S. Hasanov D. Abdumadjidova N. Ataeva shaxsning bilish jarayonlari



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/42
tarix05.10.2022
ölçüsü0,95 Mb.
#64583
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   42
shaxsning bilish jarayonlari

 
 
 
 
 
 
 
Маълумотнинг англанганлиги. 
Xotira faol jarayon bo’lib, u shaxsning u yoki bu turli ma’lumotlar bilan 
ishlash malakasiga, unga munosabatiga, materialning qimmatini tasavvur qilishiga 
bevosita bog’liq bo’ladi. Eng xarakterli narsa shuki, inson faqat eshitgan 
ma’lumotining 10 foizini, eshitgan va ko’rgan narsasining 50 foizgachasini, o’zi 
faol bajargan ishlarining deyarli 90 foizini yodda saqlaydi. Bu ko’plab psixologik 
eksperimentlarda isbot qilingan. Shaxsning o’zi o’ylab topib, o’zi bevosita 
bajargan ishlari juda oson esga tushadi. Bu hodisa psixologiyada generatsiya 
effekti deb ataladi. 
Ma’lumotning 
anglangaligi 
Esda saqlash vaqti bilan esga 
tushirish vaqti o’rtasidagi farq 
 
Ma’lumotning mazmun yoki shakl 
jihatdan bir-biriga yaqinligi
Kutilmagan 
ma’lumot


Haqiqatan ham xotiraning imkoniyatlari juda keng. Inson 20 mingdan 100 
minggacha so’zni eslab qolishi mumkin. Masalan, mashhur kompyuter dasturchisi 
Bill Geyts minglab kodlarni yoddan biladi, deyiladi. Sarkarda Aleksandr 
Makedonskiy esa askarlarini nomma-nom sanab bergani haqida rivoyatlar bor. O’z 
navbatida kishi xotirasi juda ko’p omillarga bog’liq ekanini ham unutmaslik lozim. 
Kimdir ko’rganini, kimdir eshitganini yaxshiroq eslab qoladi. Shuningdek, kishi 
xotirasida qiziqqan narsasi tezroq o’rnashadi. Ba’zan esa ma’lum hissiy 
kechinmalar unutilgan voqealarni qayta jonlantirgan holatlar uchrab turadi. Hatto 
til o’rganishga qobiliyati yo’q, deb hisoblangan kishilar begona mamlakatga tushib 
qolganida, xotiralaridagi yangi qirralar kashf etilgani ham tajribalarda o’z isbotini 
topgan. Yoshi qirqdan oshgan kishilar gap orasida «Xotira chatoq-da, qarichilik 
endi!» deb qo’shib ketishi odatiy hol. Aslida esa bunday emas. Ana shu bahonaga 
tayanadiganlar ko’pincha faol o’rganish davri tugaganidan keyin o’rganishga 
ishtiyoqni yo’qotishadi va xotirani zo’r berib ishlatmasliklari natijasida shu ko’yga 
tushib qolishadi. Vaholanki, xotirani charxlash kundalik ishiga aylanib qolgan, 
yoshi etmishga etgan aktyorlar butun boshli matnlarni qiynalmasdan yodlay 
olishlari barchaga ma’lum. Germaniya va AQSh kabi bir qator xorij 
mamlakatlarida esa, nafaqaga chiqqandan keyin talabaga aylanadigan qariyalar 
ko’plab topiladi. Ular odatda ijtimoiy-gumanitar fakultetlarga o’qishga kirishadi va 
yosh hamkurslari bilan baravar mashg’ulotlarni o’zlashtirib, imtihonlar 
topshirishadi.
Demak, xotira zaiflashuviga yoshni sabab qilib ko’rsatish asossiz bahona. 
Kaliforniya universiteti tadqiqotchisi doktor Marion Daymond miya faoliyati 
ustida izlanishlar olib borib «Insonning qarishi xotiradagi hujayra bog’larini 
yo’qotmaydi», degan xulosaga keldi. Boshqa tadqiqotlar natijasi ham bu fikrni 
qo’llab-quvvatlamoqda. Hatto, agar miya davomli ravishda ishlab, ta’limga 
yo’nalib tursa, hujayralararo bog’lar zichligi yanada mustahkamlanishi xususida 
qarashlar mavjud. Etmish, sakson yoshli qariyalar bilan olib borilgan tadqiqotlarda 
aqliy faoliyatning turli davrlarida e’tiborga loyiq natijalarga erishish mumkin ekani 
isbotlangan. 


Demak, xotiraning zaiflashuviga qarilikni sabab qilish o’rinsiz. Fanda 
xotiraning tabiiy imkoniyatlari uch qismga bo’lib o’rganiladi. Bular taassurot, 
qaytarish va assotsiatsiyalar. 

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin