S. Hasanov D. Abdumadjidova N. Ataeva shaxsning bilish jarayonlari



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/42
tarix05.10.2022
ölçüsü0,95 Mb.
#64583
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
shaxsning bilish jarayonlari

Parishonxotirlik - diqqatni ma’lum bir obyektga qarata olmaslikdan iborat 
salbiy xususiyat. Parishonxotirlik vaqtincha holat bo’lishi ham, shaxsning nisbatan 
barqaror hislati bo’lishi ham mumkin. Parishonxotirlikning ikki turi mavjud bo’lib, 
biri diqqatni umuman hech narsaga qarata olmaslik bo’lsa, ikkinchisi diqqatni 
muayyan obyekt ustiga kuchli tuplantirib, boshqa narsalarga qaratilmasligidir.
Sezgi jarayoni haqida tushuncha. Sezgi xususiyatlari va turlari.
Inson organizmiga ta’sir etadigan ayrim narsa va hodisalar obrazlarining 
miyada bevosita aks etish faoliyatiga sezgilar deyiladi. Biz sezgilar yordamida 
predmetlarning rangini, shaklini, katta yoki kichikligini aniqlaymiz. 
Sezgilar 
sodda 
psixik 
jarayon 
bulishiga 
qaramay, 
barcha 
bilimlarimizning asosiy manbai hisoblanadi. Chunki narsa va hodisalar aks 
etishining ko’pchilik qismi sezishdan boshlanadi. Agar sezgilarimiz 
bo’lmaganda biz tevarak-atrofdagi narsa va hodisalarni aks ettirishdan va 
ularni bilishdan maxrum bo’lar edik. 
Sezgilar to’g’risidagi ilmiy ta’limotlarga binoan narsalar va ularning 
xossalari, tarkibiy qismlari, xususiyatlari, shakllari, harakati birlamchi hisoblanib, 
sezgilarning o’zi esa tashqi va ichki qo’zg’atuvchilarning sezgi a’zolariga ta’sir 
etishining mahsulidir. Sezgilar moddiy (obyektiv) borliqning, voqelikning 
xaqqoniy tasvirini aks ettirib, ular qanday ko’rinishga, shaklga, xususiyatga ega 
bo’lsa, ular xuddi shundayligicha hech o’zgarishsiz, aynan aks ettirish 
imkoniyatiga egadir. 
Tevarak-atrofdagi olamning boyligi haqida, tovushlar va ranglar, xidlar va 
xarorat, miqdor va ko’plab boshqa narsalar to’g’risida biz sezgi tufayli bilamiz. 
Kishi vujudi sezgi a’zolari yordamida sezgilar shaklida tashqi va ichki muhitning 
xolati haqida rang-barang axborot olib turadi. Sezgi xususiyatlariga quyidagilar
kiradi: 
3-shakl 



Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin