- himoyalanuvchi yopiq va himoyalanmaydigan ochiq qismtar-
moqli sxemalar;
- yopiq va ochiq qism tarmoqlami alohida himoyalovchi sxe
malar.
Ekranlovchi marshrutizatordan foydalanilgan himoya sxemasi.
Paketlami filtrlashga asoslangan tarmoqlararo ekran keng tar-
qalgan va amalga oshirilishi oson. U himoyalanuvchi tarmoq va bo‘-
lishi mumkin bo‘lgan g‘anim ochiq tarmoq orasida joylashgan ek
ranlovchi marshrutizatordan iborat (8.10-rasm).
Ekranlovchi marshrutizator (paketli filtr) kiruvchi va chiquvchi
paketlami ulaming adreslari va portlari asosida blokirovka qilish va
filtrlash uchun konfiguratsiyalangan.
8.10-rasm. Tarmoqlararo ekran -
ekranlovchi
marshrutizator.
Himoyalanuvchi tarmoqdagi kompyuterlar Intemetdan to‘g‘ri-
dan-to‘g‘ri foydalana oladi, Intemetning ulardan foydalanishining
ko‘p qismi esa blokirovka qilinadi. Umuman,
ekranlovchi marshru-
tizator yuqorida tavsiflangan himoyalash siyosatidan istalganini
amalga oshirishi mumkin. Ammo, agar marshmtizator paketlami
manba porti, kirish va chiqish yo‘li portlari nomeri bo‘yicha filtrla-
masa, "oshkora mxsat etilmagani man qilingan"
siyosatini amalga
oshirish qiyinlashadi.
Paketlami filtrlashga asoslangan tarmoqlararo ekranning kam-
chiliklari quyidagilar:
- filtrlash qoidalarining murakkabligi; ba’zi hollarda bu qoida-
lar majmui bajarilmasligi mumkin;
- filtrlash qoidalarini to‘liq
testlash mumkin emasligi; bu tar
moqni testlanmagan hujumlardan himoyalanmasligiga olib keladi;
216
-
hodisalami ro‘yxatga olish imkoniyatining yo‘qligi; natijada
ma’murga mashrutizatoming hujumga duch kelganligini va obro‘-
sizlantirilganligini aniqlash qiyinlashadi.
Dostları ilə paylaş: