S haxs haqida tushuncha. Reja: Psixologiyada shaxs va jamiyat o‘zaro munosabatlari muammosi


Shaxs taraqqiyotining davrlarga bo’linishi



Yüklə 1,34 Mb.
səhifə3/5
tarix26.10.2022
ölçüsü1,34 Mb.
#66314
1   2   3   4   5
S haxs haqida tushuncha. Reja Psixologiyada shaxs va jamiyat o‘

2. Shaxs taraqqiyotining davrlarga bo’linishi

Shaxs individual taraqqiyotining muhim omillaridan yana biri uning yoshiga bog’liq bo’lgan xususiyatlardir. Chunki taraqqiyotning har yosh bosqichi o’zining rivojlanish omillariga, qonuniyatlariga, yangiliklari va o’zgarishlariga ega bo’lib, ular shaxsning xarakteri, temperamenti, iqtidori, bilish jarayonlariga bevosita ta’sirini o’tkazadi.


Yosh taraqqiyoti davrlarining ham sifat, ham miqdor o’zgarishlariga ega bo’lgan ko’rsatkichlari borki, amaliy psixologiya har bir yosh xususiyatlarini ana shu ikkala ko’rsatkich nuqtai nazaridan o’rganishi va shaxs xulqini boshqarish va ta’sir ko’rsatishda ularga tayanmog’i lozim.
Umuman psixologiyada isbot qilingan faktlardan biri shuki, turli davrlardagi inson taraqqiyoti o’ta murakkab jarayon bo’lib, har bir davrning o’z qonuniyatlari mavjud.
Shaxsning shakllanishida biologik va ijtimoiy omillarning ahamiyatini bir qancha psixologlar ilmiy ishlarida izchil o’rgangan bo’lib, shaxs taraqqiyotining davrlarga bo’linishi haqida ma’lumotlarni, fikr va qarashlar haqida ma’lumotlarni keltiramiz.

Psixologlardan A.V.Petrovskiy inson taraqqiyotiga shaxsni tarkib toptirishning ijtimoiy(sotsial)-psixologik nuqtai nazardan yondashib, o’ziga xos original klassifikatsiyasini yaratadi. Ushbu nazariya negizida yuksalish, yetuklikka intilish g’oyasi mavjudligi sababli bolalik, o’smirlik, o’spirinlik davrlari yotadi, xolos. A.V.Petrovskiygacha psixologlar taraqqiyotning bir tekis jihatini olib o’rgangan bo’lsalar, bundan farqli o’laroq u shaxs shakllanishining prosotsial va asotsial bosqichlari mavjud bo’lishi mumkinligini dalillab berishga harakat qiladi. Shuning uchun taraqqiyot uchta makrofazadan iborat ekanligini sharhlab:

  • uning birinchi turi bolalik davriga to’g’ri kelib, ijtimoiy muhitga moslashish, ko’nikish (adaptatsiya);

  • ikkinchisi - o’smirlarga xos individuallashish (individualizatsiya);

  • uchinchichi - o’spirinlik, ya’ni yetuklikka intilish davrida individual holatlarni muvofiqlashtirish (birlashtirish) xususiyatlari bilan tavsiflanadi.

A.V.Petrovskiy shaxsning shakllanishini quyidagi bosqichlardan iborat bo’lishini ta’kidlab o’tadi.
- ilk bolalik (maktabgacha yoshidan oldingi davr) - tug’ilgandan to 3 yoshgach;
- bog’cha yoshi davri - 3 yoshdan to 7 yoshgacha;
- kichik maktab yoshidagi o’quvchi davri - 7 yoshdan to 11 yoshgacha;
- o’rta sinf o’quvchisi (o’smirlik) davri - 11 yoshdan to 15 yoshgacha;
- yuqori sinf o’quvchisi (ilk o’spirinlik) davri - 15 yoshdan to 17 yoshgacha.
D.I.Feldshteyn klassifikatsiyasi shaxsga ijtimoiy yondashuvga asoslangan bo’lsa ham, lekin u A.V.Petrovskiynikidan keskin farq qiladi. D.I.Feldshteynning fikricha, insonni shaxs sifatida shakllanish jarayonida ikkita katta taraqqiyot bosqichini bosib o’tadi, ulardan biri - “Men jamiyat ichida” degan pozitsiyadan iborat bo’lib, u o’ziga quyidagi yosh bosqichlarini qamrab oladi:
1. ilk bolalik - 1 yoshdan 3 yoshgacha;
2. kichik maktab yoshidagi o’quvchisi davri - 6 yoshdan to 9 yoshgacha;
3. yuqori sinf o’quvchisi davri - 15 yoshdan to 17 yoshgacha.
Shaxs taraqqiyotidagi ikkinchi pozitsiya “Men va jamiyat” deb nomlanib, u quyidagi yosh bosqichlariga taalluqlidir:
- go’daklik - tug’ilgandan to 1 yoshgacha;
- maktabgacha yoshdagi bolalar - 3 yoshdan 6 yoshgacha;
- o’smirlar - 10 yoshdan to 15 yoshgacha.
I nson hayoti mobaynida bajaridigan har bir rolida uni o‘rab turgan ijtimoiy borliqning normalari, qoidalari, xulq-atvor mezonlari o‘z aksini topgan bo‘ladi.
Amerikalik psixolog E.Erikson nazariyasiga ko’ra shaxs rivojlanishida ma’lum bosqichlarni albatta bosib o’tishini ta’kidlab, ularni hayotiy psixologik krizis tarzda ta’riflab bergan:
- tashabbuskorlilikni namoyon bo’lishi - gunohkorlik, aybdorlik hissiga qarama - qarshi (taxminan 3 yoshdan – 6 yoshgacha);
- mehnatsevarlik - yetishmovchilik kompleksiga qarama - qarshi (7 yoshdan – 12 yoshgacha);
- o’z shaxsini aniqlash - konforizmga qarama - qarshi (12 yoshdan – 18 yoshgacha);
- samimiylikka, muloqotga intilish - shaxsiy psixologik chetlashishga qarama - qarshi (taxminan 20 yoshlarda);
- yangi avlodni tarbiyalashdagi g’amxo’rlik - «o’z - o’ziga sho’ng’ib ketishga» qarama - qarshi (30 va 60 yoshlar orasida);
- yashab o’tgan hayotidan mamnun bo’lish - umidsizlikka qarama - qarshi (60 yoshdan so’ng).




Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin