Umumiy vazifalari. Gimnastika darsining asosiy qismining umumiy vazifalari quyidagilardan iborat.
1.Shug’ullanuvchilarning iroda va jismoniy sifatlarini tarbiyalash.
2. Xayotiy zarur va sportdagi xarakat malakalarini shakillantirish.
Xar bir gimnastika mashg’ulotida, u kim bilan o’tkazilishidan qathiy nazar, ikkala vazifa xal qilinadi.
Bunda shuni xisobga olish lozimki, gimnastika snaryadlarida mashqlar o’rgatish jarayoni bevosita mashqni bajarish bilan bog’liq bo’lgan tadbirlarga ancha vaqt sarf qilinadi.
Masalan, namoyish qilish, texnikani tushuntirish, urinishlarni taxlil qilish vazifalarini qo’yish, asosiysi mashqlarni navbatma – navbat bajarish.
Bu dars qismining mator zichligi 3-4 % ga yetadi. Natijada shug’ullanuvchilarda (ular u yoki bu mashqni bajarish ko’nikmasi xamda malakasiga ega bo’lishlariga qaramay) bunday tadbirda jismoniy sifatlarning rivojlanishiga juda sust amalga oshiriladi. Yuzaga kelgan vaziyatni tuzatish uchun jismoniy sifatlarning rivojlanishini ta’minlaydigan maxsus mashqlarni bajarishga vaqt qoldirish, nisbatan oddiy shakldagi mashqlarni tanlash xamda yalpi uslubdan foydalanish zarur.
Vositalar. Gimnastika darsining asosiy qismida bajarish uchun katta iroda va jismoniy sarf- xarakatlar talab qilinadigan mashqlar qo’llaniladi: gimnastika snaryadlarida mashqlar, tayanib sakrashlar, akrabatika mashqlari, amaliy umumrivojlantiruvchi mashqlar.
Muayyan bir mashg’ulot uchun mashqlarni tanlash dars asosiy qismining xususiy vazifalari, shug’ullanuvchilarning individual imkoniyatlari xamda boshqa sharoitlarga bog’liq bo’ladi.
Mashqlarning almashinishi.
Gimnastika mashg’ulotlarining dasturi shug’ullanuvchilarda ko’p sonli xar xil xarakat ko’nikmalari va malakalarini shakllantirishni ko’zda tutadi.
Xar xil mashq turlarining soni va ularning almashinishi to’g’ri belgilash darsning muvoffaqiyatli o’tishini belgilab beradi. Bu masalalarni xal etishda, dars vazifalari, shug’ullanuvchilar tarkibi va boshqa dars o’tish sharoitlaridan tashqari, quyidagilarni xisobga olish lozim:
1.Darsning asosiy qismida shug’ullanuvchilarning yuqori darajadagi ish qobiliyatlarini saqlab qolish sharti.
Mashqlarni shunday almashtirib turishi lozimki, jismoniy tayyorgarlik mashqlari xamma xollarda darsning asosiy qismini yakunlash zarur. Masalan, yugurish, to’siqlarni oshib o’tish, sakrashlar bilan bajariladigan o’yinlar shug’ullanuvchi gimnastika snaryadida bajariladigan mashqlar texnikasini egallaydigan turlardan so’ng qo’llanilishi maqsadga muvofiqdir.
Nagruzkasi bir xil bo’lgan mashqlar birin- ketin bajarmasligi tavsiya qilinadi.
2.Shug’ullanuvchilar tomonidan dars rejasida belgilangan mashqlarning egallanish darajasi. Bitta darsning asosiy qismi dasturiga ko’p miqdorda egallangan, o’zlashtirilmagan mashqlarni kiritish mumkin emas. Darsning asosiy qismini o’tkazish bo’yicha umumiy uslubiy ko’rsatmalar. Gimnastika darsining asosiy qismini o’tkazishga qo’yiladigan talablarni bajarish uchun o’qituvchilar xarakatlarini taxlil qilish va baxolash, xatolarni yo’q qilish, mashqlarning bajarilishi xavfsizligini ta’minlaydigan choralarni qo’llash.