_18-$. UMUMIY TESTLAR 205 «Shafqatsiz realizm» ko'rinishlarini Asqad Muxtor qaysi asari orqali o'zbek romanchiligiga olib kirdi?
A) «Davr mening taqdirimda» B) «Amu»
C) «Chinor» D) «Tug‘ilish»
Besh yoshligida o'qishni o'rganib. to'qqiz yoshidan xalq qo'shiqlariga o'xshatib she'rlar bita boshlagan, o'n to'qqiz yoshida mashhur bo'lgan ijodkor kim?
A) Muhammad Yusuf B) Yesenin
C) Usmon Nosir D) Abay
Quyidagi misralar kimning qalamiga mansub?
Qullar... (Menman u qullarning o'lmas avlodi, Mana menman, u qullarning hech so‘nmas yodi, Mana menman, falaklarga lov-lov o‘t qo‘yib, Otalarimning boshidan poydevor uyib, Ozodligim obidasin qurgan insonman! O‘sha jonman, o'sha qonman va o‘sha shonman!) A) G'afur G'ulom B) Usmon Nosir
C) Muhammad Yusuf D) To'ra Sulaymon
Qaysi rus shoiri forsiy she'riyat ta'sirida, buyuk qalam egalarining yurtini ko'rishni istab, shu kayfiyat va sog'inch bilan she'rlar bitgan, ammo, aslida, Eronga borolmagan va shunga qaramay, «Fors taronalari» turkumida o'zini Eronda yurganday tasavvur qilib she'rlar bitgan?
A) Yesenin B) Lermontov
C) Pushkin D) Tolstoy
«Jaloliddin Manguberdi» tragediyasining muallifi kim?
A) Ch. Aytmatov B) A. Qahhor
C) M. Shayxzoda D) A. Oripov
Alisher Navoiyning «Favoyid ul-kibar» devoniga kiritilgan fardlarning umumiy soni qancha?
A) 86 ta B) 81 ta
C) 83 ta D) 88 ta
Nuqtalar o'rniga bayt muallifining taxallusini qo'ying.
..., har so‘zki insho ayladim, Aydi anga ahli davron: «Marhabo!» A) Komila B) Nodira C) Uvaysiy D) Mohlaroyim
20618-§. UMUMIY TESTLAR
Alisher Navoiyga qaysi janr ijtimoiy-falsafiy qarashlarini aks ettirish, hayotining turli davrlarida sodir bo'lgan voqea-hodisalar ta'sirida ko‘nglida kechgan oniy tuyg‘ulari-yu chiqargan muhim xulosalarini ifodalashda juda qo‘l kelgan?
A) ruboiy B) g'azal
C) qit'a D) tuyuq
Quyidagi berilgan misralar muallifini toping?
Iblisning g'arazi bo'lgan bu urush Albatta, yetadi o'zin boshiga... A) G'afur G'ulom B) Mirtemir
C) Oybek D) Zulfiya
Muhammad payg‘ambar alayhissalomning kuyovlari - hazrati Alining hikmatli so'zlari jamlangan, «Nasr ul-laoliy» («Marvarid hikmatlar») asarini she'rga solib tarjima qilgan ijodkor kim?
A) Bobur B) Navoiy
C) Jomiy D) Lutfiy
Alisher Navoiyning «Ahbob, yigitlikni g'animat tutunguz...» ruboiysi qaysi asarning 105-tanbehining xulosasi sifatida kelgan?
«Nasr ul-laoliy» asarining
«Mahbub ul-qulub» asarining
«Navodir un-nihoya» asarining
«Navodir ush-shabob» asarining
1927-yildayoq ustozi Cho'lpon haqidagi bo'htonlarga qarshi maqola yozgan, 30-yillar o'rtalarida esa «Abdulla Qodiriyning ijodiy yo‘li» degan risolasi bilan ulug' yozuvchi himoyasiga chiqqan ijodkor kim?
A) Maqsud Shayxzoda B) G'afur G'ulom
C) Usmon Nosir D) Oybek
Jaloliddin Manguberdining hayoti va faoliyati mufassal yozib qoldirilgan asarlarni toping.
A) «Tarixi Jaloliya», «Ravzat us-safo» asarlari
B) «Tarixi Jaloliya», «Shohidi iqbol» asarlari
C) «Tarixi Xorazmshoh», «Ravzat us-safo» asarlari
D) «Tarixi Xorazmshoh», «Shohidi iqbol» asarlari
Quyidagi qaysi tarixchilar Jaloliddin Manguberdining hayoti va faoliyatini mufassal yozib qoldirganlar?