156
Xodimlarning mulkchilikda
ishtirok etishi aksionerlik, ijarachilik korxonalarini
tashkil etish va ularni jamoa, xususiylashtirilgan korxonalar ko’rinishida qayta tuzish
singari turlicha shaklda bo’lishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan barcha omillar
mehnat asoslarini kuchaytiradi, lekin
“O’zbekiston Respublikasida tadbirkorlik to’g’risida”gi qonunda tadbirkorlarning
yollanma xodimlar bilan mehnat shartnoma (kontrakt)lari tuzishlari asoslab berilgan.
Shartnoma asosidagi ish, agar mutaxassislar va ishchilarning ma’suliyat va
manfaatdorliklari ishlab chiqarishning rivojlanishi va korxona moliyaviy ahvoli bilan
o’zaro bog’lanadigan bo’lsa, shartnoma asosida mehnatga haq to’lash katta
ahamiyatga ega.
Xodimlarning korxona faoliyatining pirovard natijasidagi ma’suliyati va
manfaatlaridan tashqari, ularning shaxsiy mahoratlarini
ochib berishga yordam
beradigan, kelgusiga bo’lgan ishonchini bunyod etadigan va malakasini oshirishga
bo’lgan harakatini kuchaytirishda ham mehnatga haq to’lashning shartnoma
shaklining ahamiyati kattadir.
Shu bilan birga unda shartnoma tizimini turmushga tatbiq etishning huquqiy
masalalari, shartnomalarning ehtimoliy shakllari va ularni to’ldirish bo’yicha
tavsiyalar aniq ko’rsatilgan.
Xodimlar yollashning tavsiya etilayotgan shartnoma
tizimi mehnatga haq
to’lash sharoitini albatta o’zgartirishini ko’zda tutmay, balki bu shakl birmuncha
qulay va iqtisodiy samarani kafolatlaydigan bo’lib, uni korxonalarda tatbiq etish
uchun tavsiya etilayotganligini unutmaslik kerak.
Dostları ilə paylaş: