’risida biz sezgi tufayli bilamiz.
Kishi vujudi sezgi a’zolari yordamida sezgilar shaklida tashqi va ichki muhitning
xolati haqida rang-barang axborot olib turadi. Sezgi xususiyatlariga quyidagilar
kiradi:
3-shakl