138
3. Taqsimlovchi vazifa. Bu vazifa yollanma ishchi va ishlab chiqarish
vositalarining egalari orasida iste’mol fondlarini taqsimlashda jonli mehnat
me’yorlarining aks etishini ko’rsatadi. Ish haqi yordamida ishlab chiqarish jarayonida
qatnashgan har bir xodimning sarflagan mehnatiga ko’ra iste’mol fondidagi shaxsiy
ulushi aniqlanadi.
4. Resurslarni taqsimlash vazifasi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish munosabati bilan
bu vazifalarning ahamiyati oshib bormoqda. U hududlar, iqtisodiyotning tarmoqlari
va korxonalar bo’yicha mehnat resurslarini joylashtirishni optimallashtirish
masalasini hal qiladi.
5. Aholini xaridorgirligini ta’minlash vazifasi. U aholining xaridorgirligini pul
mablag’lari bilan ta’minlash orasidagi bog’liqligini belgilaydi.
Mehnatga haq to’lashning tamoyillari bo’lib, quyidagilar hisoblanadi:
1. Ishlab chiqarish va mehnatning samaradorligi o’sishi hisobiga real ish haqi
miqdorini o’sishi.
2. Mehnat unumdorligini o’sish darajasini ish haqining o’sish darajasidan
yuqori bo’lishi.
3. Xodimning korxona faoliyatining natijalariga qo’shgan hissasi bo’yicha ish
haqining differensiyalash.
4. Mehnatiga yarasha ish haqini belgilash.
5. Mehnatga haq to’lashni davlat tomonidan tartibga solinishi.
6. Mehnat bozori ta’sirini hisobga olish.
Dostları ilə paylaş: