S. K. Ganiyev, M. M. Karimov, K. A. Tashev


subyekt ekanligini tasdiqlovchi  autentifikatsiyalovchi axborotni



Yüklə 7,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə157/249
tarix09.09.2023
ölçüsü7,8 Mb.
#142327
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   249
Ganiyev-S.KKarimovM.MTashiyevK.VAxborotxavfsizligi.2017

228


subyekt ekanligini tasdiqlovchi 
autentifikatsiyalovchi axborotni
taqdim etadi. Foydalanuvchi subyektning avtorizatsiyasi muvaffaqi- 
yatli identifikatsiyalash va autentifikatsiyalash muolajalaridan so‘ng 
amalga oshirilada. Subyektni avtorizatsiyalashda operatsion tizim 
subyektning tizimda ishlashini boshlanishiga zarur harakatlami 
bajaradi. Subyektni avtorizatsiyalash muolajasi operatsion tizimni 
himoyalash qismtizimiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri taalluqli emas. Avtori- 
zatsiya jarayonida identifikatsiyalangan va autentifikatsiyalangan 
foydalanuvchi subyektning tizimda ishlashini tashkil etish bilan 
bog‘liq texnik masalalar yechiladi.
Foydalanishni cheklash.
Har bir foydalanuvchi xavfsizlikning 
joriy siyosatiga binoan ruxsat etilgan operatsion tizim obyektlaridan 
foydalanishi mumkin. Operatsion tizim obyektlaridan foydalanishni 
cheklash jarayonining asosiy tushunchalari - foydalanish obyekti, 
obyektdan foydalanish usuli va foydalanuvchi subyekt. Foydalanish 
obyekti deganda, uskuna resurslari (protsessor, xotira segmentlari, 
printer, disklar va h.) hamda dasturiy resurslar (fayllar, dasturlar va 
h.) tushuniladi. Obyektdan foydalanish usuli deganda, obyekt uchun 
belgilangan amal tushuniladi. Masalan, protsessor faqat komanda- 
lami bajaradi, xotira segmentlari yozilishi va o‘qilishi mumkin, 
magnit kartalaridan axborot faqat o‘qilishi mumkin, fayllar uchun 
esa “o‘qish”, “yozish” va “qo‘shib qo‘yish” (fayl oxiriga axborotni 
qo‘shib qo‘yish) kabi amallar belgilanishi mumkin. Foydalanish 
subyekti deganda, obyekt ustida amallar bajarilishini (qandaydir 
foydalanish usuli bo‘yicha murojaatni) boshlab beruvchi tushunila­
di. Ba’zida foydalanish subyektiga tizimda bajariluvchi jarayonlami 
kiritishadi. Ammo mantiqan, nomidan jarayon bajariluvchi foyda- 
lanuvchini foydalanish subyekti deb hisoblash kerak. Operatsion ti­
zimda harakatdagi foydalanishni cheklash qoidalari, xavfsizlikning 
joriy siyosati aniqlanganida, tizim ma’muri tomonidan o‘matiladi.

Yüklə 7,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   249




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin