S. Hasanov D. Abdumadjidova N. Ataeva shaxsning bilish jarayonlari



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/42
tarix05.10.2022
ölçüsü0,95 Mb.
#64583
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   42
shaxsning bilish jarayonlari

Tafakkur turlari 
Shakliga ko’ra 
Ko’rgazmali-
harakat 
Ko’rgazmali-obraz 
Mantiqiy 
Ko’riladigan 
masalaning 
xarakteriga ko'ra 
Nazariy
Amaliy
Ijodiylik 
elementiga ko’ra 
Konvergent 
Divergent 
Yangiligi va 
noyobligiga ko’ra 
Reproduktiv 
Produktiv 


ma’noli, kerak bo’lsa, ma’nili bo’lishini hoxlaymiz. Shunisi xarakterliki, ana 
shunday narsa va xodisalarga biz tomondan beriladigan ma’no har bir alohida 
shaxs tomonidan turlicha aks ettiriladi.
Xotira haqida tushuncha. Xotira turlari va ularning xususiyatlari. 
Xotira - atrof-muhitdagi voqelikni bevosita va bilvosita, ixtiyoriy va 
ixtiyorsiz ravishda, passiv va aktiv xolda, reproduktiv va produktiv tarzda, verbal 
va noverbal shaklda, mantiqiy va mexanik yo’l bilan aks ettiruvchi esda olib 
qolish, esda saqlash, qaytadan esga tushirish, unutish hamda tanish, eslashdan 
iborat psixik jarayon alohida va umumiylik namoyon qiluvchi ijtimoiy hodisa
barcha taassurotlarni ijodiy qayta ishlashga yo’naltirilgan mnemik (yunon. 
«mnema» - xotira) faoliyat, psixikaning «tanasi» sifatida namoyon bo’ladi. 
Xotira shaxs psixik faoliyatining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri bo’lib 
hisoblanadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, xotiraning bosh roli o’tmishda yuz 
bergan narsa va hodisalarni aks ettirish bilan cheklanib qolmasdan, balki ham 
hozirgi, ham kelgusida amalga oshirish rejalashtirilgan voqelikning ruyobga 
chiqishini ta’minlaydi.
Inson ko’rgan, his qilgan va eshitgan narsalarining juda oz miqdorinigina 
eslab qola oladi. Ma’lum bo’lishicha, bir vaqtning o’zida odam ongida 7 tadan 
ortiq belgiga ega bo’lgan ma’lumotning qolishi qiyin ekan. Bu ettita so’z, son, 
belgi, narsaning shakli bo’lishi mumkin. Agar telefon raqamlari 8 ta belgili 
bo’lganda, uni yodda saqlash ancha qiyin bo’lardi. Demak, ongning tanlovchanligi 
va ma’lumotlarni saralab, terib ishlatish yana bir psixik jarayonni - xotirani 
bilishimiz lozimligini bildiradi.
Inson xotirasining mukammal bo’lishi, ya’ni his-kechinmalarimiz, ko’rgan-
kechirganlarimizning mazmuni to’laroq miyamizda saqlanishi quyidagi omillarga 
bog’liq: 
- esda saqlab qolish bilan bog’liq harakatlarning yakunlanganlik darajasiga; 

shaxsning o’zi shug’ullanayotgan ishga nechog’lik qiziqish 
bildirayotganligi va shu ishga moyilligiga; 


- shaxsning bevosita faoliyat mazmuni va ahamiyatiga munosabatining 
qandayligiga; 
- shaxsning ayni paytdagi kayfiyatiga; 
- irodaviy kuchi va intilishlariga. 
Psixologik ilmiy adabiyotlarda keltirilishicha, xotira - barcha ruhiy 
jarayonlarning eng muhim tasnifi bo’lishi bilan bir qatorda, inson shaxsining 
birligi va yaxlitligi, biologik va ijtimoiylik nisbatini ta’minlab turadi. Ularning 
o’ziga xos xususiyatlari, xossalari, mexanizmlari to’g’risida muayyan tartibda 
ma’lumot berish imkoniyatiga ega.
Esda saqlangan ma’lumotni xotiradan chiqarib olib, qayta tiklash ham 
muhim muammo. Chunki ko’pincha biz xotiramizda kechagina o’qigan
ma’lumotning borligini bilamiz-u, lekin kerak bo’lgan vaqtda uni esga tushira 
olmaymiz. Ma’lumotni xotiradan chaqirib olish omillariga quyidagilar kiradi: 
9-shakl 

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin