Hissiyot to`g`risida tushuncha. Kayfiyatlar, stress, depressiya, eyforiya.
Inson idrok etish, hayol surish va fikrlash jarayonlarida faqat voqelikni bilib
qolmay, balki shu bilan birga hayotdagi u yoki bu narsalarga qanday bo`lmasin
munosabat bildiradi. Unda ularga nisbatan u yoki bu tarzda his-tuyg`u paydo
bo`ladi. Bunday ichki shaxsiy munosabatning manbai - faoliyat va munosabat
jarayonlari bo`lib, u ana shunday jarayonlarda ro`y beradi, o`zgaradi, barqaror tus
oladi yoki yo`qoladi.
Hissiyot - kishining o`z hayotida nimalar yuz berayotganiga, nimalarni
bilib olayotganiga yoki nima bilan mashg`ul bo`layotganiga nisbatan o`zicha turli
xil shaklda bildiradigan ichki munosabatidir.
Hissiyotni boshdan kechirishning turli shakllari - emotsiya, affekt, kayfiyat,
turli hayajonlanish, stress mavjud. Ehtiros, tor ma’nodagi so`z bilan aytganda,
his-tuyg`ular - shaxsning emotsional soxasini tashkil etadiki, ular kishi xulq-
atvorini tartibga solib turadi, bilishning jonli manbai, odamlar o`rtasidagi
murakkab va ko`pqirrali munosabatlarning ifodasi bo`lib hisoblanadi.
Hissiyot yoki emotsiya deb kishining bilmoqchi va qilmoqchi bo`lgan
narsalariga o`z munosabatlarini tuyg`ularidan kechirishini, ya’ni muhitdagi narsa
va hodisalarga, o`z ishlariga, o`ziga va o`zining qilgan harakatlariga bo`lgan
munosabatlaridan tug`ilgan tuyg`ularga aytiladi. Bir narsadan huzurlanish yoki
behuzur bo`lish, suyunush, qayg`urish, muhabbat, qahru-g`azab, g`ayrat va
shijoat, qo`rqish, iztirob, tashvish, xotirjamlik kabi hollarning har qaysisi hissiyot
yoki emotsiyaning bir misolidir.
Hissiyot manbalari haqiqatda mavjud bo`lgan har xil narsa va hodisalarki,
odam o`z hayoti va faoliyatida bu narsa va hodisalarga to`qnashadi. Biroq har bir
narsa va hodisani odam bevosita o`zi idrok qilmaguncha, yoki biron boshqa yo`l
bilan uni bilmaguncha, bu narsa va hodisalar hissiyot manbai bo`lolmasligi
aniqdir. Biron narsaga qandaydir munosabatda bo`lmoq uchun uni biron jihatdan
bilmoq kerak. Shu sababli hissiyot hamisha sezgi, idrok, xotira yoki hayol
obrazlari, fikr shu kabi bilish jarayonlari bilan birgalikda kechadi.
Hissiyotlar ta’sirchanligi bilan ajralib turadi. Ular xatti-harakatlarga, fikr-
mulohazalar bildirishga turtki beradigan kuch bo`lib, kuch-g`ayratlarni oshirib
yuboradi va stenik deb ataladi. Boshqa bir hollarda emotsiyalar sustligi, loqaydligi
bilan ajralib turadi, his- tuyg`ularning boshdan kechirilishi kishini bushashtirib
yuboradi va bu holat psixologiyada astenik deb ataladi (masalan, qo`rqqanidan
oyoqlari qaltirashi, kuchli his-tuyg`uga berilib, hayolga cho`mib, o`zi bilan o`zi
ovora bo`lib qolish hollari).
Dostları ilə paylaş: |