S. Hasanov D. Abdumadjidova N. Ataeva shaxsning bilish jarayonlari



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/42
tarix05.10.2022
ölçüsü0,95 Mb.
#64583
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   42
shaxsning bilish jarayonlari

Sistemalashtirish operatsiyasi yordamida narsa va hodisalar, faktlar, fikrlar 
va obyektlar makondagi, vaqtdagi egallagan o’rniga qarab yoki mantiqiy 
joylashtiriladi.
Tafakkur shakllari psixologiyada tushuncha, hukm, xulosa chiqarish 
bosqichlarida ifodalanadi. 
7-shakl 
Tushuncha - inson voqelikni bilish jarayonida narsalarni bir-biri bilan 
taqqoslaydi, ularning o’xshashligi va farqini aniqlaydi: analiz va sintez yo’li bilan 
narsa va hodisalarning mohiyatini ochadi, fikran ularning belgilarini ajratadi, bu 
belgilarni abstraktsiyalashtiradi va umumlashtiradi. Natijada odam voqelikdagi 
narsa va hodisalar to’g’risida tushuncha hosil qiladi.
Hukm narsa va hodisalarning belgi va xususiyatlari haqida tasdiqlab yoki 
inkor qilib aytilgan fikrdir. Moddiy olamda haqiqatdan bog’liq bo’lmagan narsa 
hukmda bog’liq qilib ko’rsatilsa, bunday hukm xato yoki yolgon hukm deb 
ataladi.
Hukmda narsa va hodisa belgisining borligini muayyan sharoitlarda 
tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan hukm shartli hukm deb ataladi.
 Xulosa. Bir qancha hukmlarning mantiqiy bog’lanishi natijasida hosil 
bo’lgan yangi hukm insonning bilish faoliyatida alohida ahamiyatga ega. 
Psixologiyada xulosa chiqarish jarayonida foydalanilgan tayyor hukmlar asoslar 
deyiladi, ularni taxlil qilib chiqarilgan yangi hukm esa xulosa deb ataladi. Xulosa 
Tafakkur shakllari 
Tushuncha
Xukm
Хulosa 


chiqarish shunday tafakkur shaklidirki, bu shakl vositasi bilan biz ikki yoki undan 
ortiq hukmlardan yangi hukm hosil qilamiz.
Intuitiv va analitik tafakkur. Tafakkur aktivligiga qarab ixtiyorsiz (intuitiv) 
va ixtiyoriy (analitik) tafakkur turlariga ajratiladi.
Intuitsiya - mantiqiy tafakkur yordamida ko’p vaqtlar davomida hal 
qilinmagan aqliy vazifalarning to’satdan, kutilmaganda hal qilinib qolishi jarayoni 
ataladi. Shaxsning muayyan soxadagi hayotiy yoki ilmiy tajribalariga asoslangan 
intellektual sezgirligidan iborat faoliyatdir. Kupincha ixtiyoriy tafakkur jarayoni 
mulohaza, muxokama, isbotlash, gipoteza kilish kabi shakllarda namoyon buladi. 
8-shakl 
Inson idrok qilgan, xotirasida saqlab qolgan narsalarning barchasi uning 
uchun ma’lum ma’no va mohiyatga ega bo’ladi. Aks holda u qabul qilingan 
ma’lumotlarni eslab qolmaydi, keyingi safar anologik obyekt bilan to’qnash 
kelganda, unga diqqatini qaratmaydi ham, ma’lumot figura fonga aylanib 
qolaveradi. Ya’ni, biz ko’rgan, eshitgan, his qilgan narsalarimizning barchasi 

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin