S. Hasanov D. Abdumadjidova N. Ataeva shaxsning bilish jarayonlari



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/42
tarix05.10.2022
ölçüsü0,95 Mb.
#64583
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   42
shaxsning bilish jarayonlari

Assotsiatsiyalar qonuni. Bu qonun haqida eramizdan avval Arastu ham 
yozgan edi. Qonunning mohiyati shundaki, bir vaqtda shakllangan tasavvurlar 
xotirada ham yonma-yon bo’ladi. Masalan, ayni konkret xona o’sha erda ro’y 
bergan hodisalarni ham eslatadi. 
Birin-ketinlik qonuni. Xarflarni alfavitdagi tartibda yodda aytish oson, uni 
teskarisiga aytish qiyin bo’lganidek, xotirada ham ma’lumotlarni ma’lum tartibda 
joylashtirishga va kerak bo’lganda, tartib bilan birin-ketin tiklash maqsadga 
muvofiqdir. 
Kuchli taassurotlar qonuni. Eslab qolinadigan narsa to’g’risidagi birinchi 
taassurot qanchalik kuchli bo’lsa, unga aloqador obraz ham shunchalik yorqin 
bo’ladi. Bundan tashqari, siz uchun ahamiyatli va jozibali ma’lumotlar oqimida 
eslanayotgan material ham yaxshi esga tushiriladi. 
Tormozlanish qonuni. Xar qanday muayyan ma’lumot o’zidan oldingi 
ma’lumotni tormozlaydi. Shuning uchun uning o’chib ketmasligi uchun yangini 
esda saqlashdan avval mustaxkamlash choralarini ko’rish kerak. 
Demak, yaxshi kuchli bilimlarga ega bo’lish uchun xar bir predmet yoki 
fanning mavzularini o’ziga xos tarzda yoqtira olish va xotirada saqlash uslublarini 
ishlab chiqish kerak ekan.  

Idrok haqida tushuncha. Idrokning o’ziga xos xususiyatlari. 
Idrok - sezgilarga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon bo’lib 
hisoblanganligi sababli barcha ruhiy holatlar, hodisalar, xususiyatlar xossalar va 
inson ongining yaxlit mazmuni, egallangan bilimlar, tajribalar, ko’nikmalar bir 
davrning o’zida namoyon bo’lad va aks ettirishda ishtirok qiladi.  
Idrok tushunchasining (lotin tilidan - «perceptio» qabul qilish) yuqori 
bosqichi esa appertsentsiya deyiladi. Appertseptsiya - idrok jarayonini shaxsning 
oldingi bilimlari, shaxsiy va ijtimoiy tajribalari, qiziqishlari, motivatsiyasi, 
ehtiyojlari va odatlari, umuman, ruhiy hayotning barcha mazmuni bilan 
belgilanishidir. Appertseptsiya hodisasi tufayli odamlar o’zaro idrokining mazmuni 


bilan bir-birlaridan muayyan darajada tavofutlanadilar, ya’ni ular aynan bir xil 
narsani o’zini ilm saviyasi, maslagi, pozitsiyasi, dunyoqarashi va ijtimoiy kelib 
chiqishiga asoslangan holda turlicha idrok qiladilar hamda aks ettiradilar. Masalan, 
«ildiz» tushunchasini biologlar o’simliklarning moddiy asosi sifatida, matematiklar 
sonlarning ildiz ostidagi ko’rinishida, ijtimoiy nuqtai nazardan qarindosh-
urug’chilik shaklida namoyon bo’ladi. Psixologiya fanida idrok muayyan 
shakllarga ajratilib tadqiq qilinadi, vaqt, harakat, fazo yordami bilan atrof-
muhitning, biosferaning, ijtimoiy turmushning mohiyati yuzasidan axborotlar 
ma’lumotlar, xususiyatlarni aks ettiradi. 
Odatda inson tomonidan vaqtni idrok qilish, asosan ruhiy hodisalar, holatlar, 
vaziyatlar, xususiyatlarning o’zaro o’rin almashinuvi tufayli namoyon bo’ladi va 
o’ziga xos tuzilishi bilan mazkur jarayonning boshqa shakllaridan farq qilib turadi. 
Vaqtni idrok qilish inson tomonidan aks ettirilayotgan vaqt birligining obektiv 
(haqqoniy, holis) mazmuniga, shaxsning unga nisbatan munosabatiga boliq bo’lib, 
xuddi shu mezon orqali uning mahsuldorligi o’lchanadi. 
Yaqqol voqealikdagi narsa va hodisalarning tana a’zolarini qabul qilish 
analizatorlariga bevosita ta’sir etmasdan inson ongida turli obrazlarning 
(ovozlarning eshitilishi, sharpalarning sezilishi) xayolan, fikran paydo bo’lishidan 
iborat idrokning psixopatologik (ruhiy xastalik) hodisasiga gallyutsinatsiya 
deyiladi. Gallyutsinatsiya hodisasi muvaqqat ruhiy xastalikning alomati bo’lib, 
ba’zan qo’rqinch hissi mahsuli hisoblanib, bosh miya katta yarim sharlari 
qobig’idagi qo’zg’alish jarayonlarining nuqsonli, sust (patalogik) harakati 
natijasida, goho asab tizimining zaharlanishi, zaiflashuvi, haddan tashqari toliqishi 
tufayli yuzaga kelish mumkin. Gallyutsinatsiya hodisasi bir necha xil ko’rinishga 
ega bo’lish mumkin ularning eng asosiylari quyidagilardan iboratdir: 

yo’q narsalarningko’zga ko’ri nishi;

u yoki bu ovozlar, tovushlar, kuylar eshitilishi;

yo’q sharpalar, hidlar sezilishi kabilar.


Illuziya hissiy a’zolarimizga bevosita ta’sir etib turgan narsa va 
hodisalarning noto’g’ri - noadekvat, yanglish, xato idrok qilishdan iborat 
jarayoninig noyob hodisasidir.
Ba’zan psixologik fanida noto’g’ri idrok qilishga olib keluvchi 
qo’zg’atuvchilar konfiguratsiyasining (lotincha «contiguratio» - tashqi tuzilishida 
o’xshashlik, o’zaro o’xshashlik, joylashuvda yondashuvlik) o’zi ham illuziya deb 
ataladi. Idrok jarayoni inson oldida turgan maqsadga, maqsad qo’ya olishga, unga 
berilgan ustanovkaga uzviy bog’liq holda irodaviy boshqarilish xususiyatiga 
egadir. 
Psixologlarning fikricha, inson nimaniki idrok qilsa, uni figura va fonda 
idrok qiladi.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin