S. Hasanov D. Abdumadjidova N. Ataeva shaxsning bilish jarayonlari



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/42
tarix05.10.2022
ölçüsü0,95 Mb.
#64583
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   42
shaxsning bilish jarayonlari

Ilgarigi bilimlar qonuni
4.
Eslab qolishga tayyorlik qonuni
5.
Assotsiatsiyalar qonuni
6.
Birin-ketinlik qonuni
7.
Kuchli taassurotlar qonuni
8.
Tormozlanish qonuni
 
Anglanganlik qonuni. Oddiy, lekin murakkab qonun, ya’ni berilgan 
materialni qanchalik chuqur anglasak, shunchalik uni mustaxkam xotirada 
muxrlagan bo’lamiz. 
Qiziqish qonuni. Anatol Frans: “Bilimlarni yaxshi xazm qilish uchun uni 
ishtaxa bilan yutish kerak” deganda, albatta, olinayotgan ma’lumotga jonli qiziqish 
bilan munosabatda bo’lishimiz, va uni yaxshi ko’rishimiz kerakligini nazarda 
tutgan. 
Ilgarigi bilimlar qonuni. Ma’lum mavzu yuzasidan bilimlar qanchalik ko’p 
bo’lsa, yangisini esda saqlab qolish shunchalik oson bo’ladi. Masalan, ilgari 
o’qigan biror kitobni qaytadan o’qib, uni yangidan o’qiyotganday his qilsangiz, 
demak, siz ilgarigi tajribangiz etishmaganligidan uni yaxshi o’zlashtira 
olmaganligingizni his qilishingiz mumkin. Demak, eski bilimlar ham tajribaga 
aylangandagina, yangilariga zamin bo’la oladi. 
Eslab qolishga tayyorlik qonuni. Biror materialni eslab qolishdan avval, 
bo’lg’usi aqliy ishga qanday xozirlik ko’rgan bo’lsangiz, shunga mos tarzda eslab 
qolasiz. Masalan, fizika o’qituvchisining barcha darslari sizga doimo ma’qul 
bo’lgan bo’lsa, siz: “Bugun ham yangi narsa o’rganib chiqaman”, deb o’zingizni 
ishontirasiz va oqibatda natija ham yaxshi bo’ladi. Yoki vaqtga nisbatan tayyorlik 
ham shunday. “Bir amallab imtixon topshirsam, keyin qutulaman”, deb darsga 
tayyorlangan bo’lsangiz, imtixon tugagach, go’yoki miyangizni birov “yuvib 
qo’yganday” tasavvur hosil bo’ladi. Agar materialni mutaxassis bo’lishim uchun 


juda kerak, deb umringiz oxirigacha muhimligini anglasangiz, u narsa xotirada 
uzoq vaqt saqlanadi. 

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin