S. Hasanov D. Abdumadjidova N. Ataeva shaxsning bilish jarayonlari



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/42
tarix05.10.2022
ölçüsü0,95 Mb.
#64583
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   42
shaxsning bilish jarayonlari

1-rasm. 2-rasm. 
Agar diqqatimizni shaklga nisbatan hajman kattaroq bo’lgan oq fonga 
qaratsak, rasmda bizga qarab turgan ayol yuzini ko’rishimiz mumkin. 
2-rasm. Ushbu rasmda ham avvalgi rasmda bo’lgani kabi ikki kishi 
tasvirlangan. Biri – yosh qiz. Uni biz rasmning oq foniga e’tibor berib ko’rishimiz 
mumkin. Ikkinchisi – keksa ayol. Uni esa qora shakllarga qarab payqay olamiz.
 




 
3-rasm. 4-rasm.
3-rasm. Ushbu rasmda psixologiyada juda mashhur bo’lgan tasvirlardan biri 
ifodalangan. Uning siri oddiy. Agar diqqatimiz markazidagi oq rangli shaklga 
qaratilsa, kimdir ajoyib guldonni, yana ba’zilar oddiy ko’zani ko’rishi mumkin. 
Bordi-yu, diqqatimiz qora fonga qaratilsa, u erda biz bir-biriga tikilib turgan ikki 
kishining yuzini ko’ramiz.
4-rasm.
Diqqat bilan rasmning qora rangli shakllariga qaratsak, biz chap 
tomonga nigoh tashlagan xindyning tasvirini ko’ramiz. Rasmdagi qora rangli 
shaklar oq fonga hajman kichikroq bo’lgani sababli biz eng avvalo, aynan xindu 
tasvirini ko’rib turibmiz.
Agar diqqatimizni shaklga nisbatan hajman kattaroq bo’lgan oq fonga 
qaratsak (bu biroz qiyin bo’lishi tabiiy), rasmda bizga orqasi bilan o’girilib turgan 
shimol xalqlaridan biri (deylik eskimoslar)ning vakili yoki shunchaki qishning 
sovug’ida qalin kiyingan kishining tasvirini ko’rishimiz mumkin.
Shu kabi ko’rish illuziyalariga misol bo’la oladigan rasmlarni hayotimizda 
juda ko’p uchratishimiz mumkin. Ularni ko’rganingizda rasmlaga qarab, biroz 
mulohaza yuritib ko’ringchi. Fon xususiyatlari sababli hosil bo’ladigan illuziyalar 
nafaqat fon va undagi shakl hajmiga, balki har ikkisining fazodagi joylashuviga 
ham bog’liq bo’ladi. 

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin