2.11 Korxonada mehnatni me’yorlashni tashkil etilishi
Mehnat me’yorlarini belgilash – bu korxonada mehnatni me’yorlash bo’yicha
olib boriladigan katta bir faoliyatining bir qismi bo’lib hisoblanadi. Mehnat
faoliyatining hamma turlari uchun me’yorlarni hisoblash bilan bir qatorda mehnatni
me’yorlash jarayoni o’z tarkibiga quyidagilarni kiritadi: mehnat sarfini hisoblash,
bajariladigan ishlar-xizmatlar uchun me’yorlarning o’zgarishi bo’yicha mehnat
sarfini hisoblash, me’yorlarni qayta ko’rib chiqishni rejalashtirish, mehnat sarfini
kamaytirish, me’yorlarni bajarilishini tahlil qilish, me’yorlarni bajarilmaslik
sabablarini o’rganish, me’yorni ishlab chiqarishga tatbiq etish va boshqalar. U yana
ilg’or ish usullarini o’rganish va targ’ib qilishni, ish vaqtini yo’qotilishining tahlili,
uni paydo bo’lish sabablarini o’rganish, ularni yo’qotish bo’yicha takliflarni ishlab
chiqarish me’yorini hujjatlardagi loyiha ko’rsatkichlarini ishlab chiqarish sharoitida
qo’llash va boshqalar.
Mehnatni me’yorlashni tashkil qilinishi korxonada mehnat me’yorlarini
hisoblashni aniq bir tartibda olib borilishini taqozo qiladi. Bu tartib yuqoridagi
masalalar bilan shug’ullanadigan bo’lim va xizmatlarni aniqlashni, ularni ish
faoliyatini, ish sifatining parametr va mezonlarini aniqlash, hisobot hujjatlarini
o’rganish, me’yorlashtirish ishlarini rejalashtirish, belgilangan me’yorlarni ishlab
chiqarishga joriy etishni tashkil qilishni o’z ichiga oladi.
Ish qaerda bajarilishiga qarab – korxonadami, sexdami mehnatni
me’yorlashning markazlashgan, markazlashmagan va aralash tartiblari belgilanadi.
Me’yorlovchining qaysi tizimga bog’liqligi uning ma’muriy bo’ysunishga va
mehnatning natijasidagi moddiy rag’batlantirishiga bog’liqdir.
Mehnatni me’yorlashtirishni tashkil qilishning markazlashmagan tizimi uzoq
yillar davomida yo’lga qo’yilgan an’anaviy turi bo’lib, u ishlab chiqarish sexlarining
128
sharoitlariga mos holda mehnatni me’yorlashni ko’zda tutadi. Bu ish sex
me’yorlovchilari tomonidan amalga oshirilib, ular ma’muriy jihatdan sex boshlig’iga,
ammo vazifalari yuzasidan mehnatni tashkil qilish va ish haqi bo’limlariga
bo’ysunadilar.
Ishni tashkil qilishning bunday tizimida me’yorlovchilar ishlab chiqarish
sexlari bo’yicha ixtisoslashadilar, ular ishlab chiqarish jarayonidagi hamma asosiy va
yordamchi ishchilar uchun mehnatni me’yorlarini aniqlaydilar, ularni ishlab
chiqarishga joriy etishda qatnashadilar, lekin bir turli bo’lgan texnologik
operatsiyalar uchun me’yorlarning bir xil kuchlanishda bo’lishlarini taminlay
olmaydilar bundan tashqari me’yorlovchilar sexda o’zlariga ta’luqli bo’lmagan
ishlarni bajaradilar, ko’p sonli me’yorlarni o’z vaqtida tekshirish, xatoliklarni
aniqlash, taqqoslash imkoniyati cheklangandir.
Bunday kamchiliklarning oldini olish maqsadida keyingi yillarda korxonalarda
mehnatni me’yorlashni markazlashgan tizimidan foydalanilmoqda. Bu tizimda
mehnatni me’yorlash korxonaning bajarish apparatida – mehnatni tashkil qilish va ish
haqi bo’limida, amalga oshiriladi. Bu tizim mehnatni me’yorlashni an’anaviy
tizimiga nisbatan bir qancha afzalliklarga va qulayliklarga ega.
Mehnatni me’yorlashni markazlashgan tizimi me’yorlovchining ish vaqtidan
to’liq foydalanishga va smena davomida bir teksda ishlashi uchun imkon yaratadi,
me’yorlovchilarni alohida texnologik jarayon bo’yicha ixtisoslashuvi natijasida,
ularning malaka va ko’nikmalaridan, mutaxassisligidan foydalanish darajasi yuqori
bo’ladi, mehnat me’yorlarining sifati oshadi, texnik asoslangan me’yorlarni
hisoblashda me’yoriy hujjatlardan o’z vaqtida va keng foydalaniladi. Mehnat
me’yorlarini aniqlashda elektron hisoblash mashinalaridan foydalanish imkoni yuqori
bo’ladi.
Engil sanoat korxonalarida mehnat me’yorlari injener-me’yorlovchilar bilan
injener-texnologlarning birgalikdagi faoliyati asosida aniqlanadi. Injener-texnologlar
ishlab chiqarish jarayonining texnologik izchilligini tuzadilar, yangi texnika,
texnologiyani qo’llash, eskilarini almashtirish, maxsus moslama va uskunalardan
foydalanish yo’llarini belgilab beradilar, me’yorlovchilar esa texnik jihatdan
129
asoslangan mehnat me’yorlarini ishlab chiqadilar. Bunda ham texnologlar, ham
me’yorlovchilarning javobgarliklari oshadi, me’yorlarni qayta ko’rib chiqish,
eskilarini va vaqtincha me’yorlarni almashtirish, yangi me’yorlarni o’z vaqtida
bajarilmaslik va o’zlashtirmaslik sabablarini chuqur o’rganish uchun imkoniyatlar
yaratiladi.
Mehnatni me’yorlashni aralash tizimida faqat mehnat me’yorlarini hisoblash
markazlashgan bo’ladi, sex me’yorlovchilari joriy ishlarni bajarish, me’yorlarini
sifatini tekshirish, xujjatlar to’ldirish, hisobotlar tuzish va boshqa ishlarni bajarish
bilan shug’ullanadilar. Me’yorlar qayta ko’rib chiqilganda sex me’yorlovchilari bilan
birgalikda markazlashgan byuroning me’yorlovchilari ham qatnashadilar.
Korxonalarda mehnatni me’yorlashni tashkil qilish mustaqil ravishda amalga
oshiriladi. Mehnatni me’yorlashni markazlashgan, markazlashmagan yoki aralash
tizimlaridan foydalanish korxonaning shart-sharoitlariga, texnologik jarayonni olib
borishga, uning ketma-ketligiga bajaruv tuzilmasiga bog’liqdir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnatni me’yorlashni takomillashtirish, mehnat
me’yorlarini ilg’orligini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Mehnat me’yorini
takomillashtirish, uni qo’llab-quvvatlash korxonada me’yorlarni o’z vaqtida
almashtirish yoki qayta ko’rish bilan erishiladi. Mehnat me’yorini yangisi bilan
almashtirish tashkiliy-texnik tadbirlar o’tkazish bilan amalga oshiriladi, mehnat
samaradorligini oshirishga qaratiladi. Mehnat me’yorini qayta ko’rishning asosiy
vazifasi – ishni bajarish sharoitlari o’zgarishini ko’rsatish, qo’lga kiritilgan
samaradorlikni me’yorini belgilash, mehnat ilg’orlarinig tajribasini qo’llashdan
iborat.
Bu ish korxonada me’yorni almashtirish yoki qayta ko’rishning kalendar
rejasini tuzish bilan boshlanadi, mehnat sarfini kamaytirishga, mehnat unumdorligini
oshirishga qaratilgan tashkiliy-texnik tadbirlar rejasi bilan bog’langan bo’ladi.
Mehnat me’yorini qayta ko’rishning muddati tashkiliy-texnik tadbirlarni joriy
qilish muddatlari asosida belgilanadi va u ushbu tadbirlarning samaradorligiga
bog’liqdir. Ishlab chiqarish samaradorligini oshiruvchi tadbirlarga quydagilar kiradi:
yangi jihozlarni qo’llash va almashtirish, yagni ilg’or texnologiyani joriy qilish,
130
texnologik va tashkiliy moslamalarni qo’llash, mehnat qurollarini
mukammallashtirish, mahsulot turini yaxshilash, ishlab chiqarish jarayonlarini
mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, ish o’rinlarini takomillashtirish, yangi xom
ashyo turlarini, materiallar va boshqalarni qo’llash.
Eskirgan mehnat me’yorlari: mahsulot ishlab chiqarish me’yori, operatsiyani
bajarishda vaqt me’yori, jihozning unumdorligi va boshqalarni qayta ko’rishni talab
qiladi. Qayta ko’rish muddatlari korxona rahbarlari tomonidan belgilanadi va
tasdiqlanadi. Tekshirish davomida xato o’rnatilgan me’yorlar aniqlanadi va qayta
ko’rishga tavsiya qilinadi.
Me’yorni qayta ko’rish ustidan nazorat butun korxona bo’yicha kalendar
ko’rsatkichlari asosida va ularni taqqoslash rejasidagi ko’rsatkichlari bilan tahlil yo’li
bilan amalga oshiriladi.
Korxonada mehnat me’yori sifatini nazorat qilish mehnatni tashkil qilish va ish
haqi bo’limlari mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi. Nazoratning asosini
me’yorlarning sifatini kuzatish tashkil etadi.
Kuzatishning vazifalari quyidagilardan iboratdir:
- korxonada qo’llanilayotgan hamma me’yorlarning sifatini umumiy baholash,
shu jumladan korxonaning alohida bo’limlari va ishchi guruhlari – sexlar va
uchastkalar bo’yicha, ish turlari, kasblar va malakalar bo’yicha;
- alohida ishchi o’rinlarida va operatsiyalarida mehnat me’yorini tekshirish;
- me’yorlarni o’rtacha darajadan farq qilish sabablarini o’rganish uchun.
Nazoratni o’tkazish davriga ko’ra tahlilning uch turi mavjud:
Dostları ilə paylaş: |