158
Qo’shimchalar o’smirlar uchun belgilangan bo’lib, o’smirning to’liq
ishlamaydigan ish kuniga to’la ish kuni uchun haq to’lanadi. Mahsulotga ishbay
tizimida haq to’lashda o’smir ishlab chiqargan mahsulotga katta yoshdagi ishchilar
bilan bir xil narxlar bo’yicha haq to’lanadi, qisqartirilgan ish kunlari uchun esa ishbay
tarif stavkasi bo’yicha qo’shimcha haq to’lanadi.
Ishlab chiqarish jarayonidan ajralmagan holda faoliyat yuritayotgan
brigadirlarga qo’shimcha haq to’lash. Asosiy ishdan ozod qilinmagan ishchilardan
saylangan brigadirlar uchun qo’shimcha ish haqi brigadadagi ishchilarning soniga
ko’ra tarif stavkasining 10-15% miqdorida to’lanadi.
Dostları ilə paylaş: