S. Hasanov D. Abdumadjidova N. Ataeva shaxsning bilish jarayonlari



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/42
tarix05.10.2022
ölçüsü0,95 Mb.
#64583
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
shaxsning bilish jarayonlari



S.Hasanov D.Abdumadjidova N.Ataeva 
 
 
SHAXSNING BILISH
JARAYONLARI
 
 
(Psixologiya nazariyasi va amaliyoti asoslari)
 
Ma`ruza matni
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent – 2016


 
SHAXSNING BILISH JARAYONLARI.
Diqqat to’g’risida tushuncha. Diqqat turlari. 
Diqqat - shaxsning faolligini hamda uning obyektiv borliqdagi predmet va 
hodisalarga tanlovchi munosabatini belgilaydi. Diqqatda odam psixikasining 
moslashtiruvchi vazifasi namoyon bo’ladi. Agar diqqat bo’lmasa, odamda aniq 
maqsadga qaratilgan amaliy faoliyat ham bo’lmaydi. 
Diqqat muayyan sharoitlarda va vaziyatlarda mo’ljal olish imkonini beradi. 
Bunday sharoitlarni hisobga olish odam amalga oshirayotgan faoliyatning ongli 
ravishda kechishini va uning sermahsul bo’lishini ta’minlaydi.
Har qanday masalaning va har qanday hayotiy vazifaning hal kilinishi 
odamdan o’z diqqatini ana shu masalaning mazmuniga hamda uni bajarish uchun 
qilinadigan harakat usullariga qaratishni talab qiladi. 
Demak, diqqat qolgan barcha psixik jarayonlardan sezilarli darajada farq 
qiladi. Uning o’ziga xosligi shundan iboratki, u aks ettirish formasi singari psixik 
faoliyatning mustaqil turi emas, balki boshka psixik jarayonlarning uyushgan 
faolligidir. Diqqat inson faoliyatining barcha turlarini muvaffaqiyatli amalga 
oshirishning va ularni samaradorligini ta’minlovchi muhim shartlardan biridir.
Kishi faoliyati qanchalik murakkab, serzahmat, davomiylik jihatdan uzoq 
muddatli, mas’uliyat hissini taqozo qilsa, u diqqatga shunchalik yuksak shartlar va 
talablar qo’yadi. Inson ziyrakligi, farosatliligi, tez payqashi, sinchkovligi
dilkashligi uning turmush sharoitida, shaxslararo munosabatida muhim omil 
sifatida xizmat qiladi. 
Diqqat aqliy faoliyatning barcha turlarida ishtirok etadi, insonning xatti-
harakatlari ham uning ishtirokida sodir bo’ladi. Shuni alohida ta’kidlab o’tish 
kerakki, diqqat sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol, nutq kabi alohida psixik 
jarayon emas. Diqqat barcha psixik jarayonlarda qatnashadi, ularning 

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin