3. Shaxs nazariyasining ba’zi modellari va bosqichlari.
Jahon psixologiyasida shaxsning kamoloti, uning rivojlanishi to’g’risida xilma-xil nazariyalar yaratilgan bo’lib, tadqiqotchilar inson shaxsini o’rganishda turlicha qarashlar va muammo mohiyatini yoritishda o’ziga hos yondashishga egadirlar. Mazkur nazariyalar qatoriga biogenetik, sotsiogenetik, psixogenetik kabilarni kiritish mumkin.
Biogenetik nazariyaning negizida insonning biologik yetilishi - bosh omil sifatida qabul qilingan bo’lib, qolgan jarayonlarning taraqqiyoti ixtiyoriy xususiyat kasb etib, ular bilan o’zaro shunchaki aloqa tan olinadi, xolos. Mazkur nazariyaga binoan, taraqqiyotning bosh maqsadi - biologik determinantlariga (aniqlovchilariga) qaratiladi va ularning mohiyatidan sotsial-psixologik xususiyatlar keltirilib chiqariladi. Taraqqiyot jarayonining o’zi, dastavval biologik yetilishning universal bosqichi sifatida sharxlanadi va talqin qilinadi. Biogenetik qonunni F.Myuller va E.Gekkellar kashf qilishgan. Biogenetik qonunga ko’ra, shaxs psixologiyasining individual taraqqiyoti (ontogenez) butun insoniyat tarixiy taraqqiyotining (filogenez) asosiy bosqichlarini qisqacha takrorlaydi, degan g’oya yotadi.
Inson va bir qancha jonivorlar homilasining filogenezi
Insoning tana tuzilishi va bosh miya skeletining rivojlanish taraqqiyoti
Sotsiogenetik nazariyaga binoan, shaxsda ro’y beradigan o’zgarishlar jamiyatning tuzilishi, ijtimoiylashish (sotsializatsiya) usullari, uni qurshab turgan odamlar bilan o’zaro munosabati vositalaridan kelib chiqqan holda tushuntiriladi. Ijtimoiylashuv nazariyasiga ko’ra, inson biologik tur sifatida tug’ilib, hayotning ijtimoiy shart-sharoitlarining bevosita ta’siri ostida shaxsga aylanadi.
Psixogenetik yondashuvga ko’ra psixik jarayonlar taraqqiyotining birinchi darajali ahamiyatga ega deb hisoblaydi. Ushbu yondashishning uchta mustaqil yo’nalishga ajratib tahlil qilish mumkin, chunki ularning har biri o’z mohiyati, mahsuli va jarayon sifatida kechishi bilan o’zaro tafovutlanadi.
B undan tashqari yuqorida keltirilgan asosiy shaxs nazariyalaridan tashqari yana bir qancha shaxs nazariyalari ham mavjud. G’arbiy Yevropaning eng muhim nazariyalaridan biri - bu rollar nazariyasidir. Ushbu nazariyaning mohiyatiga binoan jamiyat o’zining har bir a’zosiga status (haq-huquq) deb nomlangan xatti-harakat (xulq)ning barqaror usullari majmuasini taklif qiladi. Inson ijtimoiy muhitda bajarishi shart bo’lgan maxsus rollari shaxsning xulq-atvor xususiyatida, o’zgalar bilan munosabat, muloqot o’rnatishida sezilarli iz qoldiradi.
Dostları ilə paylaş: |