8N 0 + 2NH3 = 5NjO + 3H20
5 N 0 2 + 2NH3 = 7NO + 3H20
Selektiv katalitik qaytarish usuli nisbatan
past temperaturalarda
(180—360°C) boradi. Ammiakning miqdori ortiqcha bo‘lgan vaqtda
gaz tarkibidagi kislorod bilan oksidlanadi:
4 N H 3 + 3 0 2 = 2N2 + 6H20
Jarayonning texnologik sxemasi 6-rasmda keltirilgan.
47-rasm. Nitroz gazlarni katalitik tozalash sxemasi:
1 — reaktor; 2 — aralashtirgich; 3
—
rekuperatsion turbina; 4 ~ bug‘latgich;
5, 7 ,8 — qizdirgich; 6 — flitr.
Selektiv katalitik qaytarish usuli yana tarkibida chang va
oltingugurt
(IV) oksidi bor bo‘lgan nitroz gazlarni tozalash uchun ham qo‘llaniladi.
Azot oksidlarini geteogen qaytaruvchilar bilan parchalash usuliga
binoan yuqori temperaturalar (1500—1300°C)
ostida azotni qattiq
uglerodli materiallar (ko‘mir, koks, grafit) yordamida ajratib olish
mumkin. Uglerodning katalitik ta’siri uglerod-kislorod
kompleksini
hosil qilinishi bilan bog'liqdir.
С + NO = (C-O) + x N 2
(C-O) + NO = C 0 2 + 1/2 N 2
130
Ushbu jarayonlar yuqori tem peraturada borishi uning texnik-
iqtisodiy ko'rsatkichlariga salbiy ta ’sir ko‘rsatadi.
Lekin ushbu katalizatorlar aktivligini tez yo‘qolishi
tufayli azot
oksidlari parchalanishi boshlang'ich etapda to ‘liq boim aydi. Shuning
uchun, NOx ning parchalanish darajasini
oshirish maqsadida grafitga
natriy karbonat kiritish tavsiya etilgan.
7.3. Gazlarni oltingugurt (IV)
oksididan katalitik tozalash
Kontaktli yoki nitrozli usullar bilan sulfat kislotasi olish jarayonida
hosil bo'layotgan S 0 2 ni katalitik tozalash texnologiyasi S 0 2 ni S 0 3 ga
aylantirishga asoslangandir.
Awalo tarkibida S 0 2 va azot oksidlari bor bo‘lgan tutun gazlarga
N 0 2 qo‘shiladi.
S 0 2 + H 20 +
n o
2 ---- ►NO + H2S 0 4
Hosil bo‘lgan sulfat kislotaning
miqdori shundayki, u bu sharoitda
bug1 holatida bo'ladi.
Tarkibida sulfat kislotasi bor bo'lgan tutun gazlar NO va N ,0 3 ni
kislorod bilan oksidlash
bosqichiga kiritiladi, so‘ng (80%) li sulfat
kislotasi bilan H2S 0 4 parlari va N 20 3 yuviladi, havo bilan puflash yo‘li
bilan N 0 2 va H2S 0 4 ajratib olinadi.
Dostları ilə paylaş: